„Transformers“ () — amerika ilmiy-fantastik filmi. „Transformers“ kinofranshizasi doirasidagi birinchi kartina. 2007-yilda ekranlarga chiqqan. Hasbro kompaniyasining ayni nomdagi oʻyinchoqlar seriyasi asosida yaratilgan. Filmga Michael Bay rejissyorlik qilgan. Ssenariyni Roberto Orci va Alex Kurtzman yozgan. Bosh rollarni Shia LaBeouf, Tyrese Gibson, Josh Duhamel, Anthony Anderson, Megan Fox, Rachael Taylor, John Turturro, Jon Voight va boshqalar ijro etgan.
Syujet markazida shaklini oʻzgartira oladigan oʻzga planetalik robotlar ikki firqasi — tinchliksevar avtobotlar va mustabid deseptikonlar oʻrtasidagi ixtiloflar turadi. Har ikki tomon „Buyuk uchqun“ deb ataluvchi qudratli artefaktni qoʻlga kiritishga bel bogʻlaydi, zero mazkur quvvat manbai koʻp yillik urush taqdirini hal qiladi.
Film 2007-yil 10-iyunda Janubiy Koreyaning Seul shahrida premyera qilingan. AQSHda 2007-yil 3-iyulda prokatga chiqarilgan. Butun jahon boʻylab kinoprokatda 709,7 million dollar ishlab topgan va shu yilning eng kassabop filmlari qatoridan joy egallagan. Uchta yoʻnalishda „Oscar“ sovriniga nomzod etib koʻrsatilgan (2008).
Rollarda
Ovoz berganlar Peter Cullen — Optimus Prime Mark Ryan — Bumblebee Darius McCrary — Jazz Robert Foxworth — Ratchet Jess Harnell — Ironhide Hugo Weaving — Megatron Jim Wood — Bonecrusher Reno Wilson — Frenzy Charlie Adler — Starscream
Musiqasi
Manbalar
Havolalar
Turkum:Transformers (kinofranshiza) Turkum:2007-yil filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:DreamWorks Pictures filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Robotlar haqidagi filmlar Turkum:IMAX filmlari Turkum:Michael Bay filmlari Turkum:Oʻzga sayyoraliklar haqidagi filmlar