„Mission: Impossible“ — Brian De Palma ishlagan josuslik filmi. 1996-yilda ekranlarga chiqarilgan. Shu nomdagi teleserial (1966—1973) asosida yaratilgan. Filmda Tom Cruise, Jon Voight, Henry Czerny, Emmanuelle Béart, Jean Reno, Ving Rhames, Kristin Scott Thomas, Vanessa Redgrave va boshqalar rol ijro etgan.

„Mission: Impossible“ AQSHda 1996-yil 22-mayda prokatga chiqarilgan. Jahon prokatida 457,7 million AQSH dollari toʻplab, shu yilning eng kassabop filmlari qatoridan oʻrin olgan. Filmning tijoriy muvaffaqiyati ayni nomdagi franshiza doirasida „Mission: Impossible 2“ (2000) filmidan boshlab bir necha film suratga olinishiga zamin yaratgan.

Rollarda

Tom Cruise — Ethan Hunt Jon Voight — Jim Phelps Emmanuelle Béart — Claire Phelps Ving Rhames — Luther Stickell Vanessa Redgrave — Max Henry Czerny — Eugene Kittridge Jean Reno — Franz Krieger Kristin Scott Thomas — Sarah Davies Emilio Estevez — Jack Harmon Ingeborga Dapkūnaitė — Hannah Williams Rolf Saxon — William Donloe Marcel Iureş — Alexander Golitsyn Karel Dobrý — Maxning gumashtasi Andreas Wisniewski — Maxning gumashtasi Annabel Mullion — IMF agenti Olegar Fedoro — IMF agenti Morgan Deare — Donald Hunt

Oʻzbekcha dublyaj Film oʻzbek tiliga „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻgirilgan.

Behzod Muhammadkarimov — Ethan Hunt Muhammadjon Xoʻjayev — Jim Phelps/Job 314 Laziza Azizzoda — Claire Phelps Sayfulla Ikromov — Luther Stickell

Bundan tashqari, tarjimon — Davron Abdullayev, dublyaj va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissyor yordamchisi — Raʼno Suyunova, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.

Musiqasi

Manbalar

Havolalar

Turkum:1996-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:AQSh triller filmlari Turkum:Paramount Pictures filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:Brian De Palma filmlari