Ryuji Sato — (), Yaponiyalik futbol hakami, 2009-yildan buyon FIFA hakami. 1977-yil 16-aprelda Yaponiyaning Nagoya shahrida dunyoga kelgan.
Ryuji Sato ayniqsa JCh-2014 saralash bosqichidan oʻrin olgan Myanma — Ummon bahsining 40-daqiqasida oʻyinni toʻxtatib nom chiqargan. Oʻshanda muxlislar hakam tomon turli idishlarni maydonga uloqtirishgan. Natijada yaponiyalik hakam oʻyinni toʻxtatishga majbur boʻlgan va har ikki jamoaning qistoviga qaramay uchrashuvni davom ettirmagan.
Oʻzbekiston va klublarida hakamlik qilgan oʻyinlari Ryuji Sato Oʻzbekiston terma jamoalari va klublari ishtirokidagi bir nechta bahslarni boshqargan. Quyida u hakamlik qilgan oʻyinlarni keltirib oʻtamiz. 2014-yil U-19 Osiyo chempionati. BAA — Oʻzbekiston 2:2 2015-yil OChL. „Lokomotiv“ — „Fulad“ 1:1 2015-yil Oʻrtoqlik uchrashuvi. Janubiy Koreya — Oʻzbekiston 1:1 2016-yil OChL. „Sepaxon“ — „Lokomotiv“ 0:2 2016-yil OChL. „Al Ahli“ — „Nasaf“ 2:1 2016-yil JCh-2018 saralash. Oʻzbekiston — Filippin 1:0 2016-yil JCh-2018 saralash. Oʻzbekiston — Suriya 1:0 2017-yil OChL. „Al Ahli“ — „Bunyodkor“ 2:0 2019-yil OChL. „Al Nasr“ — „Paxtakor“ 1:2 2019-yil OChL. „Al Ahli“ — „Paxtakor“ 2:1Ryuji Sato haqida nimalarni bilasiz? 2019-yil 14-noyabr „Oʻzbekiston“ — „Saudiya Arabistoni“ 2:3Футбол, Азия: live-результаты Узбекистан, расписание, завершенные матчи
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Yaponiyalik futbol hakamlari Turkum:AFC Osiyo kubogi hakamlari Turkum:2016-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi futbol hakamlari Turkum:FIFA Jahon chempionati 2018 hakamlari