Hindiston karkidoni, bir shoxli karkidon yoki katta Hindiston karkidoni () – karkidonlar oilasiga mansub tur hisoblanadi. Pokiston, Hindiston va Nepalda tarqalgan. Kaziranga milliy bogʻida eng koʻp Hindiston karkidonlari saqlanadi (2009-yilgi maʼlumotlarga koʻra, 2 048 ta). Osiyoda yashovchi quruqlik sutemizuvchilari orasida Hindiston karkidonlari hajmi boʻyicha Osiyo filidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Ularning vazni 4 000 kg gacha yetishi mumkin.

Manbalar

Havolalar

Hindiston karkidonlari haqida maʼlumot (AnimalInfo.org saytida) (inglizcha)

Turkum:Karkidonlar