„Musiqaning elementar nazariyasi“ – oʻzbekistonlik dirijyor, bastakor va musiqachi Qadamboy Rahimov qalamiga mansub musiqa nazariyasi boʻyicha kitob. 2007-yil Toshkent shahrida „Musiqa“ nashriyotida chop etilgan. Asardagi materiallar ham lotin, ham kirill yozuvida berilgan.

Kitob oliy oʻquv yurtlari uchun oʻquv qoʻllanma oʻlaroq tayyorlangan boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tavsiyasi bilan koʻplab oʻquv yurtlarining musiqa nazariyasi boʻyicha oʻquv dasturlaridan oʻrin olgan.

„Musiqaning elementar nazariyasi“ qoʻllanmasida musiqa nazariyasidagi asosiy tushunchalar qisqa izohlar, misollar va jadvallar yordamida yoritilgan. Asar yakunidan qisqa adabiyotlar roʻyxati oʻrin olgan.

Manbalar

Havolalar „Musiqaning elementar nazariyasi boʻyicha mashq va vazifalar toʻplami“ Ziyouz saytida

Turkum:Musiqa nazariyasi boʻyicha kitoblar