Radius 21 (10-oktyabr 1981-yil – 12-sentyabr 2010-yil) – oʻzbekistonlik reper.
Hayoti Radius 21 nomi bilan mashhurlikka erishgan oʻzbek hip hop reperi Shaxzod Gʻulomov Toʻlqinovich, 1981-yil 10-oktyabrda, Boʻka tumanida tugʻilgan. 1988—1998-yilgacha 2-chi maktabda oʻqigan.
Bolalikda judayam shoʻx boʻlgan, maktabda faxriy diplomlar bilan oʻqigan. Oʻquvchilik davridan tengdoshlari oʻrtasida turli xil tadbirlar tashkil qilgan, oʻqituvchilari bilan doʻstona munosobatda boʻlgan. Xarakteri – quvnoq, hazilkash, adolatli, O'zbek rep qiroli. Shaxzod 14-15 yoshlaridan boshlab qoʻshiq yozishni va gitara chalishni boshlagan. 2000—2004-yilgacha Toshkent shahrida A.Qodiriy nomli madaniyat instituti ommaviy bayramlar rejissyor fakultetida oʻqigan. 2001—2003-yilgacha Oʻzbekiston televideniyesida TTV + yulduzlar koʻrsatuvida, soʻngra Radius 21 koʻrsatuvida muallif va boshlovchi boʻlib ishlagan.<b
2006—2008-yillarda „AKFA MEDIA“ yorligʻi bilan shartnoma asosida hamkorlik. 2007—2010-yillarda „Z-Bek“ guruhi bilan birga bir nechta qoʻshiqlar yozilgan. Shaxzod Gʻulomov 2010-yilning 12-sentabrda Piskent shahri postiga yaqin joyda avtohalokat sababli olamdan oʻtgan. Diskografiyasi Litsenziyalangan relizlar 2019 Xotira © Radius 21 Group / JSC „United Music Group“ Radius 21 – Har kun Radius 21 – Monolog (Nigora bilan birga) Radius 21 – Tungi kapalak Radius 21 – Salom Radius 21 – Qora Bumer (Setora, Begzod Tojiyev bilan birga) Radius 21 – Drama Radius 21 – Dubay Radius 21 – Unutolmadim (Ziyoda bilan birga) Radius 21 – Yor manikimikan Radius 21 – Noraso (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Seni eslayman (Zebo bilan birga) Radius 21 – Xotira (B-Hud, Azeez Aka bilan birga) 2019 Vostok SinglSingl (ruscha), Wikipedia. © „Radius 21 Group“ / Amuse Radius 21 – Vostok 2020 Senmusan EP © „Radius 21 Group“ Radius 21 – Senmusan Radius 21 – Beparvo Radius 21 – Bahona qilma (new version) 2020 Jannatda („Al-Vakil“ bilan birga) Singl © Radius 21 Group / JSC „United Music Group“ Radius 21 – Jannatda („Al-Vakil“ bilan birga) 2020 Zamonaviy Xalq Gangsta Qoʻshiqlari / ZXGQ © „Radius 21 Group“ Radius 21 – Intro Radius 21 – Gangsta rap (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Aylan (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Pulni ber (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Kuyov bola (Azeez AKA bilan birga)) Radius 21 – Paydo boʻding (Ziyoda bilan birga)) Radius 21 – Toʻy bola Radius 21 – Cool! (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Hop boʻbti, mayli (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Kstir Radius 21 – 7 haykal bitta kal (Nigora, Murod Rajabov bilan birga) Radius 21 – Nindzya Radius 21 – Alvido Radius 21 – PJ (B-Hud bilan birga) Radius 21 – Jannatda („Al-Vakil“ bilan birga) Radius 21 – Erkakcha gap (Umidshoh bilan birga) Radius 21 – Zarba (Xamid bilan birga) 2021 Due / Duetlar © „Radius 21 Group“ Radius 21 – Ona (J Sulton bilan birga) Radius 21 – Notanish qiz ((Bojalar bilan birga) Radius 21 – Sevar eding Radius 21 – Vaʼda (Dilnura bilan birga) Radius 21 – Besh tasha (J Sulton bilan birga) Radius 21 – Kamchikiging serob (Ziyoda bilan birga)) Radius 21 – Yonimda qol (Samandar bilan birga) Radius 21 – Bu koʻnglim Radius 21 – Druzya Alishera (Azeez AKA bilan birga) Radius 21 – Olib ketgin tushlaringa (Zebo bilan birga) Radius 21 – Uchrashamiz (Oybek & Nigora bilan birga) Radius 21 – Feride (Remix) 2022 Qalbing Singl. © „Radius 21 Group“ Radius 21 – Qalbing
Shahzod Gʻulomov – qoʻshiqlar muallifi: Shohruhxon – „Moda“ (Avtobus bekatda), „Taksidaman“ Bojalar – „Jiyda“, „Anhor“, „Notanish qiz“ va bosh. Shahriyor – „Cry baby“ Sherxon – „Erkakcha Gap“, Sen meni de J Sulton – „Mening Sevgim“, „Besh tasha“ „Boyvocha“, „Qalin doʻst“ „Ona“ Dilnura – „Vaʼda“
Manbalar
Havolalar Oʻzbekistonning mashhur hip hop ijrochilari Instagram sahifasi YouTube sahifasi