Croodslar oilasi: Yangi uy () 2020-yili ekranlarga chiqarilgan sarguzasht-komediya janridagi AQSh kompyuter-animatsion filmidir.DreamWorks Animation studiyasi mahsuloti. Universal Pictures tomonidan tarqatilgan. Croodslar oilasi (2013) ning sikveli va Croodslar oilasi franshizasining ikkinchi toʻliq hajmli filmi boʻlgan mazkur multfilmga Joel Crawford rejissorlik qildi, ssenariyni esa Dan Hageman, Kevin Hageman, Paul Fisher va Bob Logan yozdi. Filmda bosh qahramonlarga ovoz berganlar sirasiga Nicolas Cage, Emma Stone, Ryan Reynolds, Catherine Keener, Clark Duke va Cloris Leachman kirishadi.
Croodslar oilasi: Yangi uy filmi AQShda 2020-yilning 25-noyabridan boshlab katta ekranlarda namoyish etila boshlandi. Film omma va tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. $65 millionlik budjeti bilan umumjahon boʻylab $215 million daromad qildi. Shuningdek, Oltin globusning Eng yaxshi toʻliq hajmli animatsion film nominatsiyalariga nomzod qilib koʻrsatildi.
Ovoz berganlar Emma Stone — Eep Ryan Reynolds — Guy Nicolas Cage — Grug Catherine Keener — Ugga Clark Duke — Thunk Cloris Leachman — Gran Peter Dinklage — Phil Bettermann Leslie Mann — Hoppe Betterman Kelly Marie Tran — Dawn Kat Dennings Kailey Crawford — Sandy Chris Sanders — Belt James Ryan — Sash Melissa Disney — Guyning onasi Joel Crawford — Guyning otasi Januel Mercado — Shaman Monkey Ryan Naylor — Creepo Monkey Artemis Pebdani
Oʻzbekcha dublyaj Elbek Mirzohidov — Guy Abdulhay Otaxoʻjayev — Grug Muhammadjon Xoʻjayev — Thunk Nargiza Mirzayeva — Eep Zulxumor Moʻminova — Ugga
Film „Favvora“ film studiyasi tomonidan oʻzbek tiliga oʻgirildi. Rejissor va ovoz rejissori — Jamshid Tangliberdiyev, rejissor yordamchisi — Raʼno Suyunova, tarjimon — Mirzohid Toshmatov, montaj ustasi — Hamidulla Latipov, texnik xodim — Muhammadali Rashidov, muharrir — Baxtiyor Karimov.
Saundtrek
Tanqid Rotten Tomatoes kinotanqid saytida Croodslar oilasi: Yangi uy haqida 150 ta maqola yigʻilib, ulardan 77 foizi filmni ijobiy baholaydi.
Manbalar
Havolalar
Box Office Mojo
Turkum:2020-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Universal Pictures animatsion filmlari Turkum:Universal Pictures filmlari Turkum:DreamWorks Animation filmlari Turkum:2020-yil multfilmlari Turkum:AQSh animatsion filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:AQSH kinokomediyalari Turkum:AQSH 3D-filmlari Turkum:AQSh kompyuterli animatsion filmlari Turkum:AQSh sarguzasht filmlari Turkum:2020-yil 3D-filmlari Turkum:IMAX filmlari Turkum:Rejissyorlar debyut filmlari Turkum:Joel Crawford filmlari Turkum:2020-yil kinokomediyalari Turkum:Alifbo boʻyicha filmlar