Obid Yunusovich Yunusov (1934-yil 20-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR — 2015-yil 21-sentyabr, Toshkent, Oʻzbekiston) — sovet va oʻzbek aktyori. Oʻzbekiston xalq artisti.

Biografiyasi Obid Yunusov 1931-yil 20-noyabr kuni Toshkent shahrida Yunus Rajabiy oilasida tavallud topgan. 1956-yilda Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan.

Hamza nomidagi oʻzbek drama teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri aktyori, uning sahnasida yuzdan ortiq rollarni ijro etgan. Oʻttizdan ortiq badiiy filmlarda rol ijro etgan. Aktyorning teatrdagi eng ko‘zga ko‘ringan roli “Parvona” spektaklidagi Oʻtkuriy obrazi bo‘lsa, kinodagi mashhur roli “To‘ylar muborak” filmidagi kuyov obrazi hisoblanadi.

Aktyor haqida “Armon” nomli hujjatli filmi suratga olingan.

Obid Yunusov 1989-yilda Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti, 1990-yilda Oʻzbekiston xalq artisti faxriy unvoni, 2003-yilda Mehnat shuhrati ordeni bilan taqdirlangan. 2026-yil 28-mayda Buyuk xizmatlari uchun ordeni bilan taqdirlangan.

2015-yil 21-sentyabr kuni Toshkent shahrida vafot etgan.

Manbalar

Turkum:1934-yilda tugʻilganlar Turkum:20-noyabrda tugʻilganlar Turkum:21-sentabrda vafot etganlar Turkum:2015-yilda vafot etganlar Turkum:O‘zbekiston SSR xalq artistlari Turkum:Dublyaj ustalari Turkum:Oʻzbekistonlik dublyaj ustalari