„What Kind of Creatures are We?“ („Biz qanaqa mavjudotlarmiz?“) — amerikalik tilshunos va faylasuf Naom Chomsky qalamiga mansub falsafa boʻyicha kitob. Ilk bor 2015-yil New York shahrida Columbia University Press nashriyoti tomonidan qattiq jildda va elektron kitob oʻlaroq chop etilgan. 2018-yil yumshoq jildda nashr qilingan.

Kitob muallif oʻzi asos solgan zamonaviy lingvistika, kognivistika hamda siyosat boʻyicha qarashlari va ishlari muxtasaridir. Xususan, unda Chomsky quyidagi savollarga javob beradi: Inson tili nima? Inson tushunchasining chegaralari (agar ular mavjud boʻlsa) qanday? Biz intilishimiz kerak boʻlgan umumiy manfaat nima? Asar tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olindi.

Asarda muallif tilshunoslikda 50 yil davomida erishilgan yutuqlar, ularning til kelib chiqishi haqidagi qarashlarga taʼsiri, til va fikr oʻrtasidagi bogʻliqlik hamda fikr va tilning biologik asoslari haqida soʻz yuritadi. Shuningdek, asarda muallif „libertar sotsializm“ deb ataydigan siyosiy qarash himoyasida falsafiy argumentlar keltirilgan. Asarga faylasuf Akeel Bilgrami kirish soʻz yozgan.

Manbalar

Havolalar „What Kind of Creatures are We?“ Columbia University Press saytida

Turkum:Falsafa boʻyicha kitoblar