„Bolalar ensiklopediyasi“ — Oʻzbekiston Respublikasida bolalar uchun moʻljallab chiqarilgan ensiklopediya. Ensiklopediya 2000-yil Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyotida chop etilgan. Lotin alifbosida chiqarilgan ilk bolalar ensiklopediyalaridan biri. Ensiklopediya kontenti, jumladan, undagi tasvirlar Oʻzbekiston SSRda chop etilgan „U kim? Bu nima?“ ensiklopediyasidan olingan, marksist-leninist kontent olib tashlangan. 2002-yil ikkinchi nashri chop etilgan. „Bolalar ensiklopediyasi“ yosh oʻquvchilar orasida keng tanilgan boʻlib, bolalarga tavsiya qilinadigan adabiyotlar roʻyxatlariga kiritilgan.
Qamrovi Ensiklopediya keng qamrovli boʻlib, asosan atoqli otlar boʻyicha maʼlumot berilgan. „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ kontenti asosdan „Oʻzbek sovet ensiklopediyasi“dan olingani kabi, „Bolalar ensiklopediyasi“ kontenti asosan uch jildli „U kim? Bu nima?“ ensiklopediyasidan olingan. Ensiklopediyaga turli zamon va xalqlarga mansub mashhur shaxslar, kashfiyotchilar, sayyohlar, fan, texnika, adabiyot va sanʼat namoyondalari, taniqli davlat va siyosat arboblari haqida maqolalar kiritilgan. Undan tashqari fizika, kimyo, biologiya, tibbiyot, falsafa, huquq, matematika, geografiya, geologiya, iqtisod, madaniyat va sanʼat fanlari boʻyicha ham koʻplagan maqolalar berilgan.
Yana qarang „U kim? Bu nima?“
Manbalar
Havolalar „Bolalar ensiklopediyasi“ Ziyo.uz saytida
Turkum:Ensiklopediyalar