„Soʻz chamani: Erkin Vohidov“ — oʻzbek shoiri Erkin Vohidov qalamiga mansub sheʼriy toʻplam. 2020-yil Toshkent shahrida „Akademnashr“ nashriyotida chop etilgan. Toʻplamga shoir turli yillarda yozgan sheʼrlar kiritilgan. Toʻplamni Rustam Mirvohid hamda Navoiylik Alisher tuzgan. Toʻplam lotin yozuvida 4 ming nusxada chop etilgan.
Bugunga qadar „Akademnashr“ nashriyotida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tashabbusi bilan hamda „Ijod“ jamoat jamgʻarmasi homiyligida „Soʻz chamani“ ruknida bir necha shoir sheʼrlari toʻplamlari chop etildi. 2020-yilning 6-oktabrida uyushma hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Toshkent shahridagi Adiblar xiyobonida „Soʻz chamani: Erkin Vohidov“ kitobi taqdimotini oʻtkazdi. „Soʻz chamani: Erkin Vohidov“ toʻplami „Soʻz chamani“ rukni doirasida tayyorlangan yana uch kitob: Choʻz chamani: Ibroyim Yusupov, Choʻz chamani: Abdulla Oripov va Choʻz chamani: Halima Xudoyberdiyeva toʻplamlari bilan bir vaqtda eʼlon qilindi.
Manbalar
Havolalar „Soʻz chamani“ Kitobxon saytida
Turkum:Erkin Vohidov sheʼriy toʻplamlari