„Blank Space“ — amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Taylor Swift ijro etgan qoʻshiqdir. Xonandaning 1989 nomli beshinchi studiyaviy albomiga kiritilgan. 2014-yilning 10-noyabrida albomning ikkinchi singli sifatida Republic Records leybli tomonidan Big Machine leybli bilan hamkorlikda eʼlon qilingan. Swift qoʻshiq soʻzlarini Max Martin va Shellback bilan birgalikda yozgan. Musiqiy jihatdan „Blank Space“ electropop janridagi qoʻshiqdir.

„Blank Space“ Billboard Hot 100 chartida birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan hamda Amerika ovoz yozish sanoati assotsiatsiyasi () tomonidan 8× platina sertifikati bilan taqdirlangan. Tarona, shuningdek, Avstraliya, Janubiy Afrika, Kanada, Islandiya va Shotlandiya musiqa chartlarida ham birinchi pogʻonagacha koʻtarilgan. Xalqaro fonografiya sanoati assotsiatsiyasi () „Blank Space“ni 2015-yilning eng savdosi chaqqon boʻlgan qoʻshiqlaridan biri deb topgan. Musiqa tanqidchilari ashulani ijobiy baholashgan. Bundan tashqari, tarona „Yil yozuvi“ (), „Yil qoʻshigʻi“ () va „Yakkaxon xonanda ijrosidagi eng yaxshi pop ijro“ () nominatsiyalarida Grammy mukofotiga nomzod boʻlgan.

„Blank Space“ qoʻshigʻi uchun klip ham olingan boʻlib, unga Joseph Kahn rejissorlik qilgan. Klipda Swift yorining xiyonatidan gumonsirab salga lovullab ketadigan rashkchi ayol oʻlaroq tasvirlangan. Klipni suratga olish ishlari asosan Huntington shahridagi Oheka qasrida boʻlib oʻtgan. Klip „Eng yaxshi pop-video“ () va „Ayol ijrosidagi qoʻshiqqa olingan eng yaxshi video“ () nominatsiyalarida MTV Video Music Award bilan taqdirlangan.

thumb|upright|right|Swift „Blank Space“ni ijro etmoqda (2015).

Jamoa Taylor Swift — vokal, qoʻshiqnavis Max Martin — produser, qoʻshiqnavis, klavishalar, programmalash Shellback — producer, qoʻshiqnavis, akustik gitara, elektrogitara, bas, klavishalar, perkussiya, programmalash Michael Ilbert — ovozni yozib olish Sam Holland — ovozni yozib olish Cory Bice — ovozni yozib olish yordamchisi Serban Ghenea — miksing John Hanes — miksing Tom Coyne — mastering

Chartlar Chart (2014)Oʻrni (Billboard Hot 100) 59 (IFPI) 3 (Greece Digital Songs) 2 (RÚV) 1 (FIMI) 27 (Italy Digital Song Sales) 10 (Lebanese Top 20) 5 (Mexico Airplay) 2 (Single Tip) 3 (Airplay 100) 34 (SloTop50) 9 (EMA) 1 (South Korea International Singles) 54 (Record Report) 2 Reliz tarixi Mamlakat Sana Leybl(lar) Manba(lar) 10-noyabr, 2014-yil 11-noyabr, 2014-yil Republic 12-dekabr, 2014-yil Universal 2-yanvar, 2015-yil

Manbalar

Havolalar

Turkum:2014-yil qoʻshiqlari Turkum:2014-yil singllari Turkum:Taylor Swift qoʻshiqlari Turkum:Canadian Hot 100 chartida birinchi oʻrinni egallagan singllar Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar