Madina Mumtoz, haqiqiy ismi sharifi Musayeva Madinabonu Bahriddin qizi, (10-oktyabr, 1990-yilda tugʻilgan) — oʻzbek qoʻshiqchisi va kino aktrisasi. Xonanda 2010-yilda „Nihol“ davlat mukofoti sovrindori boʻlgan.

Madina 2010-yilda surʼatga olingan „Janob hech kim“ filmida oʻynagan rolidan keyin Oʻzbekistonda shuhrat qozondi. Undan keyingi yillarda akrisa bir necha kinokomediyalarda rol ijro etdi. Xususan, 2010-yilda katta ekranlarda namoyish etilgan „Oʻzimdan oʻzimgacha“, 2012-yilda surʼatga olingan „Endi dadam boʻydoq“ filmlari aktrisaga katta shuhrat olib keldi. Hayoti Madina Mumtoz 1990-yil 10-oktabrda Toshkentda tugʻilgan. Xonandaning otasi Musayev Bahriddin Joʻrayevich. Madina taniqli aktrisa, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Raʼno Yarashevaning qizi. Oʻzbekiston konservatoriyasida tahsil olgan. Xonanda onasi Raʼno Yarasheva bilan bir necha filmda, jumladan, „Oʻzimdan oʻzimgacha“ (2009), „Ichkuyov“ (2009), „Mening akam boʻydoq!“ (2011), „Bevalar“ (2012) hamda „Endi dadam boʻydoq“ (2012) filmlarida birga rol ijro etgan. Xonanda 2012-yil ishbilarmon Murod Chustiy bilan turmush qurgan. Bugungi kunda ularning uch nafar oʻgʻil farzandlari bor. Xonandaning 2013-yil Muhammad Yusuf, 2015-yil Muhammad Yunus va 2020-yil Yahya ismli farzandlari dunyoga keldi.

Filmografiyasi + Film Yil Film Rol2007 Lola Zilola2009 Achchiq hayot Madina Ichkuyov Madina Oʻzimdan oʻzimgachaOyshaJanob hech kimGulzoda2010 Muhabbatnoma Zulfiya Yuzma yuz Gulrux2011 Mening akam boʻydoq Zumrad2012 Endi dadam boʻydoq Zumrad Qudajonlar ? Bevalar Dildora

Diskografiyasi Yil Albom2013Bolajon Kliplari Yil Qoʻshiq 2007 „Fargʻona Ruboiysi“2010 „Balki“ (Diyor Mahkamov bilan) „Qoʻshchinor“ „Qora koʻzima“ (Samandar Hamroqulov bilan) 2012„Sallamno“ 2013 „Baxtli boʻl“ 2014 „Bolajon“2015 „Ey Yor Jonim“ „Sevishin aytolmadi“ 2017 „Nedan“ (Bahodir Nizomov bilan)

Manbalar

Havolalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:1990-yilda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekistonlik ayol qoʻshiqchilar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar