Benjamin Franklin ( — 17-aprel 1790-yil) AQShning asoschi otalaridan biridir. U yozuvchi, noshir, siyosiy faylasuf, siyosatchi, mason, pochtmeyster, olim, ixtirochi, yumorist, faol, davlat arbobi va diplomat boʻlgan. Olim oʻlaroq u elektr energiyasiga oid kashfiyotlari va nazariyalari ortidan Amerika maʼrifatparvarlari va fizika tarixida ahamiyatli shaxs boʻlgan. Ixtirochi oʻlaroq u yashinga qarshi uskuna, bifokal linza, Franklin pechkasi va shu kabi boshqa ixtirolari bilan tanilgandir. U koʻplab fuqarolik tashkilotlarini, jumladan Library Company, Filadelfiyaning ilk oʻt oʻchirish departamenti va Pensilvaniya universitetini tashkil etgan.

thumb|Benjamin Franklin qabri, Filadelfiya, Pensilvaniya.

Manbalar

Havolalar

Turkum:1706-yilda tugʻilganlar Turkum:1790-yilda vafot etganlar Turkum:Amerikalik yozuvchilar Turkum:Faylasuflar Turkum:Alifbo boʻyicha olimlar Turkum:Amerikalik siyosatchilar Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar