"Xaribulbul" musiqa festivaliozarb. "Xarıbülbül" musiqi festivalıVaqtMay JoyAgʼjabedi, Agʼdam, Barda, ShushaOʻtkazilgan yillar1989–19912021–TaʼsischiOzarbayjon SSR Madaniyat VazirligiiTashkilotchiHaydar Aliyev Fondi

Xaribulbul musiqa festivali – 1989-yildan Shusha shahrida oʻtkazilgan xalqaro musiqa festivalidir. „Xaribulbul“ xalqaro musiqa festivali mashhur xonanda Sayid Shushinskiyning 100 yilligi munosabati bilan 1989 yildan oʻtkazila boshlangan. Festival har yili may oyida Yaponiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Isroil, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Afgʻoniston va SSSRning boshqa davlatlari va respublikalari ishtirokida oʻtkazilgan.Tarixi "Xarı bülbül" festivalı Qorabogʼ mojarosining boshlanishi va Shusha shahrning bosib olinishi bilan festival oʻkazishga imkon qolmadi. Oxirgi festival 1992 yil may oyida boʻlib oʻtdi.Rasim Balayev: Şuşada "Xarıbülbül" festivalı və Vaqif poeziya günləri Azərbaycan mədəniyyətinin dünyada tanıdılması ilə yanaşı, gənc nəslin mədəniyyətimizi yaxından dərk etməsinə yardım edəcək Festival faqat qisqa vaqt davomida, Agʼdam shahri egallangunga qadar oʻsha yerda oʻtkazildi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021-yil 7-maydagi farmoni bilan Shusha shahri mamlakatning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı Bu farmon Voqʼif Sheʼriyat kunlari va „Xaribulbul“ festivalini qayta tikladi. 2021-yilning 12 va 13-may kunlari Shusha shahrining arman bosqinidan ozod etilganidan buyon birinchi marta Xaribulbul festivali boʻlib oʻtdi.Şuşanın Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi şəhərin milli kimliyini özünə qaytardı

Tarixi 300px|thumb|right|1989-cu yilda Shushada „Xaribulbul“ festivali ishtirokchilarining chqishi. Orqa planda Sayid Shushinskiyning rasmi aks ettirilgan plakat

„Xaribulbul“ Xalqaro Festivali 1989 yildan buyon mashhur xonanda Sayid Shushinskiyning 100 yilligi munosabati bilan oʻtkazib kelinmoqda.Фархад Бадалбейли рассказал о Днях поэзии Вагифа в Шуше. Как проходил фестиваль "Хары бюльбюль" 1989-yil boshlarida festivalga tayyorgarlik boshlandi. Festival shu yilning may oyida, Shusha xaribulbulining gullashi davrida oʻtkazildi.Полад Бюльбюльоглы: "Мне пришлось отменить "Хары Бюльбюль" в Шуше" 1989 yildagi festivalda mahalliy ijrochilardan tashqari Qirgʼiziston SSR, Qozogʼiston SSR, Boshqirdiston SSR, Litva SSR va Belarus SSR-dan kelgan musiqiy guruhlar ham ishtirok etgandi. Festivalda jami 100 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Konsertlar Cıdır düzü - poyga maydonida qurilgan 7 joyda oʻtkazildi. Festival 12-15 yoshli ijrochilarning "Qorabogʼ shikastasi" mugʼomini kuylashlari bilan ochildi. Festivalning birinchi kunida Qorabogʼ otlarida ham musobaqalar boʻlib oʻtdi. Birinchi festivalning tomoshabinlari asosan Shusha aholisi edi.

Festival doirasida Shushada kurash musobaqalari ham oʻtkazildi.Праздники в Шуше на советских фото 1970-1980-х гг. https://azerhistory.com/?p=35547}}.

Xaribulbul guli

Ozarbayjonda qadimdan Xaribulbul oʻ simligi oʻ sadi. U lotin tilida ophrys caucasica yoki ophrys mammosa deb ataladi. Ozarbayjonning Shusha shahri va uning atrofidagi hududlardaAzərbaycan Respublikasının Qırmızı Kitabı. Nadir və nəsli kəsilməkdə olan bitki və göbələk növləri, II nəşr, Bakı-2013 koʻproq tarqalgani uchun koʻproq Qorabogʻ bilan bogʻliq holda ifoda qilinadi.

Qorabogʻ mojarosi boshlangandan buyon Xaribulbul xalqimiz kurashining ramziga aylangan. Qorabogʻ hududi ishgʻol qilinganidan keyin Xaribulbul, ehtimol, koʻ pchilik uchun qaygʻu, ogʻriq va sogʻinch ramzi boʻ ldi. Madaniyat, sanʼat va adabiyotda Xaribulbul iborasi qoʻ llanilganda soʻ z Qorabogʻ haqida ekanligi hamisha ayon edi.Səsin gəlir, XARI BÜLBÜL ! – “Ordumuzun zəfər simvoludur”

Xaribulbulga qadimgi turkiy asirlarda ham katta oʻ rin berilgan. Oʻ sha tikanga qadalgan gʻamgin bulbul qadimgi turk asotirlarida jangda ogʻir yarador boʻ lgan askarning soʻ nggi umidi sifatida tanilgan edi. Qadimgi turkiy rivoyatda aytilganidek, Oʻ gʻuz xonning alpagutlaridan biri (shahid jangchi)ning soʻ nggi nafasida koʻ ksida olib yurgan bulbulning oyoqlariga qonli koʻ ylagidan bir parchani bogʻlab, sevgilisi Oybeka xonumga yuborgan qaygʻuli armonli sevgi qissasidir.Əfsanədən Zəfərə - Xarı bülbül Qələbə simvoluna necə çevrildi...

Qirgʻiz yozuvchisi Erlan Joʻ rabekovning „Jarxi Bulbul“" qissasida ham qadimgi turkiy asotirlarga katta oʻ rin berilgan. Ularning koʻ pchiligiga koʻ ra, Xaribulbul qoʻ lga oʻ rgatilgan qush boʻ lgan. Baʼzi tadqiqotchilarning fikricha, bulbulning bu turidan faqat jangchilar, sarkardalar foydalangan.

Qorabogʻ xonining qizi Shushalik Ogʻabegim ogʻa 1801 yildan 1832 yilgacha - umrining oxirigacha Qojar shohlarining Tehrondagi saroyida yashagan. "Azərbaycan qadın şairləri antologiyası", Bakı: "Avrasiya press", 2005. səh.28-29. Vatan hasratini chekkan Ogʻabeyim ogʻa nomiga tayangan bir bayoti ham bor:

„Vatan bogʻi“ ol-alvondir, Yoq bagʻrida Xaribulbul. Nedan har yering alvondir, Koksing osti sari, bulbul.

Ramzga aylanishi

2020 yilning 27 sentabridan 10 noyabrigacha davom etgan ikkinchi Qorabogʻ urushi (Ozarbayjonda bu Vatan urushi deb ham ataladi) davrida halok boʻ lgan shahidlar xotirasiga "Xaribulbul" nishoni ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi.

Bulbulning ulugʻvorligi, gʻururi va adolatsizlikka qarshiligi egilmay turishi uni afsonadan gʻalaba ramziga aylantira boshladi.

Asta-sekin bu nishon ozodlik urushining ramziga aylandi. U shahidlar xotirasi va Ozarbayjon armiyasining gʻalabasi ramzi sifatida tanildi va Ozarbayjonda barcha uchun yuksak muhabbat, ehtirom, muqaddas bir ramzga aylandi.

Festival 1990–1991 yillarda

1990 yilda xaribulbul festivali xalqaro maqomga ega boʻldi. Keyingi davrda Yaponiya, AQSh, Turkiya, Germaniya, Isroil, Niderlandiya, Italiya, Ispaniya, Avstriya, Afgʼoniston va SSSR oʻlkalari ishtirok etdi. Festival xalqaro maqomga ega boʻlib, nafaqat Ozarbayjonda, balki SSSRda ham eng muhim madaniy tadbirlardan biri hisoblangan.

Qorabogʼ mojarosi boshlanishi va Shusha shahrning ishgʼol qilinishi bilan festivalni oʻtkazish mumkin boʻlmay qoldi. Mojaroning keskin bosqichiga oʻtishi bilan, Festival Agʼdam shahri ishgʼl boʻlgunga qadar u yerda oʻtkazilgan. Agʼdam festivalidagi chiqishlar orasida Ozarbayjon Xalq artisti Qodir Rustamov tomonidan ijro etilgan, Ozarbayjon musiqasining „Oltin fondi“ga kiritilgan „Sona Bulbullar“qoʻshigʼi xususiy oʻrinni egalladi.

Festival doirasidagi ayrim konsertlar Qorabogʼning boshqa shaharlarida, Barda va Agʼjabedida ham boʻlib oʻtdi. Festivalda jahonning har yeridan kelgan jami 170 nafarga yaqin ishtirokchi bor edi.

Uchinchi festival 1991 yilda boʻlib oʻtdi. Tadbirda 25 mamlakatdan 300 nafarga yaqin kishi ishtirok etdi. Soʻnggi yillarda Amerika va Avstraliya ham oʻz sanʼatkorlari bilan ishtirokchi davlatlar safiga qoʻshildi. Festivalning qarorgohi Mingechevir shahrida joylashgan boʻlib, undan ishtirokchilar Qorabogʼga yoʻl olishdi. Tomoshabinlar soni koʻpligi tufayli festival doirasidagi konsertlar stadionlarda oʻtkazildi.

1990-1991 yillardagi yakuniy konsertlar Boku shahridagi Respublika saroyida boʻlib oʻtdi.

Bekor qilinishi 1992 yilda 4-festival 15 may kuni boshlanishi va eng yirik boʻlishi kerak edi. 30 dan ortiq mamlakatdan 500 kishini jalb qilish rejalashtirilgan edi. Biroq 8 may kuni Qorabogʼ urushining boshlanishi va Armaniston qurolli kuchlari tomonidan Shusha shahrining egallanishi tufayli festival bekor qilindi.

Qayta tiklanishi 250px|thumb|right|„Xaribulbul“ festivalida Olim Qosimov va Fargʼona Qosimovaning ijrosi|300px

2020 yil 8 noyabrda Ozarbayjon Shusha shahrini arman bosqinchilaridan ozod qildi. 2021 yil yanvar oyida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Ozarbayjon Madaniyat vaziri Anar Karimov bilan uchrashuvda Shusha Xaribulbul festivalini tiklash lozimligini eslatib, yaqin kelajakda ushbu folklor festivali anʼanalarini qaytadan yaratish zarurligini taʼkidladi..

Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning 2021 yil 7 maydagi farmoni bilan Shusha shahri mamlakatning madaniy poytaxti deb eʼlon qilindi.Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı Ayni Farmonda Voqif sheʼriyati kunlari va „Xaribulbu“" festivali tiklandi.Şuşa şəhərinin Azərbaycanın mədəniyyət paytaxtı elan edilməsi haqqında Azərbaycan Respublikası Prezidentinin Sərəncamı 2021 yil 12 va 13 may kunlari Haydar Aliyev jamgʼarmasi tomonidan tashkil etilgan festival boʻlib oʻtdi..

Festivalda Ozarbayjonda yashovchi turli xalqlarning musiqiy guruhlari tomonidan xalq va mumtoz musiqadan iborat dastur namoyish etildi.

Mehmonlar orasida jamoat va madaniyat arboblari, Qorabogʼdan, jumladan, Shushadan taniqli shaxslar ham bor edi.

Festival 2021 yilda „Xaribulbul“ festivali Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning nutqi bilan boshlandi. Soʻngra Ozarbayjonda yashovchi xalqlar folklor ansambllarining chiqishlari boʻldi.Azərbaycan Prezidenti İlham Əliyev və birinci xanım Mehriban Əliyeva Şuşada "Xarıbülbül" festivalının açılışında iştirak ediblər Sahnada sanʼatkorlarga Ozarbayjon Davlat Akademik Filarmoniyasi Davlat raqs ansambli sozandalari joʻrlik qilishdi. Turli yillarda Shushada suratga olingan Ozarbayjon xonandalari Bulbul, Seyid Shushinskiy, Xon Shushinskiy, Rashid Beybutov, Shavket Alekperovalarning videolavhalari ham namoyish etildi.

Festivalning ikkinchi kunida gala-konsert boʻlib oʻtdi. Unda Ozarbayjon kompozitorlarining mumtoz musiqa asarlari taqdim etildi. Konsert dasturi Ozarbayjon Davlat simfonik orkestri va Ozarbayjon Davlat xor Kapellasi tomonidan ijro etilgan "Koroʻgʼli" operasidan uvertura bilan ochildi. Keyin Elchin Azizov, Dinara Aliyeva, Yusif Eyvazov, Azerin Tagiyeva, Samir Jafarov, Sahib Poshozada (top), Keyla Seyidova (skripka), Azer Zadeh, Seljan Nasibli va boshqalar sahnaga chiqdilar. Festival 13 May kuni gala-konsert bilan yakunlandi.

Festival 13 May kuni gala-konsert bilan yakunlandi.Şuşanın Cıdır düzündə "Xarıbülbül" musiqi festivalı qala-konsertlə başa çatıb

12 may