Susuzlug qishlogʻi yaqinida portlash — 4 iyun 2021 yil kuni Ozarbayjonning Kalbajar tumani hududida joylashgan Susuzluq qishlogʻi yaqinida yuz bergan mina portlashi. Portlash natijasida Ozarbayjon televideniyesi operatori Siroj Abishov, Ozarbayjon Davlat axborot agentligi muxbiri Muharram Ibrohimov va Kalbajar tumani Ijroiya hokimiyati boshligʻining Susuzlugʻ qishlogʻi maʼmuriy-hududiy okrug boʻyicha vakili muovini Orif Aliyev halok boʻldi. Bundan tashqari, 4 kishi turli tan jarohatlarini oldi. Bu ikkinchi Qorabogʻ urushi davrida harbiy amaliyotlar hududida jurnalist oʻlimi bilan bogʻliq birinchi holat edi.
Ozarbayjon tomoni Armanistonni hodisada aybdor deb topib, Qorabogʻda koʻmilgan minalar xaritasi Ozarbayjonga topshirilmasa, bunday fojiali holatlar takrorlanishini qoʻshimcha qildi. Ozarbayjon rasmiylari, shuningdek, Kalbajardagi minalarning ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan keyin qoʻshinlarni hududdan olib chiqish paytida arman harbiylari tomonidan koʻmilgan, degan fikrni ilgari surgandi. Armaniston bunga javob bermadi. Ozarbayjonda turli mamlakatlarning elchilari va elchixonalari, jumladan, „Human Rights Watch“, Yevropa Kengashi, YXHT va Xalqaro jurnalistlar Federatsiyasi voqea yuzasidan xavotir bildirib, jabrlanganlarga hamdardlik bildirdi.
Asos
Kalbajar tumani hududi 1993 yilda, birinchi Qorabogʻ urushi davrida Armaniston qurolli kuchlari tomonidan bosib olingan. Bosqinchilik natijasida tumanda yashovchi 60,000 nafar ozarbayjon va kurd qochqin boʻlgan va 150 dan ortiq ozarbayjon garovga olingan.
Ozarbayjon Qurolli kuchlarining 2020-yil 27 sentabrda boshlangan ikkinchi Qorabogʻ urushi paytida Kalbajar tumaniida joylashgan strategik muhim Murovdag tepaligini ishgʻoldan ozod qilishi 1992 yildan beri Ozarbayjon erishgan eng katta harbiy yutuqlaridan biri hisoblangan. Kalbajar viloyati Qorabogʻda oʻt ochishni toʻxtatishni taʼminlash boʻyicha uch tomonlama deklaratsiyaning bir qismi oʻlaroq 2020-yil 25 noyabrda Ozarbayjon nazoratiga qaytarildi.
Qorabogʻ mojarosidan zarar koʻrgan hududlarni minalardan tozalash Ozarbayjon va Armaniston oʻrtasidagi ikkinchi Qorabogʻ urushidan keyingi asosiy masalalardan biri boʻlib qolmoqda. Qorabogʻ dunyodagi eng koʻp minalashtirilgan hududlardan biri hisoblanadi. ikkinchi Qorabogʻ urushi tugaganidan keyin Ozarbayjonda harbiy va tinch aholi minalarga duch kelgani haqida bir necha bor xabar tarqaldi. Rasmiy maʼlumotlarga koʻra, uch tomonlama bayonot imzolanganidan beri Ozarbayjon tomonida bunday voqealar oqibatida 120 dan ortiq kishi halok boʻlgan yoki jarohatlangan. Ozarbayjon tomoni Armanistondan minalar xaritasini talab qildi, biroq Armaniston tomoni bu talabga ijobiy javob bermadi. Ozarbayjon ikki marta Armanistonning Qorabogʻdagi minalashtirilgan hududlar xaritasini taqdim etishdan bosh tortgani yuzasidan inson huquqlari boʻyicha Yevropa sudiga shikoyat bilan murojaat qilgan. Ozarbayjon tomoni bunday fojiali voqealar yuz berish xavfi tegishli hujjatlar boʻlmasa doimo davom etishini taʼkidladi. BMT xavfsizlik Kengashining yigʻilishida Ozarbayjonning BMTdagi doimiy vakili Yashar Aliyev mojaro davomida Ozarbayjonning bosib olingan hududlarining aksariyati, jumladan, qabristonlar, tarixiy joylar va boshqa fuqarolik obyektlari Armaniston tomonidan minalashtirilganini qayd etdi. Qorabogʻni minalardan tozalash jarayoni yana 5-7 yil davom etishi taxmin qilinmoqda.
Voqeadan avval ikki mamlakat oʻrtasidagi chegara boʻylab yuz bergan, Ozarbayjon va Armaniston askarlari ishtirok etgan bir qator voqealar Armanistondagi saylovlardan avval Rossiya vositachiligi bilan vaqtincha sulhga tazʼyiq yaratilgan. May oxirida Ozarbayjon Kalbajar hududini minalashga urinayotgan 6 nafar arman askarini qoʻlga oldi. Armaniston rahbariyatining bildirishicha, uning kuchlari faqat oʻz mamlakati hududida chegara zonasining mudofaasini mustahkamlamoqda.
Hodisa
Ozarbayjon davlat axborot agentligi (AZERTAC) va Ozarbayjon televideniyesi (AzTV) xodimlari ikkinchi Qorabogʻ urushi natijasida Ozarbayjonning ishgʻldan ozod qilingan hududlarida tasvirga olish ishlarini olib borish uchun yuborilgan edi. 2021-yil 4-iyunda, soat taxminan 11 da Kalbajar tumani hududida joylashgan Susuzlug qishlogʻiga ketayotib, ular oʻtirgan Kamaz markasidagi yoʻlovchi mashinasi tankka qarshi minaga duch keldi. Mina hududni armani ishgʻoli paytida koʻmilgan.
Voqeadan bir kun oʻtib, tankka qarshi minaga duch kelgan avtomobilning minaga duch kelish oni video sifatida tarqatildi. 2 daqiqalik videoning dastlabki 26- soniyasida mashina minaga uchrab portlaydi.
Jabrlanganlar Portlash natijasida 3 kishi halok boʻlgan, yana 4 kishi turli darajadagi ogʻirlikda jarohatlangan..
Siraj Abyshov - Ozarbayjon televideniesi operatori. 1989-yil 29-avgustda Ozarbayjon SSR Gubadli shahrida tugʻilgan Abyshov birinchi Qorabogʻ urushi davrida oilasi bilan uydan haydaldi va Sumgait shahrida yashay boshladi. U 2019-yilda AzTVda ish boshladi. Bir farzand koʻrgan Abyshov hodisa natijasida halok boʻlgan. „Sud-tibbiy ekspertiza va patologik anatomiya“ uyushmasining Ganja shahar filialida oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng uning jasadi Bokuga olib ketildi. Abyshov 5 iyun kuni Sumgait Shahidlar xiyoboniga dafn etildi.
Muharram Ibrohimov (Alioʻgʻli) - Ozarbayjon Davlat axborot agentligi muxbiri. 1982 yil 16 aprelda SSSR respublikalaridan biri boʻlgan Armaniston SSRning Krasnoselo tumani Ardanish qishlogʻida tugʻilgan. 1989 yilda Ibrohimov Ozarbayjon SSR Banogʻatiy tumani Rasulzoda qishlogʻidagi 100-sonli oʻrta maktabning birinchi sinfiga borgan, 1999-yilda oʻrta maktabni tamomlab, oliy ijtimoiy-siyosiy kollejning jurnalistika fakultetiga oʻqishga kirgan va uni 2003 yilda tamomlagan. 2004 yil 15 iyulgacha Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirligining ichki qoʻshinlarida harbiy xizmatda boʻlgan. Shu yilning sentyabr oyida AZERTAJDA muxbir boʻlib ishlagan Ibrohimov 2007-yildan buyon u yerda yetakchi muxbir boʻlib ishlagan. U ikkinchi Qorabogʻ urushi davrida jang maydonida yangiliklarni yoritardi. Hodisa natijasida ikki farzandning otasi boʻlgan Ibragimov halok boʻlgan. „Sud-tibbiy ekspertiza va patologik anatomiya“ uyushmasining Ganja shahar filialida oʻtkazilgan tekshiruvdan soʻng uning jasadi Bokuga olib ketildi. Ibragimov 5 iyun kuni Absheron tumani Mushfiqobod qishlogʻidagi qabristonga, ota-onasi yoniga dafn etildi.
Orif Ogʻalar oʻgʻli Aliyev - Kalbajar tumani Ijroiya hokimiyati boshligʻining Susuzlug qishlogʻi maʼmuriy-hududiy okrugi boʻyicha vakili muovini. 1983-yilda Susuzlug qishlogʻida tugʻilgan Aliev birinchi Qorabogʻ urushida qochin boʻlib, Goʻygoʻl tumanidagi Xasabogʻ qishlogʻiga joylashadi. U 2012-yildan beri shu lavozimda shlar edi. Uch farzandi bor Aliev hodisa oqibatida halok boʻlgan. 2021-yil 5 iyunda uning jasadi Goʻygol tumanidagi uyiga olib ketildi va u yerdagi Kalbajar Shahidlar xiyoboniga dafn etildi.
Emin Mamadov - Ozarbayjon televideniyesi rejissori. U hodisada jarohatlangan. Emin Mamadov AzTV „Asosiy masal“" koʻrsatuvi bilan aloqaga chiqqan va ahvoli barqaror ekanini aytib oʻtgan. U ertasi kuni shifoxonadan chiqarilgan.
Shuhrat Jafarov-Kalbajar tumani Ijroiya qo'mitasining Yanshagr qishloq maʼmuriy okrugidagi vakolatxonasi xodimi. Asli Kalbajardan boʻlgan Jafarov 13 yoshida uyidan judo boʻlgan. Hodisa natijasida jarohatlangan.
Komil Abdullayev - Susuzlug qishloq maʼmuriy hududiy doirasi ijro hokimiyati vakili. Hodisa natijasida jarohatlangan.
Boshqa uch shaxsning nomlari haligacha ochiq aytilmagan. Qurbonlarning biri avtobus haydovchisi, ikkinchisi esa qishloq aholisidan boʻlgan.
Natija Ommaviy axborot vositalari xabarlaridan soʻng darhol Ozarbayjon Respublikasi Bosh prokuraturasi va Ozarbayjon Respublikasi ichki ishlar vazirligi voqeani tasdiqladi. Qoʻshimcha qilishlaricha, prokuratura va polisiya xodimlari voqea joyini koʻzdan kechirib, sud-tibbiy ekspertizasini tayinlagan va boshqa protsessual harakatlarni amalga oshirgan. Ozarbayjon Respublikasi harbiy prokuraturasi tomonidan 100.2 (agressiv urushni rejalashtirish, tayyorlash, uchirish yoki olib borish), 116.0.6 (qurolli mojaro paytida xalqaro gumanitar qonunni buzish) va Jinoyat kodeksining boshqa moddalari boʻyicha ushbu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan. Hozirda hodisaga boqʼliq jadal tergov-tezkor harakatlar olib borilmoqda.
Voqeadan soʻng „Tigran Mets“ maxsus harbiy oʻquv markazining taʼsis direktori, Armaniston Qurolli kuchlari podpolkovnigi Koryun Gumashyan arman matbuotiga bergan intervyusida Lochin va Kalbajar tumanlarida 17 ta yuk mashinasi toʻla mina joylashtirilganini aytdi. Uning qoʻshimcha qilishicha, Ozarbayjon minalashtirilgan hududlar xaritalarini „Ozarbayjonda arman mahbuslari“ evaziga taqdim etishga tayyor. 8 iyunda Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Armaniston qurolli kuchlarining razvedkachi va qoʻporuvchi guruhi lachin tumanida minalarni joylashtirish uchun chegarani kesib tgani, natijada guruhning bir aʼzosi Artur Kartanyan Ozarbayjon harbiylari tomonidan qoʻlga olingani va guruhning boshqa aʼzolari orqaga chekinib, hududni tark etgani haqida bayonot berdi. Armaniston Mudofaa vazirligi minalarni joylashtirish haqidagi iddaolarni rad etdi, qoʻlga olingan askar tumanli ob-havo tufayli yoʻlini yoʻqotgan, deya maʼlum qildi. Ozarbayjon tomoni ertasi kuni Kartanyanni ozod qildi. Ozarbayjon Mudofaa vazirligining maʼlum qilishicha, taxmin qilingan provokatsiyaga urinish iddaosi tasdiqlanmagan va askar tasodifan chegarani kesib oʻtib, tuman ichida yoʻlini yoʻqotgan.
Hodisada halok bo'lganlar xotirasi Ozarbayjon televideniyesi binosi yaqinida yod etildi. Ibrohimov va Abyshov nomlari 9 iyun kuni Ozarbayjon teleradioeshittirish YOAJ hududida ularning xotirasiga yaratilgan yodgorlik majmuasining memorial lavhasiga o'yib yozildi.
Voqea sodir boʻlgan kuni Ozarbayjon Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi matbuot kotibi Fozil Tolibovning aytishicha, marhum Muharram Ibrohimov, Siroj Abyshov va Orif Alievlarga shahid maqomi beriladi.
Reaksiyalar Ichki
Voqeani birinchilardan boʻlib tasdiqlagan AzTV raisi Ravshan Mamadov Facebook sahifasida voqeani „armani vandalizmi va dushman tomonidan tinch aholiga qarshi sodir etilgan jinoyatlarning yana bir namunasi“ deb atadi va halok boʻlgan ikkala jurnalistning oilalariga taʼziya bildirdi. Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev qurbonlarning oilalariga hamdardlik bildirdi Ozarbayjon Respublikasi birinchi vitse-Prezidenti Mehribon Aliyeva voqeadan chuqur afsusda ekanligini bildirdi, „begunoh odamlarning oʻlimi uchun butun masʼuliyat Armanistonning harbiy-siyosiy rahbariyati zimmasiga tushadi“ deya qayd etdi Ozarbayjon Respublikasi Prezidentining yordamchisi - Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti maʼmuriyatining tashqi siyosat boʻlimi boshligʻi Hikmat Hojiyev xalqaro tashkilotlarni hamjihatlik koʻrsatishga va bu voqeani qoralashga chaqirib, jurnalistlar „Kalbajardan chiqishda arman qoʻshinlari tomonidan ataylab koʻmilgan mina qurbonlari“ ekanini taʼkidladi.