Imron Xon (, ; 1952-yil 5-oktyabrda tugʻilgan) 22- hamda amaldagi Pokiston bosh vaziridir. U, shuningdek, sobiq professional kriket oʻyinchisi va Adolat harakati partiyasi lideridir. Bosh vazir lavozimiga 2018-yili kelganSMI: Imran Xan izbran novim premer-ministrom Pakistana — Mejdunarodnaya panorama — TASS.
Tarjimai holi Imron Xon 1952-yil 5-oktyabrda (boshqa manbaga koʻra 25-noyabrda) Lohur shahrida tugʻilgan. Otasi injener-quruvchi boʻlgan. 1971-yil 18 yoshli Imron kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi safida Angliya terma jamoasiga qarshi oʻyinga tushgan. Angliyaga koʻchib oʻtganidan keyin 1973—75-yillar u Oxford universiteti jamoasida oʻynagan va 1974-yildan jamoa sardori boʻlgan. 1982-yildan 1992-yilgacha Imron Xon kriket boʻyicha Pokiston terma jamoasi sardori boʻlgan. Adolat harakati partiyasiga asos solganidan soʻng Pokistonning eng mashhur siyosatchilaridan biriga aylandi. Uning mitinglariga 100 minglab odamlar toʻplangan. U Imran, All-Round View, The Warrior Race asarlarining muallifidir. Oʻzbekistonga tashriflar Oʻzbekiston va Pokiston kelishuvlariga asosan Oʻzbekiston Pokiston savdo tarmoqlari uchun Markaziy Osiyo mintaqasiga kirish eshigi sifatida foydalidir. Pokiston esa Oʻzbekistonga dengiz portlaridan foydalanishga imkon beradi. Shu maqsadda Pokiston bosh vaziri Imron Xon 2021-yil iyul oyida Oʻzbekistonga tashrif buyurdi
Manbalar
Havolalar IMRAN KHAN Imran Xan: voyna protiv terrorizma porojdaet novix terroristov
Turkum:Yashayotgan insonlar