Muhammad Amin toʻpchiboshi (Muhammad Aminbiy toʻpchiboshi) — oʻzbek davlat arbobi. Harbiy qoʻmondon va sarkarda. Oʻzbek hukmdorlari Amir Shohmurod (1785—1810) va Amir Haydarning (1810—1825) toʻpchiboshisi — Buxoro amirligining harbiy vaziri.
Muhammad Amin toʻpchiboshi oʻzbek hukmdori Amir Shohmurodning (1785—1810) davlatni boshqarishdagi eng yaqin kishilaridan edi. U Buxoro amirligining Xurosondagi mavqeini mustahkamlashda faol qatnashadi. Ayniqsa, Marvda Bayramalixondan keyingi notinchliklarni bartaraf etishda uning xizmati katta boʻlgan. thumb|150px|right|Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi. (S. M. Prokudin-Gorskiy. 1911-yil may.) Muhammad Amin toʻpchiboshi donatorligida mamalakatning poytaxtida bunyod etilgan Muhammad Amin toʻpchiboshi madrasasi bizgacha yetib kelmagan. Madrasa 1925—1929-yillarda buzib yoʻq qilingan.
Muhammad Amin toʻpchiboshining oʻgʻli Yoshi Uzoqbek ham otasi kabi saroy xizmatida boʻlgan. U Amir Nasrulloh (1827—1860) davrida mamlakat siyosiy hayotida faol ishtirok etib toʻqsabo lavozimigacha koʻtarilgan. Amirning Balxga yurishida qatnashgan. Otasi kabi poytaxt Buxoroda madrasa qurdirgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:Buxoro amirligi harbiylari Turkum:Madrasa asoschilari