Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Yangi Oʻzbekiston maʼmuriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“ PF-269-sonli qarori asosida Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi negizida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining taʼlimga doir konstitutsion huquqlariga rioya etilishini taʼminlovchi, maktabgacha, umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish uchun javob beradigan vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi va hisobot beradi.
Vazirlikning asosiy vazifalari Vazirlikning asosiy vazifalari:
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; maktabdan tashqari taʼlimga boʻlgan umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va davlat taʼlim talablariga muvofiq umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik boshqarishni amalga oshirish; oʻqituvchi kasbining maqomi va obroʻsini koʻtarish, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, ularning samarali mehnat faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish; oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasbiy yoʻnaltirishning samarali uslublarini, oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalari optimallashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni joriy qilish; umumtaʼlim muassasalarida chet tilini oʻqitishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarning yangi avlodi yaratilishi va nashr etilishini tashkil qilish; nodavlat taʼlim xizmatlari sektorini yanada rivojlantirish, xalq taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlar yaratish; pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni joriy etish; „Mehribonlik“ uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish; jismoniy rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanish va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarga ijtimoiy kafolatlarni taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ularning taʼlim va tarbiya (shu jumladan, inklyuziv) olishlariga koʻmaklashuvchi mos muhitni yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari (maktablar, maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish; oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitetga yot gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash; umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablarining bajarilishining tizimli monitoringini olib borish; umumtaʼlim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilariga kasb-hunar taʼlimini taʼminlash boʻyicha faoliyatni muvofiqlashtirish; xalq taʼlimi tizimidagi muassasalarning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularning bino va inshootlaridan foydalanish boʻyicha ishlar monitoringini olib borish va ushbu ishlarni muvofiqlashtirish
Vazirlikning asosiy funksiyalari Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim sohasida, oʻquvchilarning maʼnaviy-axloqiy, intellektual va jismoniy rivojlanishi darajasini yanada yuksaltirish borasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish; umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartlari va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq umumtaʼlim muassasalari faoliyatini metodik boshqarish; oʻqituvchi kasbi mavqeyi va obroʻsini oshirish, umumtaʼlim muassasalari xodimlari, shuningdek, xalq taʼlimi tizimi xodimlarining moddiy va ijtimoiy qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, ularning samarali faoliyati uchun munosib sharoitlar yaratish; oʻquv-tarbiya jarayoniga taʼlimning innovatsion shakllarini, zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalarini, kasb-hunarga yoʻnaltirishning samarali shakl va uslublarini kiritish hamda oʻquvchilarning oʻquv, psixologik va jismoniy yuklamalarining maqbullashuvini inobatga olgan holda oʻqitish va tarbiyalashni kiritish; umumtaʼlim muassasalarida chet tillarini oʻrgatishning samaradorligini taʼminlashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish; yangilangan oʻquv rejalari va dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan, mazmun va sifat jihatidan xalqaro talablarga javob beradigan, yangi pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda yangi avlod oʻquv va oʻquv-metodik adabiyotlarini tayyorlash va nashr qilinishini tashkil qilish; taʼlim xizmatlari nodavlat sektorini rivojlantirish, xalq taʼlimi sohasida davlat-xususiy sheriklik uchun qulay sharoitlarni yaratish. pedagogik kadrlarni tanlash, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning ilgʻor va shaffof tashkiliy-huquqiy mexanizmlarini joriy etish „Mehribonlik“ uylari faoliyatini takomillashtirish, ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarning ijtimoiy-psixologik reabilitatsiyasini va huquqiy himoya qilinishini taʼminlash, ularning ijtimoiy-mehnat koʻnikmalarini hosil qilishiga va jamiyatga uygʻunlashuviga koʻmaklashish rivojlanishida turli nuqsonlari boʻlgan hamda davolanishga va sogʻlomlashtirishga muhtoj boʻlgan bolalarning ijtimoiy kafolatlarini taʼminlovchi chora-tadbirlar samaradorligini oshirish, ularning taʼlim-tarbiya (shu jumladan inklyuziv) olishlari uchun moslashuv muhitini yaratish, imkoniyatlari cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar (maktab-internatlar) faoliyatini takomillashtirish oʻquvchilarni umuminsoniy qadriyatlar, yuksak maʼnaviyat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga mustaqillik gʻoyalarini yanada chuqur singdirish, milliy mentalitet uchun gʻoyalarga qarshi immunitetni mustahkamlash umumiy oʻrta va maktabdan tashqari taʼlim muassasalari tomonidan davlat taʼlim standartlari va talablari bajarilishining tizimli monitoringini olib borish umumtaʼlim maktablarining 10-11-sinf oʻquvchilariga kasb-hunarga yoʻnaltirish hamda umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlariga va maktabdan tashqari taʼlimga qoʻyiladigan davlat taʼlim talablariga muvofiq xalq taʼlimi muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish hamda oʻquvchilarga kasb-hunarga yoʻnaltirishda metodik rahbarlik qilish taʼlim muassasalarida bino va inshootlardan samarali foydalanish ishlarini muvofiqlashtirish va monitoringini olib borish
Rahbariyat Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin kiritilgan Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi. Vazir oʻz maqomiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosi hisoblanadi. Vazirning besh nafar oʻrinbosari, jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi. Vazirning birinchi oʻrinbosari va boshqa oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi. +№LavozimF. I. Sh1.VazirEʼzozxon Gapirjanovna Karimova2.Vazirning birinchi oʻrinbosariShin Agrippina Vasilyevna3.Vazirning birinchi oʻrinbosariSharifxodjayev Usman Ulfatovichframeless|84x84px4.Vazir oʻrinbosariBegimqulov Uzoqboy Shoimqulovichframeless|84x84px5.Vazir oʻrinbosariKenjayev Dilshod Mutalibovich6.Vazir oʻrinbosariKomilov Temurjon Kalandarovich Vazirlik huzuridagi Respublika tashkilotlari Abdulla Avloniy nomidagi Xalq taʼlimi muammolarini oʻrganish va istiqbollarini belgilash ilmiy-tadqiqot instituti
Respublika taʼlim markazi
Psixologik-pedagogik Respublika tashxis markazi
Respublika bolalar kutubxonasi
Innovatsiya, texnologiya va strategiya markaziDUK
Respublika „Barkamol avlod“ bolalar maktabi
Maktabgacha taʼlim agentligi
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi
Vazirlik tizimida muhim sanalar va hujjatlar