Muslima Ulugʻbek qizi Odilova (tugʻ. 1998-yil 20-iyun, Andijon, Andijon viloyati, Oʻzbekiston) — oʻzbekistonlik para suzuvchi. Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2016-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari kumush medali sovrindori, 2020-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari ishtirokchisi va 2024-yilgi Yozgi Paralimpiada oʻyinlari bronza medali sovrindori.

Biografiyasi Muslima Odilova 1998-yil 20-iyun Andijon viloyatida tugʻilgan. Andijon davlat universitetini tamomlagan.

Faoliyati Sakkiz yoshida Andijonda suzish bilan shugʻullanishni boshlagan.

2016-yilda Rio-de-Janeyroda (Braziliya) boʻlib oʻtgan yozgi Paralimpiya oʻyinlarida S13 klassida 100 metr va 50 metr masofaga batterflay usulida suzishda ikkita kumush medalni qoʻlga kiritgan. Xuddi shu oʻyinlarda 100 metr masofaga suzishni muvaffaqiyatsiz amalga oshirgan.

2016-yil Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Farmoni bilan Muslima Odilovaga „Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi“ unvoni berilgan.

2021-yilda Tokioda (Yaponiya) boʻlib oʻtgan Yozgi Paralimpiya oʻyinlarida 100 metr masofaga batterflay usulida suzishda toʻrtinchi oʻrinni egallagan va musobaqaning final bosqichiga chiqa olmagan.

Mukofotlari „Jasorat“ medali (2024-yil)

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston para-suzuvchilari Turkum:Andijon davlat universiteti bitiruvchilari Turkum:Paralimpiyachi ayollar Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik kumush medal sohiblari Turkum:Paralimpiada oʻyinlaridagi oʻzbekistonlik bronza medal sohiblari