Dua Lipa (1995-yil 22-avgustda tugʻilgan) ingliz qoʻshiqchisi, qoʻshiqnavisi va modelidir. Lipa koʻplab yutuqlarga, jumladan olti marta Brit, uch marta Grammy, ikki marta MTV Europe Music Awards, bir marta MTV Video Music Award, ikki marta Billboard Music Awards, bir marta American Music Awardga sazovor boʻlgan, ikki marta Guinness rekordlar kitobiga kiritilgan.

Model oʻlaroq faoliyatidan soʻng, u 2014-yilda Warner Bros. Records studiyasi bilan shartnoma imzoladi hamda 2017-yilda eponimik debyut albomini chiqardi. Albom UK Albums Chartda uchinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albomga kiritilgan yetti singldan ikkitasi — „Be the One“ va „IDGAF“ singllari UK Singles Chart hit-paradida yuqori pogʻonalardan oʻrin oldi. Albomdagi „New Rules“ singli Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQSh hit-paradlarida esa oltinchi pogʻonaga koʻtarildi. Albom umumjahon boʻylab koʻplab mamlakatlarda platina sertifikatini oldi hamda 2018-yilda Lipaga ikkita Brit mukofotini keltirdi.

Uning 2018-yilda Calvin Harris bilan birga ijro etgan „One Kiss“ ashulasi Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarildi va mamlakatda shu yil eng uzoq vaqt birinchi oʻrinda qolgan singlni ijro etgan ayol artistga aylandi, hatto buning uchun 2019-yilda „Yil qoʻshigʻi“ nominatsiyasida Britga sazovor boʻldi. 2019-yilda u „Eng yaxshi yangi artist“ va „Eng yaxshi raqs qaydi“ (Silk City bilan birga ijro etilgan „Electricity“ ashulasi uchun) nominatsiyalarida Grammy mukofotiga loyiq koʻrildi. Shu yilning oxirida, Lipa ikkinchi studiyaviy albomining asosiy singli oʻlaroq „Don't Start Now“ ashulasini omma eʼtiboriga taqdim etdi. AQSh va Buyuk Biritaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga, AQShning yil oxiridagi hit-paradlarida esa toʻrtinchi pogʻonaga koʻtarilgan ushbu qoʻshiq 2020-yilda AQShda ayol xonanda ijrosidagi tijoriy jihatdan eng muvaffaqiyatli boʻlgan ashula boʻldi. Uning keyingi singllari boʻlmish „Levitating“, „Physical“ va „Break My Heart“ ashulalari ham hit-paradlarda yuqori oʻntalik safiga kirdi.

Lipaning 2020-yilda chiqarilgan ikkinchi studiyaviy albomi — Future Nostalgia tanqidchilar tomonidan xush qarshilandi. Albom „Yil albomi“, „Yil yozuvi (zapisi)“ va „Yil qoʻshigʻi“ kabi nominatsiyalarni oʻz ichiga olgan oltita Grammy mukofotlariga nomzod boʻldi va bu albom Lipaning Buyuk Britaniya hit-paradlarida birinchi pogʻonaga koʻtarilgan ilk albomi boʻldi. Albom 2021-yilgi Britni topshirish marosimida Britan ayol solo artisti va Yil albomi mukofotlarini qozonishida Lipaga yordam berdi. U koʻplab yutuqlarga, jumladan Time 100 Next roʻyxati (2021) dan oʻrin olishga sazovor boʻlgan.

Diskografiyasi

2017: Dua Lipa 2020: Future Nostalgia 2024: Radical Optimism

Filmografiyasi 2022: Argylle

Turnelari Hotter Than Hell Tour (2016) US and Europe Tour (2017) The Self-Titled Tour (2017-2018) Future Nostalgia Tour (2022)

Mukofot va nomzodliklari Yil Tashkilot Mukofot Nomzod oʻlaroq koʻrsatilgan ishi Natija 2016 BBC Sound of… 2016 Oʻzi rowspan="3" MTV Europe Music Awards Best Push Act Popjustice £20 Music Prize Best British Pop Single „Hotter Than Hell“ 2017 Eurosonic Noorderslag European Border Breakers Awards: United Kingdom Oʻzi Public Choice Best Newcomer of the Year Brit Awards Critics' Choice NME Awards Eng yaxshi britan ayol artisti Eng yaxshi yangi artist SCTV Music Awards Young and Promising International Artist Glamour Awards Next Breakthrough Teen Choice Awards Choice Breakout Artist BBC Radio 1’s Teen Awards Eng yaxshi britan solo artisti Eng yaxshi singl „New Rules“ MTV Europe Music Awards Best UK & Ireland Act Oʻzi Best New Act Best Look Telehit Awards Emerging Artist in Networks UK Music Video Awards Best Pop Video — UK „New Rules“ VEVO Must See Award BAMA Music Awards BAMAʼs Best Video Urban Music Awards Best Pop Act Oʻzi BBC Music Awards Album of the Year Dua Lipa The Beano Awards Pop Song of the Year „New Rules“ 2018 Wish 107.5 Music Awards Wishclusive Performance of the Year by an International Artist „Blow Your Mind (Mwah)“ Global Awards Best Song „New Rules“ Best FemaleOʻzi Rising Star Award Best Pop Brit Awards MasterCard British Album of the Year Dua LipaBritish Breakthrough ActOʻziBritish Female Solo Artist British Single of the Year „New Rules“British VideoGaygalan Awards International Song of the Year iHeartRadio Music Awards Eng yaxshi musiqiy video WDM Radio Awards Best Bass Track „Scared to Be Lonely“ Eng yaxshi vokalist Oʻzi

Manbalar

Havolalar

Turkum:1995-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Ingliz qoʻshiqchilari Turkum:Ingliz modellari Turkum:Angliyalik aktrisalar Turkum:Grammy mukofoti sovrindorlari Turkum:Brit mukofoti sovrindorlari Turkum:LGBT huquqlari faollari Turkum:Alifbo boʻyicha aktrisalar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqchilar