Shuhrat Mirusmanovich Maqsudov (1970-yil 14-sentyabrda, Toshkentda tugʻilganhttps://www.national-football-teams.com/player/19165/Shuhrat_Maqsudov.html) — oʻzbekistonlik futbol murabbiyi va sobiq futbolchi, hujumchi pozitsiyasida oʻynagan. Futbolchilik faoliyatini katta qismini Toshkentning „Paxtakor“ va Fargʻonaning „Neftchi“ klublarida oʻtkazgan.
Martaba
Futbolchi sifatida Shuhrat Maqsudov professional faoliyatini 1988-yilda Toshkentning „Paxtakor“ klubida boshlaganhttps://championat.asia/oz/news/osiyo-oyinlari-golibi-shuhrat-maqsudov-50-yoshga-toldi. 1989—1990-yillarda SKA-RShVSM (Angren, Toshkent viloyati) jamoasida oʻynagan. 1991-yilda „Paxtakor“ klubiga qaytib, 1996-yil oxirigacha Toshkent jamoasida oʻynagan. Bu vaqt ichida u jamoa yetakchilaridan biriga aylangan va 102 ta oʻyinda maydonga tushib, 51 ta gol urgan. Ushbu natijalar tufayli Maqsudov „Paxtakor“ klubining eng yaxshi toʻpurarlaridan biriga aylangan.
1997-yil boshida Shuhrat Maqsudov Fargʻonaning „Neftchi“ jamoasiga koʻchib oʻtgan va 2000-yilda futbolchilik faoliyatini aynan shu klubda yakunlagan. 1997—2000-yillarda „Neftchi“ safida 73 ta oʻyinda maydonga tushib, 30 ta gol urgan.
Terma jamoadagi faoliyati Shuhrat Maqsudov 1992—1997-yillarda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. 1994-yilda esa terma jamoa bilan birga Yaponiyaning Xirosima shahrida boʻlib oʻtgan yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etib, yozgi oʻyinlar futbol turnirida gʻolib chiqqan. Maqsudov terma jamoa safida jami 21 ta oʻyinda maydonga tushib, 11 ta gol urgan.
Murabbiy sifatidagi martaba Shuhrat Maqsudov futbolchilik faoliyatini yakunlab, 2001-yilda Fargʻonaning „Neftchi“ klubining oʻsha paytdagi bosh murabbiyi Yuriy Sarkisyanga yordamchi boʻldi. 2013—2015-yillarda Oʻzbekiston yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi boʻlganhttps://championat.asia/oz/news/shuhrat-maqsudov-terma-jamoalar-markazida-ish-boshladi. 2011—2015-yillarda Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi boʻlgan.
Yutuqlar
Oʻzbekiston chempioni: 1992-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1993-yil Oʻzbekiston kubogi sohibi: 1993-yil Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1996-yil Oʻzbekiston chempionati kumush medali sovrindori: 1997, 1998, 1999, 2000 Oʻzbekiston kubogi finalchisi: 1997, 1998; Oʻzbekiston terma jamoasi Osiyo oʻyinlari chempioni: 1994-yil
Shaxsiy
Oʻzbekiston chempionati toʻpurarlari orasida 3-oʻrin: 1993-yil Gennadiy Krasnitskiy klubi azosi: 123 ta gol
Davlat mukofotlari
"Shuhrat" medalihttps://lex.uz/docs/2362089
Manbalar
Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha futbolchilar Turkum:Shuhrat medali sohiblari Turkum:SSSR erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik erkak futbolchilari Turkum:Futbol assotsiatsiyasi hujumchilari Turkum:Paxtakor jamoasi futbolchilari Turkum:Neftchi (Fargʻona) futbolchilari Turkum:Sverdlovets klubi futbolchilari Turkum:Oʻzbekiston milliy terma jamoasi erkak futbolchilari Turkum:Oʻzbekistonlik futbol murabbiylari Turkum:Futbol boʻyicha Osiyo oʻyinlari sovrindorlari