Resident Evil: Welcome to Raccoon City () 2021-yilda katta ekranlarga chiqqan va Johannes Roberts tomonidan suratga olingan jangari va dahshatli janrdagi filmdir. Resident Evil filmlar seriyasining yettinchisidir. Film gʻoyasi Capcom nomli yapon shirkati tomonidan yaratilgan shu nomli videooʻyinga asoslangan. Filmda bosh rollarni ijro etganlar sirasiga Kaya Scodelario, Hannah John-Kamen, Robbie Amell, Tom Hopper, Avan Jogia, Donal Logue va Neal McDonough kirishadi.
Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmining umumjahon premyerasi 2021-yilning 19-noyabrida Parijdagi Grand Rex kinoteatrida boʻlib oʻtdi. Sony Pictures Releasing tarafidan 2021-yil 24-noyabrda AQSh kinoteatrlarida namoyish etildi. Film tanqidchilar tomonidan aralash baholandi, biroq uning videooʻyinga sodiqligi maqtovga sazovor boʻldi. Kartina umumjahon boʻylab $31 million daromad qildi. Syujeti
Claire Redfield va uning ukasi Chris Raccoon-Siti mehribonlik uyida yashovchi bolalardir. Claire Lisa Trevor ismli tajribalar tufayli tashqi qiyofasi buzilgan qiz bilan tanishadi va u bilan doʻstlashadi. Umbrella korporatsiyasidan doktor William Birkin ushbu mehribonlik uyini boshqaradi hamda undagi bolalardan oʻzining tadqiqotilari uchun tajriba oʻlaroq foydalanadi. Claire shu kabi tajribalardan birida ishtirok etish uchun tanlanganida Birkindan qochib ketishga muvaffaq boʻladi.
Rollarda Kaya Scodelario — Claire Redfield Hannah John-Kamen — Jill Valentine Robbie Amell — Chris Redfield Tom Hopper — Albert Wesker Avan Jogia — Leon S. Kennedy Donal Logue — Brian Irons Neal McDonough — William Birkin Lily Gao — Ada Wong Chad Rook — Richard Aiken Marina Mazepa — Lisa Trevor Janet Porter — Annette Birkin Holly De Barros — Sherry Birkin Sammy Azero — Enrico Marini Dylan Taylor — Kevin Dooley Nathan Dales — Brad Vickers Josh Cruddas — Ben Bertolucci Pat Thornton — yuk mashina haydovchisi
Tanqid Resident Evil: Welcome to Raccoon City filmi Metacritic kinotanqid saytida 44%,Resident Evil: Welcome to Raccoon City // Metacritic Rotten Tomatoes kinotanqid saytida esa 29% ijobiy baholandi.Resident Evil: Welcome to Raccoon City // Rotten Tomatoes.
Manbalar
Havolalar
Turkum:2021-yil filmlari Turkum:AQSh filmlari Turkum:Buyuk Britaniya filmlari Turkum:Kanada filmlari Turkum:Germaniya filmlari Turkum:Ingliz tilidagi filmlar Turkum:COVID-19 pandemiyasi sababli premyerasi qoldirilgan filmlar Turkum:AQSh jangari filmlari Turkum:Jangari filmlar Turkum:AQSh dahshatli filmlari Turkum:AQSH ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Buyuk Britaniya ilmiy-fantastik filmlari Turkum:Germaniya ilmiy-fantastik filmlari