Davlat Husniddin oʻgʻli Bobonov (tugʻ. 1997-yil 7-iyun, Nurota tumani, Navoiy viloyati) – oʻzbek dzyudochisi (90 kg vazn toifasida). 2022-yilgi dzyudo boʻyicha Jahon chempionati oltin medali sohibi, 2021-yilgi Jahon chempionati va Osiyo chempionnati medali sovrindori. 2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida bronza medali sovrindori. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.

Biografiyasi 1997-yilda Navoiy viloyatining Nurota tumanidagi Chuya qishlogʻida tugʻilgan.

Samarqand viloyati ixtisoslashtirilgan sport maktab-internati, Samarqand davlat universitetida tahsil olgan. Murabbiy Nurali Qobilov.

Faoliyati 2020-yilda Dyusseldorfda boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turkumiga kiruvchi musobaqada finalda ukrainalik sportchi Kedjau Nyabali ustidan gʻalaba qozongan.

2021-yilda Bishkekda (Qirgʻiziston) boʻlib oʻtgan Osiyo chempionatida 90 kg vazn toifasida finalda yaponiyalik sportchi Syoitiro Mukayani magʻlub etib, chempionlik unvoni qoʻlga kiritgan.

2021-yilda Budapeshtda (Vengriya) boʻlib oʻtgan Olimpiya oʻyinlari oldidan Jahon chempionatida u 90 kg vazn toifasida finalda ispaniyalik dzyudochisi Nikoloz Sherazadishviliga imkoniyatni boy berib, kumush medalni qoʻlga kiritdi.

2022-yil 10-oktyabr kuni Toshkent shahridagi „Humo Arena“ sport saroyida boʻlib oʻtgan dzyudo boʻyicha jahon chempionatining erkaklar oʻrtasida 90 kilogrammgacha boʻlgan vazn toifasidagi final bellashuvida Davlat Bobonov italiyalik raqibi Kristian Parlatini yengib, oltin medalni qoʻlga kiritdi. Taqdirlash marosimida Davlat Bobonov (oltin), Kristian Parlati (kumush), gruziyalik Lasha Bekauri va Luka Maysuradzega (bronza) medallariga sazovor boʻldi. Medallarni Shavkat Mirziyoyev topshirdi.

Davlat Bobonov 2024-yilning 31-iyul kuni Parijdagi Yozgi Olimpiada oʻyinlarida 1/32 finalda BAA vakili Aram Grigoryandan magʻlubiyatga uchradi.

Unvon va mukofotlari «Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi» faxriy unvoni

Manbalar

Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Alifbo boʻyicha sportchilar Turkum:2020-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak dzyudochilar‎ Turkum:Oʻzbekistonning Olimpiada oʻyinlarida bronza medali olgan sportchilari Turkum:2024-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridagi dzyudochilar