"Negizlar" (yunoncha Στοιχεῖα; lotincha Elementa) - Qadimgi yunon olimi Yevklid tomonidan taxminan miloddan avvalgi 300-yilda Geometriya va Sonlar nazariyasiga bag'ishlab yozilgan risola. Asar antik matematikaning cho'qqisi, uning uch yuz yillik rivojlanishi natijasi va keyingi tadqiqotlar uchun asos bo'lib xizmat qilgan. "Negizlar", Pitanlik Avtolikning sohaga oid ikkita asari bilan birga Antik davrdan bizgacha yetib kelgan risolalardan eng qadimgilari hisoblanadi. Yevkliddan oldingi barcha olimlarning shu sohadagi qarashlari keyinroq yashagan olimlarning izohlari orqali yetib kelgan.
"Negizlar" Eng yangi davrga qadar matematika rivojiga ulkan hissa qo'shgan, zamonaviy ilmiy jamoatchilik asarning yuqori intellektual darajasi va fundamental ahamiyati bugungi kun fanida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb hisoblaydi."Mazkur qiziqarli asar insoniyatga keyingi rivojlanishi davomida zarur boʻlgan ishonch tuyg'usini tuhfa etgan. Yoshligida mazkur asardan zavqlanmagan kishi nazariy tadqiqotlar qilish uchun tug'ilmagandir." Эйнштейн А.. Физика и реальность. М.: 1965, c. 62. Kitob jahonning ko'plab tillariga tarjima qilingan, bu borada "Negizlar" dunyoviy kitoblar orasida tengsiz mavqega egadir.
Mazmuni
Birinchi kitob Birinchi kitob ta'riflar bilan boshlanib, quyida ulardan dastlabki yettitasini keltiramiz:
thumb|Yevklid postulatlari
Manbalar