Duolingo, Inc. (djuːoʊˈlɪŋɡoʊ) – xorijiy tillarni oʻrgatuvchi veb-sayt va mobil ilova boʻlib foydalanuvchilar oraliq takrorlash yordamida soʻz boyligi, grammatika va talaffuzni mashq qilish uchun oʻziga xos „koʻnikmalarga“ ega boʻlgan holda maqsadli tillariga moslashtirilgan „tarmoqlardan“ foydalangan holda oʻrganadilar. Koʻnikmalar doirasidagi mashqlar yozma tarjima, oʻqishni tushunish, nutqni tushunish va qisqa hikoya mashqlarini oʻz ichiga olishi mumkin. 2021-yil iyun holatiga koʻra, Duolingo 40 tilda 103 xil til kurslarini taklif etmoqda (biroq hali oʻzbek tili mavjud emas)„S-1 Filing“. www.sec.gov.. Duolingo platformasining 500 milliondan ortiq roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari borLeón, Riley de (19-noyabr 2020-yil). „The education app that is making equals of Bill Gates and the world’s masses“. CNBC..

Kompaniya freemium (bepul foydalanish) modelidan foydalanadi: ilova va veb-saytga bepul kirish mumkin. Biroq Duolingo ham haq evaziga premium (ayrim afzalliklar qoʻshilgan pullik xizmatlar) xizmatni taklif qiladi.

Tarixi Duolingo gʻoyasi 2009-yil oxirida Pitsburg (Pensilvaniya, AQSH)da Karnegi Mellon universiteti professori Luis fon Ahn va uning shogirdi Severin Hacker tomonidan ilgari surilganSiegler, MG (12-aprel 2011-yil). „Meet Duolingo, Googleʼs Next Acquisition Target; Learn A Language, Help The Web“. TechCrunch.. Von Ahn oʻzining ikkinchi kompaniyasi reCAPTCHA xizmatini Googlega sotgan va Hacker bilan birga taʼlim bilan bogʻliq xizmatni tuzish ustida ish boshladi„Luis Von Ahnʼs answer to What made Luis Von Ahn start Duolingo? – Quora“. www.quora.com. . Buning sababi Von Ahnning Gvatemalada unib oʻsganligi uning jamiyatidagi odamlarga ingliz tilini oʻrganish qanchalik qimmat ekanligi bunga turtki boʻlgan. Shveytsariyada tugʻilgan Hacker (Duolingo asoschisi va hozirgi texnik direktori) „bepul taʼlim haqiqatan ham dunyoni oʻzgartiradi“ deb ishongan va odamlarga buning uchun imkoniyat yaratmoqchi ediOlson, Parmy. „Crowdsourcing Capitalists: How Duolingoʻs Founders Offered Free Education To Millions“. Forbes..

Loyiha dastlab Luis fon Ahnning MakArtur stipendiyasi va Milliy fan fondi granti tomonidan homiylik qilingan.

Manbalar

Turkum:Duolingo