Xojaniyaz biy tas madrasasi (Tas madrasa; ; ) — arxitektura yodgorligi. Qoraqalpogʻistonning Amudaryo tumani Qipchoq OFYda joylashgan.
Madrasa oʻzbek hukmdori Olloqulixon davrida (1825—1842) Qipchoq shahri hokimi Xojaniyaz biy mablagʻlari evaziga eski masjid-madrasa oʻrnida pishiq gʻishtdan 40 kishiga moʻljallab 1841-yili bunyod etilgan. Unda 1 ta mudarris ilm bergan. Turkiston general-gubernatorligi davrida unda 20—30 nafar talaba taʼlim olgani haqida maʼlumotlar saqlanib qolgan. Bu davrda madrasadan xalq qozilari va koʻpgina bilimli kishilar yetishib chiqishgan.
Madrasa hozir davlat muhofazasiga olingan — Oʻzbekiston moddiy va madaniy meʼrosining koʻchmas mulk obyektlari milliy roʻyxatiga kiritilgan.
Manbalar
Adabiyotlar
Turkum:XIX asrda qurilgan madrasalar Turkum:1841-yilda qurilgan madrasalar Turkum:Qoraqalpogʻiston madrasalari Turkum:Qoraqalpogʻiston meʼmoriy yodgorliklari