Deadline Hollywood (boshqa nomlari – Deadline, Deadline.com) onlayn yangiliklar vebsaytidir. 2006-yilda Nikki Finke tomonidan Deadline Hollywood Daily nomli yangiliklar blogi sifatida asos solingan. Sayt kuniga bir necha marotaba yangilanib, asosan koʻngilochar mavzudagi yangiliklarni yoritib boradi. 2009-yildan beri ushbu veb-sayt Penske Media Corporation brendi hisoblanadi.

Tarixi Deadline 2002-yil iyun oyida Nikki Finke tomonidan asos solingan, shuningdek u LA Weekly haftalik gazetani ham yuritgan. U 2006-yil mart oyida Deadline Hollywood Daily (DHD) blogini oʻz gazetasining onlayn versiyasi sifatida yaratgan. U 2006-yilda uni koʻngilochar savdo veb-sayti sifatida rasman ishga tushirgan. Sayt 2009-yilga kelib Hollywudning eng koʻp kuzatiladigan veb-saytlaridan biriga aylangan. 2009-yilda Finke Deadlineni Penske Media Corporationga (keyinchalik „Mail.com Media“ deb atalgan) sotgan. Bundan tashqari, unga „Los Angeles Times“ gazetasi tomonidan „million dollar“ deb baholangan besh yillik mehnat shartnomasi hamda sayt daromadining bir qismi berildi. 2009-yil sentyabr oyida saytning URL manzili deadline.com ga oʻzgartirildi va sayt nomi „Deadline Hollywood“ga almashtirildi.

Ushbu yangiliklar nashri 2010-yilda Nyu-York boʻylab keng tarqalgan. Bu kengayish Variety jurnali muxbiri Mike Fleming Jr.ni Nyu-York muharriri sifatida, Financial Times muharriri Tim Adlerni „Deadline“ning Londondagi rahbari sifatida va Nellie Andreevani saytning televideniye boʻlimida „Tlevideniya boʻyicha bosh muharrir“ lavozimlariga tayinlash bilan amalga oshirilgan. Finke 2013-yil noyabr oyigacha Deadline Hollywood muharriri sifatida faoliyat yuritgan. U oʻzi va Penske Media Corporation kompaniyasi oʻrtasidagi kelishmovchilikdan soʻng oʻz lavozimini tark etgan. Keyinchalik Penske Media Corporation raqobatdosh savdo jurnali va veb-sayti boʻlgan Varietyni sotib olgan..

Manbalar

Havolalar

Deadline Hollywood PMCda

Turkum:Veb-saytlar