Ratchet & Clank 2 (Ratchet & Clank: Going Commando) 2003-yili chiqarilgan 3D platformer janridagi videooʻyin boʻlib, Insomniac Games shirkati tomonidan ishlab chiqarilgan va Sony Computer Entertainment tomonidan nashr etilgan. PlayStation 2 uchun moʻljallangan. Ratchet & Clank videooʻyinlar franshizasining ikkinchisidir.

Oʻyin ikki qahramonning fazo boʻylab qilgan sarguzashtlari haqida hikoya qiladi: Ratchet — koinotdagi Lombax turining soʻnggi vakillaridan biri — va Clank — kichik robot va koʻplab texnik xususiyatlarga ega va yaxshigina yumor tuygʻusiga sohib Ratchetning doʻsti.

2007-yil 30-iyun holatiga koʻra, ushbu videooʻyin umumjahon boʻylab deyarli 3 million nusxada sotildi.

Reyting

Ratchet & Clank 2 videooʻyin tanqidchilari tomonidan ijobiy baholandi.

Manbalar

Havolalar

Ratchet & Clank 2 MobyGames saytida

Turkum:Videooʻyinlar Turkum:Ratchet & Clank