Familia kubalik-amerikalik qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis Camila Cabelloning uchinchi studiyaviy albomidir. 2022-yilning 8-aprelida Epic Records leybli tomonidan eʼlon qilingan. Cabello albomni 2020- va 2021-yillar oraligʻida, koronavirus pandemiyasi paytida produserlar — Mike Sabath, Ricky Reed va Cheche Alara bilan birga yozgan.
Albomdan avval ikki singl ommaga taqdim etildi: birinchisi, „Donʼt Go Yet“ singli boʻlib, bu ashula koʻplab mamlakatlar musiqiy chartlariga kirdi, Billboard Hot 100 chartida esa qirq ikkinchi oʻrinni egalladi. Keyingisi, „Bam Bam“ singli boʻlib, ushbu ashula ingliz qoʻshiqchisi va qoʻshiqnavisi Ed Sheeran bilan birga ijro etilgan. Familia albomida Cabello Willow, María Becerra va Yotuel kabi xonandalar bilan duet ham ijro etgan.
Trek-list
Reliz tarixi + Hudud Sana Format Leybl Turli davlatlar 8-aprel 2022-yil Epic
Manbalar
Turkum:2022-yil albomlari Turkum:Camila Cabello albomlari