Adelaide () – Avstraliyadagi kema qatnovi joylashgan daryo hisoblanib, mamlakatning shimoliy hududi orqali oqib oʻtadi. Daryo Darvin shahridan 50 km shimoli-sharqda joylashgan Timor dengiziga quyiladi . Uning uzunligi – 180 km ni tashkil etadiSteve Parish: Australian Touring Atlas. Steve Parish Publishing, Archerfield QLD 2007. ISBN 978-1-74193-232-4. S. 95.

U ikki daryoning qoʻshilishidan hosil boʻlgan boʻlib, mutlaq balandligi 149 metrni tashkil etadi. Adelaide daryosi Adelaide-River nomli kichik shaharchani oʻz ichiga oladi.

Adelaide daryosi Jon Lort Stoks va L. R. Fitsmoris tomonidan 1839-yilda Beagle kemasida Shimoliy hudud qirgʻoqlarini oʻrganish boʻyicha tadqiqot oʻtkazayotgan vaqtida kashf etilgan. Sayohatchilar daryoni Britaniya qiroli Uilyam IV ning rafiqasi Adelaid Saksen-Mayningen sharafiga nomlashgan. Keyinchalik, 1862-yilda John McDouall Stuart tomonidan ushbu daryo qayta oʻrganilgan .

Tuproqning unumdorligi yuqori boʻlganligi sababli, 1881-yilda koʻchmanchilar sugʻoriladigan dehqonchilikka oʻtib, qahva, shakarqamish, kauchuk yetishtirishga harakat qilishgan. Biroq 1886-yildagi noqulay iqlim sharoiti tufayli ushbu hudud tashlab ketilgan. 1954-yilda sholi yetishtirishga urinib koʻrishgan, ammo barcha harakatlar muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Undan tashqari ushbu daryoda zaharli ilonlar mavjud.

Daryo subekvatorial zonada joylashganligi sababli, unda ikki mavsum mavjuddir, ular: quruq va nam. Quruq mavsumda daryo yuqori oqimlarda quriydi, quyi oqimlarda aksincha, sayoz boʻladi va nam mavsumda tropik yomgʻir tufayli daryoga suvlar quyiladi.

Manbalar

Adabiyotlar Adelaida, reka // Ensiklopedicheskiy slovar Brokgauza i Yefrona : v 86 t. (82 t. i 4 dop.). – SPb., 1890—1907.

Turkum:Avstraliyadagi daryolar