Shupelka (, serboxorv. shupelka) — bolgar choʻponlarining yarim koʻndalang fleytasi. Kavalning kichik bir turi. Ushbu cholgʻu asbobi Bolqon mintaqasining boshqa mamlakatlarida, jumladan Makedoniya, Serbiya va Gretsiyada ham keng tarqalgan.

Tavsifi Mazkur cholgʻu asbobi — boʻylama fleyta boʻlib, kalta yogʻoch dastak va 6 ta kuy chalish teshigiga ega, shu jihatlari bilan xromatik diagonal kaval fleytasiga oʻxshaydi. Cholgʻu asbobining uzunligi 24 sm dan 35 sm gacha oʻzgarishi mumkin.

Asbob yongʻoq, qizil, shumtol yoki zarang daraxtining yogʻochidan tayyorlanadi.

Shupelka tovush jihatidan xromatik shkalani (ikki oktava) qamrab oladi, pastki oktavaning birinchi notasi bundan mustasno . Shupelka pastki registrda mayin va yoqimli ovoz beradi, yuqori registrda esa tovush keskin va quloqni teshadigan, biroz shipillovchi tembrga ega boʻladi.

Havo kiradigan yuqori teshikning chetlari tor va oʻtkirdir.

Shupelkaning old tomonida oltita teshik mavjud, bundan tashqari, cholgʻu asbobining yettita teshikli namunalari ham bor.

Asbobning nomi makedoncha „shupliv“, yaʼni „ichi boʻsh“ degan soʻzdan kelib chiqqan. Shuningdek, ushbu cholgʻu asbobining Tunis va Jazoirda keng tarqalgan gasba — puflab chalinadigan va yogʻochdan ishlanadigan arabcha cholgʻu asbobi bilan umumiy jihatlari mavjud.

Shupelka yaxlit korpus qismiga ega va uni sozlash shart emas.

Shupelka chalish vaqtidagi klassik holat — har bir qoʻlning uchta oʻrta barmogʻi teshiklar ustiga joylashadi, asbob vertikal holatda 45 ° burchak ostida turadi. U yakkaxon improvizatsiyalar uchun ham, instrumental orkestrlar tarkibida ham qoʻllanadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Havolalar