Actaeus () – qadimgi yunon mifologiyasidagi personaj. Attikadagi birinchi qirolPavsaniy. Opisanie Elladi I 2, 6. U Forbantning zamondoshi ediKliment Aleksandriyskiy. Stromati I 103, 2. Aglavraning otasi, Kekrops I ning qaynotasiPsevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka III 14, 2; Pavsaniy. Opisanie Elladi I 5, 3. Qadimda Attika Akta va Aktika deb atalganStrabon. Geografiya IX 1, 3 (str.391). Miken matnlarida a-ka-ta-jo nomi mavjud (ehtimol Actaeus)Predmetno-ponyatiyniy slovar grecheskogo yazika. Mikenskiy period. – L., 1986. – S. 65.

Actaeus ismini Telamonning otasi ham olgan (Ferekidlar fikricha)Psevdo-Apollodor. Mifologicheskaya biblioteka III 12, 6.

Tarif Yunon mifologiyasida Actaeus (/ækˈtiːəs/; qadimgi yunoncha: Ἀκταῖος, maʼnosi – „sohil odami“)Hard, p. 365., Actaeon deb ham atalgan. Pausaniasning yozishicha, u Attikaning birinchi shohi boʻlganPausanias, 1.2.6.

Afsona Afsonaga koʻra, Actaeus Attika qirolligini boshqargan deb aytiladi, u oʻsha paytda Akte (Ἀκτή, Akte) yoki Aktika degan nomlar bilan atalgan.

Qadimgi Paros xronikasida aytilishicha, Actaeus oʻzidan keyin bu oʻlka Aktike deb atalgan, keyinchalik esa qirol Sekrop tomonidan hudud nomi Sekropiya deb oʻzgartirilgan. Keyinchalik esa Attika nomi bilan mashhur boʻlgan.

Boshqa bir rivoyatga koʻra, Attika oʻz nomini Afina taxtiga Sekropdan keyin chiqqan qirol Kranaosning qizi Atthis nomidan olgan.

Actaeus (Paros xronikasiga koʻra, miloddan avvalgi 1582-yildan oldin) Kadmning nevarasi boʻlgan Aktayon (Paros xronikasiga koʻra, miloddan avvalgi 1519-yil) bilan bir shaxs emas.

Aktayon yunon mifologiyasidagi yana bir qahramon boʻlib, u Artemidani choʻmilayotgan paytda koʻrib qolgan. Artemida uni bugʻuga aylantirgan, soʻngra oʻzining ovchi itlariga yem qilgan.

Oilasi Qirol Actaeusning toʻrtta qizi boʻlgan: Aglaurus, Erse, Pandrosos va Fenika. Dastlabki uch qizi farzandli boʻlgan. Toʻrtinchi qizi Fenika esa bokira holda vafot etgan.

Qirol Actaeusning rafiqasi haqida esa maʼlumotlar aniq emas.

Vizantiyalik Suda Lexicon soʻzlariga asoslangan holda, qadimgi yunon tarixchisi Mitilenelik Skamon shunday yozgan: Actaeus bokira holda vafot etgan qizi Fenikaning sharafiga finikiyaliklarning harflariga nom berganSuda, s.v. Phoenician letters with the authority of Skamon in his second book on Discoveries. Paleontologiya Actaeus armatus – Oʻrta Kembriy davriga (taxminan 505 million yil oldin) mansub boʻlgan artropod boʻlib, u Burgess slanetsidan topilgan. Bu tur yunon mifologiyasidagi Qirol Aktay (Actaeus) sharafiga shunday nomlangan.

Manbalar

Turkum:Mifologiya Turkum:Qadimgi yunon afsonalari qahramonlari Turkum:Afina va Attika shohlari Turkum:Mifologik qahramonlar