Çobanoğlu Mahmud Bey — 1292-yilda Çobanoğulları bekligining uchinchi beki Muzaffereddin Yavlak Arslan Rükneddin Kılıçarslan tomonidan oʻldirilganidan soʻng, beklik taxtiga Mahmud Bey oʻtirdi. Mahmud Bey 1292-1309-yillarda Çobanoğulları bekligida hukmdorlik qildi. Hukmdorligi Mahmud Bey humkronligi davrida ham Vizantiya imperiyasi hududiga kichik-kichik hujumlar amalga oshirilib turilgan. Ushbu hujumlarni amalga oshirishdagi asosiy katta ishni Mahmud Beyning ukasi Ali Bey bajargan. Ushbu hujumlar davomida Ali Bey Sakarya daryosidan ham yuqori hududlarni egallagan, ammo keyinchalik Vizantiya bilan tinchlik shartnomasi imzolaganYücel, Yaşar (1980). a.g.e, syf. 49.. Bu kelishuv bilan Ali Beyning yonidagi turkmanlar kun sayin obroʻsi ortib borayotgan va Çobanoğullarıga itoatda ekanligi daʼvo qilingan, uch beyi sifatida oʻz davlatini qurishga harakat qilayotgan Usmonbey atrofida birlasha boshlaganlar.

1309-yilda asos solinganligiga koʻp boʻlmagan Candaroğulları bekligi beki Süleyman Bey I Kastamonuga hujum uyushtirib, Mahmud Beyni oʻldiradi. Shundan soʻng, Çobanoğulları bekligi Candaroğulları bekligiga qoʻshib olinadi va tarix sahifasida oʻchiriladiYücel, Yaşar (1980). a.g.e, syf. 58..

Manbalar

Turkum:Çobanoğulları bekligi Turkum:Kastamonu tarixi Turkum:13-asr Usmoniylar imperiyasidan boʻlgan shaxslar