Sergey Denisenko — oʻzbekistonlik alpenist. Oʻzbekiston alpinistlar federasiyasi aʼzosi.
Tarjimai hol Sergeyning otasi alpinist. Shimoliy Kavkaz, Pomir, Tyan-Shanda bir qancha choʻqqilarni zabt etgan. Onasi geografiya oʻqituvchisi boʻlgan. Sergey Denisenko bolaligidan togʻlarga qiziqqan va alpinist boʻlishni orzu qilgan.
2007-yilda oʻz reklama agentligini ochadi, sanoat alpinisti yoʻnalishida ish yurgʻizadi. Toshkentdagi eng baland binolardan biri — 21 qavatli Hilton mehmonxonasidagi hariflarni aynan u oʻrnatgan.
Zabt etgan choʻqqilari Denisenko alpinistlik faoliyati davomida quyidagi choʻqqilarga chiqgan: 3720 metrlik Xoʻjagʻor Gʻorota 2310 metrlik Diplomat choʻqqisi 3267 metrlik Qizilnur 3099 metrlik Oxotnichiy choʻqqisi 3555 mertlik Boboytogʻ 3309 metrlik Katta Chimyon 6476 metrlik Mera choʻqqisi
thumb|left| Segrey Denisenko Everest choʻqqisida Everest ekspedisiyasi
2021-yil 11-aprel kuni Nikita Balanov guruhi tarkibida „Kuluar“ jamoasi bilan uning Everestga ekspedisiyasi boshlanadi. 1-iyun kuni alpinist Himoloy togʻ tizmasining dengi aithasidan 8848 metr balandlikda joylashgan eng yuqori choqqisini zabt etib Oʻzbekiston Respublikasining bayrogʻini oʻrnatadi. Sergey Denisenko oʻz yutugʻini mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlaydi.
Oʻzbekiston Respeblika prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 8-iyun kuni dunyodagi eng baland „Everest“ choqqisini zabt etib, unda davlat bayrogʻini koʻtargan qahromon alpinist Serger Denisenkoni „Oʻzbekiston iftixori“ faxriy unvoni va „Trailblazer“ avtomobili bilan mukofotladi.https://www.gazeta.uz/oz/2021/06/08/everest/ Manbalar