Fritters — xamir magʻzi toldirilib, qovurib pishirilgan pazandachilik mahsuloti. Pishiriqlar ichini toʻldirishda meva, sabzavot, goʻsht, dengiz mahsulotlari ishlatiladi. Koʻpincha nonushtada yeyiladi, shuningdek, maktab taomnomalarida, koʻcha taomlari sifatida, shirin namunalari — shirinlik sifatida tortiladi. Rus va ukrain oshxonalarida mashhur boʻlgan pishiriqlar xamir tarkibi va magʻzi toʻldirilishi bilan farqlanadi.

Kelib chiqishi Fritters ogʻir taom hisoblansa-da, asrlar davomida tayyorlanadi va aholi orasida mashhur. Qadim zamonlardan beri xamirga goʻsht va baliq boʻlaklari, sabzavotlar, ildizmevalar, ziravorlangan koʻkatlar, pastırma kubiklari va hatto xushboʻy gullar solib qovurilgan. XVII asrda ismaloq barglari, salat barglari, uzum barglari, yosh artishoklar solib xamirda qovurilgan taomlar haqida eslatmalar paydo boʻlgan. Xamir yumshoqqina achishi uchun unga pivo yoki sharob bilan aralashtirilib qorilgan. Keyinchalik, xamirga alohida koʻpirtirib olingan tuxum oqlari ham qoʻshilgan.

Turlari Fritters asosan ikki usukda tayyorlanadi. Britaniya oshxonasida bu pishiriq kartoshka boʻlagi, ananas halqasi, olma boʻlagi, nok halqasi, noʻxat pyuresi solingan xamirning qovurilishini anglatadi. Maktab oshxonalarida shu usulda konservalangan vetchinalar ham tayyorlanadi. Ayni tayyorlash uslubi, koʻpincha, Osiyo oshxonasi, jumladan hind (pakora), xitoy, yapon (tempura) pazandachiligida koʻp qoʻllanadi. Qovoq, dengiz mahsulotlari, banan, tofu ichiga solinadigan masalliq sifatida ishlatiladi.

Qoʻshma Shtatlarda bu pishiriqlar odatda mayda toʻgʻralgan masalliqlar bilan aralashtirib tovada yoki frityurda qovuriladi. Eng mashhur reseptlarda xamirga olma, konservalangan makkajoʻxori va qovoq solinadi. Qisqichbaqali (krab) kotletchalar va molyuska qoʻshilgan pirojkalar ham Fritters hisoblanad. Avstraliyada makkajoʻxori fritterlari juda mashhur, Yangi Zelandiyada esa kichik baliqlar solinadi |серия=Fodor's New Zealand |год=2010 |isbn=978-1-4000-0841-4 |ссылка=https://books.google.com/books?id=kpJ7O_Y3IY4C&pg=PA53 |страницы=53 |ref=Bloom |язык=und |автор=Bloom, A.; Wechter, E.B.}}.

Tayyorlanishi Fritter xamiri odatda tuxum, sut va undan tayyorlanadi. Baʼzan un va suvdan chuchuk xamir yoki xamirturush qoʻshilgan xamir qoriladi. Bugʻdoy unidan tashqari, makkajoʻxori uni ishlatiladi.Glyutensiz pishiriq uchun guruch unidan xamir qoriladi. Xamir juda yumshoq ham, zich ham boʻlmasligi kerak. Koʻpchishi uchun uchun yumshatgich ishlatiladi, baʼzan fermentlangan ichimliklar koʻpirtirilgan tuxum oqiga qoʻshiladi.

Fritters 180 °C darajachaga qizdirilgan yogʻda qovuriladi. Pishirish jarayonida yogʻ sovib ketmasligi uchun kam-kamdan solinadi. Pishiriqning ikki tomoni 3-5 daqiqa qovuriladi, keyin ortiqcha yogʻ oqishi uchun salfetkaga qoʻyiladi. Fritters yangi qovurilgan issiqqina holatida mazali boʻladi, shuning uchun odatda pishirilgandan soʻng darhol isteʼmol qilinadi.

Manbalar

Adabiyotlar

Charles Sinclair. fritter // Dictionary of Food: International Food and Cooking Terms from A to Z. — Second Edition. — London: A & C Black, 2004. — P. 232. — 632 p. — ISBN 978-1-4081-0218-3. Erhard Gorys. Fritters // Das neue Küchenlexikon. Von Aachener Printen bis Zwischenrippenstück. — München: Deutscher Taschenbuch Verlag, 1997. — S. 160. — 599 S. — ISBN 3-423-36008-9. Turkum:Pages with unreviewed translations