thumb|1820-yilda Sin imperiyasi. Ichki Osiyo mintaqalari yashil (Tayvansiz) va pushti ranglarda ko'rsatilgan. Sin sulolasining Ichki Osiyodagi hukmronlgi XVII-XVIII asrlarda Ichki va tashqi Moʻgʻuliston, Manchuriya, Tibet, Sinxay va Shinjonni oʻz ichiga olgan Ichki Osiyo hududlariga Sin hukmronligining kirib borishi edi.

Harbiy harakatlar birinchi navbatda Shimoliy Yuan sulolasi (1636-yilgacha) va Jung'or xonligiga (1687—1758) qarshi olib borildi. Xitoyni zabt etishdan oldin manjurlar Manjuriya (hozirgi Shimoli-Sharqiy Xitoy va Tashqi Manchuriya) va Ichki Mo'g'ulistonni boshqaradigan Jin sulolasiga asos solishgan.

Uch feodator qo'zg'oloni bostirilib, Tayvan bosib olingandan so'ng, shuningdek, 1680-yillarda Xitoy-Rossiya chegarasidagi mojarolarga chek qo'yilgandan so'ng, Sinlarning Tashqi Mo'g'uliston, Tibet, Sinxay va Shinjonni zabt etishiga sabab bo`lgan Jung`or-Sin urushi boshlandi. Ushbu hududlarning barchasi Sin imperiyasining bir qismi sifatida Sin qo'shinlari tomonidan boshqarilsa-da, turli xil ma'muriy tuzilmalarThe Cambridge History of China: Volume 10, Part 1, by John K. Fairbank, p37 orqali boshqarilgan va mavjud ko`plab boshqaruv institutlarini saqlab qolgan. Qolaversa, ular muntazam viloyatlar sifatida emas, balki imperiyaning chegara hududlarini nazorat qiluvchi Sin hukumati agentligi Lifan Yuan tomonidan nazorat qilingan holda boshqarilgan.

Manjuriya thumb|1820-yilda Sin sulolasi tarkibidagi Manchuriya. Sin sulolasiga Xitoy aholisining katta qismini tashkil etuvchi Xan xitoylari tomonidan emas, balki Jurchen deb nomlanuvchi o'troq dehqon xalqi tomonidan asos solingan. Jurchenlar hozir Xitoyning Jilin va Heilongjiang provinsiyalari yashovchi tungus xalqi. Manjurlar davlatiga XVII asr boshlarida Szyanchjoudagi Aisin Gioro saroyida kichik Jurchen qabilasining boshlig'i Nurxachi tomonidan asos solingan. Asli Min imperatorlarining vassali boʻlgan Nurxachi 1582-yilda boshlagan qabilalararo nizolar yaqin atrofdagi qabilalarni birlashtirish jarayoniga aylanib ketdi. 1616-yilga kelganda o'zini Buyuk Jin xoni deb e'lon qilish uchun Szyanchjouni yetarlicha mustahkamladi. Ikki yil oʻtgach, Nurxachi “Yetti arz”ni eʼlon qildi va hamon Min imperatori bilan ittifoqdosh boʻlgan Jurchen qabilalarini birlashtirishni yakunlash maqsadida Minlarning hukmronligidan ochiqchasiga voz kechdi. Min va tashqi Manchuriyadagi turli qabilalarga qarshi bir qator muvaffaqiyatli yurishlardan so'ng, u va uning o'g'li Xong Tayji oxir-oqibat butun Manchuriyani nazorat ostiga oldi. Keyingi o'n yilliklar davomida Sinning Minni bosib olishi davrida Rossiya podsholigi Amur daryosining shimolidagi yerlarni egallashga harakat qildi. Bu holatga 1680-yillarda Sin tomonidan qarshilik ko`rsatildi, natijada 1689-yilda Nerchinsk shartnomasi tuzildi va bu yerlar Xitoyda qoldi. Biroq, XIX asrning o'rtalarida, tashqi Manjuriya Rossiya imperiyasi tomonidan Amurni qo'shib olish paytida bosib olindi. thumb|Mukden saroyining Chongjen zali Xan xitoylarining Manjuriyada yashashi taqiqlanadi, ammo bu qoidaga amal qilinmaydi va XIX asr boshlarida Xan xitoylari mintaqa shaharlarida ko'pchilik aholini tashkil qildi.

1668-yilda imperator Kansi hukmronligi davrida Sin hukumati sakkiz bayroqli qismlarga tegishli bo'lmagan odamlarning bu hududga kirishini taqiqlash to'g'risida qaror qabul qildi.

Biroq, Sinlar hukmronligi davrida xan xitoylarining Manchuriyaga noqonuniy va qonuniy ravishda ko`chib kelib, yerlarni hosil ekish uchun ijaraga olish jarayonlari davom etdi. Chunki Manjur yer egalari Xan xitoylik dehqonlarining o'z yerlarida ijaraga olishlari va g'alla yetishtirishlarini xohlashardi, shuning uchun aksariyat hollarda xan xitoylik muhojirlari yerlardan haydab chiqarilmadi. XVIII asrda xan xitoylari Buyuk devor va Buyuk Kanal bo`ylab Manchuriyadagi 500 000 gektar xususiy yerlarni va saroy a'yonlari va zodagonlar mulklari tarkibiga kiruvchi 203 583 gektar yerlarni ijaraga olib, ishlov berishdi. Bu vaqtga kelganda ijara yerlarda ishlovchi xitoyliklar aholining 80% ni tashkil etdi.Richards 2003, p. 141.

Xitoylik xan dehqonlari yerni qayta ishlash uchun Sin hukumati tomonidan Shimoliy Xitoydan Liao daryosi bo'yidagi hududga ko'chirildi.Reardon-Anderson 2000, p. 504. Xitoylik xan dehqonlari cho'l yerlarni o`zlashtirishlariga qo`shimcha ravishda Manjur yer egalaridan yerlarni ijaraga olib ham mehnat qildilar.Reardon-Anderson 2000, p. 505. Xan xitoylarining Manjur va Mo'g'ul yerlariga joylashishlari rasman taqiqlanganiga qaramay, XVIII asrga kelganda Sinlar Xitoyning shimolidan ocharchilik, suv toshqini va qurg'oqchilikdan aziyat chekkan Xan qochqinlarini Manjuriya va Ichki Mo'g'ulistonga joylashtirishga qaror qilishdi. Bu vaqtda Xan xitoylari Manjuriyadagi 500 000 gektar maydonda dehqonchilik qilishgan bo`lsa, 1780-yillarga kelganda Ichki Mo'g'ulistonda yana o'n minglab gektar yerlarda dehqonchilik qilishardi.Reardon-Anderson 2000, p. 506. Syanlun 1740-yildan 1776-yilgacha qurg'oqchilikdan aziyat chekayotgan xitoylik xan dehqonlariga Manchuriyaga ko'chib o'tishlarini taqiqlashni bekor qildi.Scharping 1998, p. 18. Xitoylik ijarachi dehqonlar ushbu hududdagi "imperator mulklari" va Manjur yirik yer egalaridan yerni ijaraga oldilar.Reardon-Anderson 2000, p. 507. Xitoylik xanlar Syanlun imperatorligi davrida Manjuriya janubidagi Lyao hududidan tashqari, Szinchjou, Shenyan, Tieling, Changchun, Xulun va Ningguta ko'chib o'tishdi va 1800-yilda Xan xitoylari Manjuriya shaharlarida ko'pchilikni tashkil qildi.Reardon-Anderson 2000, p. 508. Imperator xazinasi daromadlarini ko'paytirish uchun imperator Daoguang hukmronligining dastlabki yillarida faqat Sungari bo'yidagi yerlarni xan xitoylariga sotdi va Abbe Hukning so'zlariga ko'ra, Xan xitoylari 1840-yillarda Manjuriyaning ko'pgina shaharlarining asosiy aholisiga aylandi.Reardon-Anderson 2000, p. 509.

Ichki va tashqi Mo'g'uliston thumb|1820-yilda Sin sulolasi tarkibidagi Ichki va Tashqi Mo'g'uliston. XVII-XVIII asrlarda etnik moʻgʻullar yashaydigan koʻpchilik hududlar, xususan, Tashqi va Ichki Moʻgʻuliston ham Sin imperiyasi tarkibiga kirdi. 1644-yilda sulola Xitoyni to`liq nazorat qilishni boshlashdan oldin ham, xon Ligdenning qochishi bir qator mo'g'ul qabilalarini Manjur davlati bilan ittifoqchilikka undadi. Nurxachining moʻgʻul qabilalari bilan ilk aloqalari asosan ittifoqchilik ruhida boʻlgan.Marriage and inequality in Chinese society By Rubie Sharon Watson, Patricia Buckley Ebrey, p.177Tumen jalafun jecen akū: Manchu studies in honour of Giovanni Stary By Giovanni Stary, Alessandra Pozzi, Juha Antero Janhunen, Michael Weiers Ligdenning magʻlubiyati va oʻlimi bilan uning oʻgʻli Ejeyxon manjurlarga boʻysundi va hozirgi Ichki Moʻgʻulistonning katta qismi Sin tarkibiga qoʻshildi. Tashqi Mo'g'ulistondagi Xalxaning uchta xoni Xun Tayji hukmronligi davridan beri Sin sulolasi bilan yaqin aloqalar o'rnatgan, ammo mustaqil boshqaruvni saqlab qolgan edi. Sin hukmdorlari bu hududni nazorat qilishga uringanlarida Galdan boshchiligidagi Xalxaning gʻarbida joylashgan oyratlar ham bunday urinishlarni faol amalga oshirdilar. Uch feodalga qarshi urush tugagandan so'ng, imperator Kansi bu muammoga e'tiborini qarata oldi va diplomatik muzokaralar olib borishga harakat qildi. Ammo muzokaralar Galdanning Xalxa yerlariga hujum qilishi bilan yakunlandi va Kansi bunga javoban sakkiz bayroq bo`linmasini Galdan qo'shinlariga qarshi og'ir qurollar bilan yubordi va oxir-oqibat ikkinchi urinishda uni mag'lub etdi. 1691-yilda Kansi Duolunda Xalxa va Ichki Moʻgʻuliston hukmdorlarining qurultoyini o`tkazdi va unda Xalxa xonlari unga rasman sodiqlik eʼlon qildilar. Galdanga qarshi kurash Xalxalarni mohiyatan imperiyaga qaramlikka olib keldi va 1694-yilga kelib Xalxaning uchta xoni rasman Sinaristokratiyasining ichki doiralariga kiritildi. Shunday qilib, XVII asr oxiriga kelib Sin sulolasi Ichki va Tashqi Moʻgʻulistonni oʻz nazoratiga oldi.

Xitoy xanlariga Ichki va Tashqi Mo'g'ulistonda joylashish rasman taqiqlandi. Mo'g'ullarga xanlarning 18 provinsiyasiga (neidi) ruxsatsiz o'tish ham taqiqlandi va agar ruxsatsiz o'tgan bo'lsa jazolash joriy etildi. Mo'g'ullarga boshqa mo'g'ul yerlariga o'tish taqiqlandi. Xitoylik xan ko'chmanchilari qoidani buzib, Ichki Mo'g'ulistonga o'tib o'rnashib oldilar.

Xanlarning Manjur va Mo'g'ul yerlariga joylashishlari rasman taqiqlanganiga qaramay, XVIII asrga kelib Xitoyning shimolidan ocharchilik, suv toshqini va qurg'oqchilikdan aziyat chekkan Xan qochqinlarini Manchuriya va Ichki Mo'g'ulistonga joylashtirishga qaror qilindi. Shu vaqtda Xan xitoylari Manjuriyada 500 000 gektar maydonda dehqonchilik qilayotgan bo`lsa, 1780-yillarga kelib Ichki Mo'g'ulistonda yana o'n minglab gektarda dehqonchilik qilishardi. thumb| Urgadagi Jebtsundamba qishki saroyi Oddiy moʻgʻullarga oʻz chegaralaridan tashqariga chiqishga ruxsat berilmagan. Sinlar tomonidan moʻgʻullarga oʻz chegaralarini kesib oʻtish, hattoki boshqa moʻgʻul hududlari va neidi (Xanlarning 18 viloyati) hududiga oʻtish ham taqiqlangan.Bulag 2012, p. 41.

O'n sakkizinchi asrda ko'plab xan xitoylik ko'chmanchilar Ichki Mo'g'ul dashtlariga noqonuniy ravishda ko'chib o'tishni boshladilar. 1791-yilga kelib, Front Gorlos bayrog'idagi xan xitoylik ko'chmanchilar shu qadar ko'p ediki, jasak Sin hukumatiga u yerda allaqachon qo'nim topgan dehqonlar maqomini qonuniylashtirishni so'rab murojaat qildi.

Tibet thumb|1820-yilda Sin sulolasi tarkibidagi Tibet. Xoshut xonligi asoschisi Gushi Xon Sang shahzodasi hokimiyatini ag`darib, 1642-yilda Ganden Fodrang deb nomlanuvchi rejimni o'rnatdi va 5-Dalay Lamani Tibetdagi eng oliy ma'naviy va siyosiy rahnamoga aylantirdiRené Grousset, The Empire of the Steppes, New Brunswick 1970, p. 522. Sevan Rabtan boshchiligidagi Jung`or xonligi 1717-yilda Tibetga bostirib kirdi va Xoshut xonligining so'nggi hukmdori Lha-bzang Xon Dalay Lamasini lavozimidan chetlatib, Lxa-bzang Xon va uning butun oilasini o'ldirdi. Bunga javoban Sin sulolasi imperatori Kansi joʻnatgan qo`shin Gʻarbiy Tibet gubernatori Sang va Kangchennaslik Polxane Sonam Topgye (shuningdek, Gangchenney deb ham ataladi) boshchiligidagi Tibet qoʻshinlari bilan birgaMullin 2001, p. 290Smith 1997, p. 125 1720-yilda Xoshutlar homiylari va Tibetni jung`orlardan ozod qiluvchilar sifatida jungʻorlarni Tibetdan quvib chiqardi. Mintaqada Dlay Lama siyosiy avtonomiyasini saqlab qolgan bo`lsa-da, bu holat 1912-yil Sin sulolasi qulagunga qadar davom etgan Tibetning Sin sulolasiga qaramligining boshlanishi edi. Sin imperatorlari Tibetga Ambanlar deb nomlanuvchi imperator vakillarini joylashtirdilar, ular Lxasada joylashgan 2000 dan ortiq harbiy qo'shinlarga qo'mondonlik qilib, Lifan Yuanga hisobot berishardi.

Sinlar Tibetda Manchu Bannermen va Xan Xitoy Yashil standart armiyasi askarlarini ham joylashtirdi. Lxasada xitoy askarlari va amaldorlaridan jamoasi soni oshib bordi.

Lxasa, Batang, Darsendo, Lxari, Chamdo va Litang kabi ko'plab hududlarda Jung`orlar bilan urushlar davomida Yashil standart qo'shinlari qismlari joylashtirildi.Wang 2011, p. 30. Yashil standart armiya qo'shinlari va Manjur Bannermenlari ikkalasi ham Jung`orlarga qarshi urushda Tibetda jang qilgan Sin harbiy kuchlarining bir qismi edi.Dai 2009, p. 81. Aytishlaricha, Sichuan qo'mondoni Yue Chjonqi (Yue Feyning avlodi) 2000 yashil standart askari va "Sichuan yo'li"dagi 1000 manchu askari Lxasani egallab olgach, birinchi bo'lib Lxasaga kiradi.Dai 2009, pp. 81-2. Mark C. Elliottning so'zlariga ko'ra, 1728-yildan keyin Sinlar Lxasadagi garnizonlarni nazorat qilish uchun Bannermenlardan emas, balki Yashil standart armiya qo'shinlaridan foydalangan.Elliott 2001, p. 412. Evelin S. Ravskiyning so'zlariga ko'ra, Yashil standart armiya ham, Bannermen ham Tibetdagi Sin garnizonini tashkil qilgan.Rawski 1998, p. 251. Sabine Dabringhausning so'zlariga ko'ra, 1300 dan ortiq yashil standart xitoylik askarlari 3000 kuchli Tibet armiyasini qo'llab-quvvatlash uchun Sin tomonidan Tibetga joylashtirilgan.Dabringhaus 2014, p. 123.