Gʻildirakli lira — friksion torli cholgʻu asbobi. Torga taʼsir qilish usuliga koʻra, u kamoncha bilan chalinadigan asboblarga oʻxshaydi, faqat kamonchaning oʻrniga aylanadigan gʻildirak ishlatiladi. Rossiya, Ukraina (relya yoki rilya nomi ostida), Belorussiya (lera), Litva, Polsha, Slovakiya, Chexiya, Germaniya, Shvetsiya va Sharqiy va Shimoliy Yevropaning boshqa mamlakatlarida maʼlum.

Tarixiy ocherki Yevropada u turli nomlar bilan tanilgan, ularning eng qadimgisi — "organist" () — klassik oʻrta asrlarga (XIII asrdan keyin) tegishli. Eng qadimgi tasvirlar XII asrga toʻgʻri keladi: inglizcha kitob miniatyurasi (taxminan 1175-yil) va avliyo Iakov soborining barelyefi (Santyago de Kompostela , 1188).

XII asrda gʻildirakli lira, ikki kishi (musiqachi va uning yordamchisi, tutqichni aylantiruvchi) tomonidan boshqariladigan katta hajmli asbob edi. XIII asrda yengil (koʻchma) asboblar paydo boʻlgandan soʻng, Oʻrta asrlardagi qoʻshiqchilar madaniyatining eng xarakterli atributlaridan biri boʻlib, gʻildirakli lira cholgʻu asbobi butun Yevropa boʻylab tez tarqaldi. XV asrga kelib, u mashhurligini yoʻqotdi va koʻpincha, qoʻshiqlar, sheʼrlar, ertaklarni oddiy akkompanementda ijro etadigan, kambagʻallar va miskinlar, shu jumladan koʻr, nogiron va aqli zaiflarning cholgʻu asbobiga aylandi. Barokko davrida asbobning yangi taraqqiy davri boshlandi. XVIII asrda gʻildirakli lira, qishloq hayotini yaxshi koʻradigan, fransuz aristokratlari oʻyinchoqlari sifatida modaga aylandi. Hozirgi vaqtda u baʼzi Yevropa mamlakatlari, birinchi navbatda, Fransiya va Vengriya, milliy musiqasida qoʻllanadi.

Rossiyada XVII asrda paydo boʻlgan. Uni, oʻz ijodlarining gʻamli sadolari ostida tarixiy qoʻshiqlar, balladalar va diniy sheʼrlarni ijro etadigan, sayyor sozandalar, gadoylar va koʻrlar chalgan. Rossiyada liraning paydo boʻlishi hokimiyat va ruhoniylar tomonidan taʼqib qilinishi tufayli skomoroxorlikni (masxarabozlik) pasayishini koʻrsatdi.

Ijro etish texnikasi Ijrochi lirani tizzasida ushlab turadi. Uning torlarining koʻp qismi (3-11) bir vaqtning oʻzida, oʻng qoʻl bilan aylantirilgan gʻildirakka ishqalanish natijasida, tebranadi. Chap qoʻl bilan tayoqchalar yordamida tovush chiqaradigan qismi qisqaradigan yoki choʻziladigan torlarning toʻrtdan biri ohangni ijro etadi, qolgan torlar esa monoton tovush (burdon deb ataladigan) chiqaradi. Gʻarbiy Yevropa asboblari trompette deb ataladigan — boʻshashgan asosga tayanadigan va gʻildirak tezligini oʻzgartirib, ritmik akkomponementda chalish imkonini beruvchi torga ham ega.

Ohangi Gʻildirakli liraning ohangi kuchli, qaygʻuli, monoton, yengil boʻgʻiq tovush tusiga ega. Ovozni yumshatish uchun, gʻildirak toʻgʻini bilan ulanadigan joyidagi torlar zigʻir yoki jun tolalari bilan oʻralgan. Musiqa asbobining ohang sifati gʻildirakning aniq markazlashtirilishiga ham bogʻliq; bundan tashqari, u silliq va yaxshi kanifollangan boʻlishi kerak.

Boshqa nomlari Turli vaqtlarda va turli mamlakatlarda bu musiqa asbobi turli nomlar bilan atalgan: Germaniyada — Leier, Drehleier, Bettlerleier, Bauernleier; Angliyada hurdy-gurdy (hedy-gyody, rus tilida ham uchraydiSaponov M. A. Organistr // Muzikalnie instrumenti. Ensiklopediya. — M.: Deka-VS, 2008. — S. 427.), Fransiyada (jumladan, tarixiy Provansda) — simfoniya, chifonie, sambiût, sambuca, vierelète, vielle à roue (shuningdek, qisqartirib — vielle); Italiyada — ghironda, lyra tedesca, rotata, sinfonia; Vengriyada — tekerő; Belarusiyada — kolavaya lira, Ukrainada — kolísna lira yoki rela, Polshada — lira korbowa, Chexiyada — niněra.

Manbalar

Adabiyotlar

Turkum:Torli asboblar Turkum:string musiqa asboblari Turkum:ishqalanish musiqa asboblari Turkum:Belarus xalq musiqa asboblari