Wine & Spirit Education Trust (WSET) (ingl. tarjima qilinganda „Vino va spirtning taʼlim trasti“) — vino va spirtli ichimliklar sohasida kurslar va imtihonlar tashkil etadigan global tashkilot. WSET 1969-yilda tashkil etilgan. Tashkilotning bosh qarorgohi Londonda joylashgan. WSET vino taʼlimi boʻyicha dunyodagi yetakchi yetkazib beruvchilardan biri hisoblanadiJ. Robinson (ed), The Oxford Companion to Wine, Third Edition, p. 769, Oxford University Press 2006, . 2016-yilda Osiyo-Tinch okeani mintaqasida, Gonkongda WSETning birinchi xalqaro ofisi ochildi. Buning sababi Buyuk Xitoyda vino va spirtli ichimliklar taʼlimiga boʻlgan talabning yuqoriligi edi.
WSET tarixi va tuzilishi WSET Vino va Spirt Uyushmasining Taʼlim qoʻmitasidan paydo boʻlgan va Vintners 'Company tomonidan moliyalashtirib yaratilgan.
WSET rahbariyati 8 kishidan iborat Vasiylik kengashiga hisobot beradi; uchtasi Vintners 'Companydan, uchtasi Vino va spirt uyushmasidan, bittasi Worshipful Company of Distillersdan va yana bittasi Vino ustalari institutidan.
Kurslar right|thumb| Sertifikat maktubi va vinolar va spirtli ichimliklardagi 3-darajali malaka dasturi mukofoti nishoni WSET tomonidan oʻtkaziladigan kurslar dastlab vino va spirtli ichimliklar savdosi bilan shugʻullanadigan odamlar uchun moʻljallangan edi. WSET dasturlarida konosyer-havaskorlar tobora koʻproq ishtirok etmoqda. WSET dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlarida professional sertifikatlar taqdim etadi. Tashkilot faoliyati Amerikaning SOMM savdo guruhi tomonidan ijobiy baholandi.
Vino sohasidagi WSET malaka darajalari
Vino sohasidagi 1-darajali malaka; Vino sohasidagi 2-darajali malaka; Vino sohasidagi 3-darajali malaka; Vino sohasida 4-darajali malaka diplomi.
Oxirgi 50-yil ichida 10 000 dan ortiq 4-darajali WSET diplomli mutahassislari bitirgan. Diplomni muvaffaqiyatli olganlar oʻz ismlariga „DipWSET“ postfiksini qoʻshishlari mumkin.
Manbalar
Havolalar Официальный сайт WSET Wine Business Formation Turkum: 1969-yilda tashkil etilgan tashkilotlar