Silning oʻpkadan tashqari turlari orasida buyraklar siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolarining zararlanishi birinchi oʻrinda turadi. Oʻpka silini davolashda erishilgan yutuqlar bilan parallel ravishda siydik – tanosil sili bilan kasallangan bemorlar soni kamaydi, lekin soʻnggi yillarda buyraklar, erkaklar jinsiy aʼzolari sili bilan kasallangan bemorlar soni yana oshganligi aniqlanmoqda. Buyraklar siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolari sili mustaqil kasallik boʻlmasdan faqat umumiy sil kasalligining mahalliy namoyon boʻlishi deb qabul qilingan. Buyraklar, siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolarining sil bilan zararlanishi oʻtkir va surunkali boʻlishi mumkin. Oʻtkir turi miliar sildan iborat boʻladi va odatda, oʻziga xos klinik koʻrinishga ega emas. Tashxis gematogen disseminatsiyalangan sildan oʻlgan odamni autopsiya qilganda aniqlanadi. Klinik amaliyotda koʻpincha siydik – tanosil aʼzolari silining surunkali turi uchraydi, u oʻziga xos klinik koʻrinishga ega va mustaqil nazologik shakli hisoblanadi. Bolalarda silning oʻpkadan tashqari shakllaridan suyak – boʻgʻim tizimining zararlanishi siydik – tanosil aʼzolariga qaraganda koʻp uchraydi.

Buyrak va siydik yo'llari sili Silning oʻpkadan tashqari turlari orasida buyraklar siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolarining zararlanishi birinchi oʻrinda turadi. Oʻpka silini davolashda erishilgan yutuqlar bilan parallel ravishda siydik – tanosil sili bilan kasallangan bemorlar soni kamaydi, lekin soʻnggi yillarda buyraklar, erkaklar jinsiy aʼzolari sili bilan kasallangan bemorlar soni yana oshganligi aniqlanmoqdahttps://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y_OzMnLzEvXTUksyy_O1E3KL9IrrdK3L7A1NLNgYDA0MzW2MDezNDBmSLg-4U7R50sFe7teRk_ZzzAFAO_vGIY&src=2ff60c4&via_page=1&user_type=4a&oqid=a4b5c9c7c5b5e51b.

Buyraklar siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolari sili mustaqil kasallik boʻlmasdan faqat umumiy sil kasalligining mahalliy namoyon boʻlishi deb qabul qilingan. Buyraklar, siydik yoʻllari va erkaklar jinsiy aʼzolarining sil bilan zararlanishi oʻtkir va surunkali boʻlishi mumkin. Oʻtkir turi miliar sildan iborat boʻladi va odatda, oʻziga xos klinik koʻrinishga ega emas. Tashxis gematogen disseminatsiyalangan sildan oʻlgan odamni autopsiya qilganda aniqlanadi. Klinik amaliyotda koʻpincha siydik – tanosil aʼzolari silining surunkali turi uchraydi, u oʻziga xos klinik koʻrinishga ega va mustaqil nazologik shakli hisoblanadi. Bolalarda silning oʻpkadan tashqari shakllaridan suyak – boʻgʻim tizimining zararlanishi siydik – tanosil aʼzolariga qaraganda koʻp uchraydi.

Patogenezi Siydik – tanosil aʼzolari tizimining sili sil qoʻzgʻatuvchisining birlamchi va ikkilamchi gematogen disseminatsiyasi natijasida paydo boʻladi. Kirish darvozasi va birlamchi oʻchoq koʻpincha oʻpkada joylashadi. Sil mikobakteriyasi qon oqimi bilan ikkala buyrakning poʻstloq qavatiga tushadi, bunda silning kichkina oʻchoqchalari hosil boʻladi. Koʻp hollarda organizmning qarshiligi yaxshi boʻlganda ular soʻrilib ketadi. Lekin baʼzan u yoki bu noqulay umumiy va mahalliy omillar taʼsirida buyraklarning poʻstloq qavatidagi sil oʻchoqlari toʻliq bitib ketmaydi, ular tinchlangan holatda (uxlayotgan infeksiya) qoladi, yoki avj oladi. Buyrakda jarayonning keyingi rivojlanishi koʻpincha bir tomonlama boʻladi. Klinik amaliyotda buyraklarning bilateral sili faqat 30% bemorlarda uchraydi. Silni koʻproq faqat bitta buyrakda rivojlanishining sababi, mahalliy omillar – gemo va urodinamikaning buzilishi boʻladi. Shunday qilib, buyraklar sili patogenetik nuqtai nazardan ikki tomonlama boʻlishiga qaramay, boshida koʻpincha klinik tomondan bir tomonlama roʻy beradi. Mikobakteriyaning kirish paytidan buyraklar silining klinik belgilari paydo boʻlgungacha oʻrtacha 8 yil oʻtadi. Sil qoʻzgʻatuvchisining boshqa kamroq kirish yoʻli – bodomsimon bezlar, limfa tizimi, meʼda–ichak yoʻli orqali boʻladi.

Patologik anatomyasi Silning birlamchi oʻchoqi koʻproq buyrakning poʻstloq qavatida joylashadi. Ular oq sariq rangda, har xil kattalikda boʻlib, epiteliod, gigant va limfoid hujayralardan iborat boʻlgan spetsifik granulyatsiya bilan oʻralgan kazeoz nekroz joylardan tashkil topadi. Keyinchalik kasallik avj olganda patologik jarayon buyrak parenximasining yangi joylariga oʻtib oʻchoqlar oʻzaro qoʻshiladi. Jarayon buyrakning poʻstloq qavatidan miya qavatiga oʻtadi va silning destruktiv papilliti paydo boʻladi. Sil jarayoni buyrak parenximasidan tashqariga chiqib, jom devorini zararlaydi, keyin esa siydik nayiga va qovuqqa tarqaladi. Buyrak soʻrgʻichi va kosachalar gumbazi soxasida yoki miya moddasining chuqurida davom etayotgan destruktiv jarayon buyrak toʻqimasining suzmasimon(kazeoz) erishi rivojlanishiga olib boradi. Patologik boʻshliqlar – kavernalar vujudga keladi. Buyrakda ular alohida yoki kosacha jom tizimi bilan bogʻlangan boʻladi. Kavernalar qisman bitganda perifokal yalligʻlanish oʻzgarishlarining soʻrilishi kuzatiladi, jarayon fibroz–kavernozli boʻladi, kazeoz oʻchoqlarning kalsifikatsiyalanishi (ohaklanishi) roʻy berishi mumkin. Buyrak sili yomon kechganda parenxima keyinchalik yemiriladi: kavernalar kattalashadi, yaqinlashadi va bir–biri bilan qoʻshiladi. Jom – siydik nayi segmenti, siydik nayining paydo boʻlayotgan torayishi, siydik – tosh kasalligining qoʻshilishi bunga yordam beradi. Buyrakning koʻp kavernali sili, silli pionefroz buyrak zararlanishining terminal bosqichi boʻladi (bu oʻrtacha 3 yil ichida rivojlanadi). Siydik yoʻllaridagi morfologik oʻzgarish xuddi shunday infiltratsiya, destruksiya, sklerozlanish bosqichlarini bosib oʻtadi. Shilliq qavat yuzasida koʻzga koʻrinadigan oqargan, giperemiya toji bilan oʻralgan boʻrtmachalar paydo boʻladi. Keyinchalik ular birlashadi, shilliq qavat nekrozga uchraydi, yaralar paydo boʻladi. Jarayon yaxshi kechganda oʻzgargan toʻqimalar chandiqlanadi, lekin siydik yoʻllari uchun bu jarayon ham maʼqul emas, chunki siydik nayining torayishi (koʻpincha uning pastki uchdan birida, yukstavezikal qismida) paydo boʻladi, qovuq bujmayib qolib ureterogidronefroz rivojlanadi. Buyrak sili patomorfologik koʻrinishining spetsifik elementi yalligʻlanish oʻchoqlarining ohaklanishi boʻladi. Kazeoz erigan oʻchoqlarning oʻlik holga aylanishi roʻy beradi, buyrakda yagona yoki koʻplab petrifikatlar paydo boʻladi, ohaklanish kamroq butun buyrakni egallaydi. Sil oʻchoqining ohaklanishi uning sanatsiya boʻlganligini bildirmaydi, chunki petrifikat tubida tirik saqlangan sil mikobakteriyalari boʻlishi mumkin.

Tasnifi Buyraklar silining koʻplab tasnifi taklif etilgan. Buyrak silining rivojlanish jarayoni parenximaning zararlanish hajmi va chuqurligiga qarab, boshlangʻich infiltrativ oʻzgarishlardan buyrakni koʻp kavernali siligacha, silli pionefrozgacha bosqichlarga boʻlinganligi amaliy shifokorlar – urologlar uchun eng qulay tasnif boʻladihttps://go.mail.ru/redir?type=sr&redir=eJzLKCkpKLbS1y8uKU3JL0hNyUzUKyrVNzSPNzQ1Mzc3jy8uSC0pzkzLTM5ILc7OTNWtSkzKz0ktS8zLrEzUzc0HChfk5-SX5VfqFmcWl6TmZupllOTmMDAYmpkaW5ibG5lbMpikXeR8-XWRz3YexzV8ig_sAXp_KdI&src=e3695e&via_page=1&user_type=4a&oqid=a4b627bdc274554d.

I bosqich – buyrakni nodestruktiv (infiltrativ) sili;

II bosqich – boshlangʻich destruksiya – papillit yoki bitta kichkina (diametri 1 sm dan katta emas) kaverna;

III bosqich – chegaralangan destruksiya – katta oʻlchamdagi kaverna yoki buyrakning segmentlaridan bittasida koʻp kavernali sil;

IV bosqich – yalpi (total) yoki qisman destruksiya (ikkita segmentning koʻp kavernali sili, silli pionefroz, buyrakning oʻlik holga aylanishi).

Simptomlar va klinik kechishi

Buyraklar, siydik yoʻllari silining oʻziga xos klinik belgilari boʻlmaydi. Kasallikning klinik koʻrinishi zararlanishning hajmiga va jarayonning bosqichiga bogʻliq. Kasallikning boshlangʻich bosqichlarida u klinik tomondan simptomlarsiz kechishi mumkin. Buyraklarda destruktiv oʻzgarishlar rivojlanganda kosacha – jom tizimsida retensiyali oʻzgarishlar – bel soxasida simillovchi ogʻriq, surunkali zaharlanish simptomlari: holsizlik, tez charchash, subfebrilitet, ozish kuzatiladi. Patologik jarayon siydik yoʻllariga va qovuqqa tarqalganda kasallik sistitning klinik koʻrinishiga oʻxshashi mumkin. Nospetsifik antibakterial terapiya yaxshi taʼsir qilmaydigan, tez – tez qaytalovchi dizuriya epizodlari siydik yoʻllari sili boʻlishi mukinligi toʻgʻrisidagi fikrga olib kelishi kerak. Bir qator hollarda buyraklar sili boshqa biror – bir simptomlar bilan kuzatilmaydigan gematuriya bilan namoyon boʻlishi mumkin. Bolalarda kasallikning umumiy simptomlari (oʻzini yomon his qilish, injiqlik, ishtahaning pasayishi, subfebrilitet) ustunlik qiladi. Bolalar koʻpincha qorin sohasini koʻrsatib, ogʻriqning joylashishini aniq koʻrsata olmaydi. Aytilganlardan koʻrinadiki, buyraklar sili oʻziga xos klinik koʻrinishga ega emas va har xil klinik “niqoblar”: surunkali piyelonefrit, surunkali sistit, buyrak va qovuq oʻsmasi, bel – dumgʻaza radikuliti va boshqalar bilan kechishi mumkin. Shu sababli laborator, rentgenologik va endoskopik tekshirish usullari katta klinik ahamiyatga ega boʻladi. thumb|Buyrak sili va uning mexanizmi

Tashxislash Bemorni klinik tekshirish shikoyatlari va anamnezini aniqlashdan boshlanadi. Buyrak sili boʻlgan bemorning shikoyatlari unchalik aniq boʻlmaydi, anamnezi esa xos boʻladi. Oʻpka, limfa bezlari, suyaklar va boʻgʻimlar sili, ekssudativ plevritni boshdan kechirish buyrak siliga shubxa qilishni ancha darajada mustahkamlaydi. Sil boʻlgan bemor bilan uzoq muddat kontaktda boʻlganlikni aniqlash juda muhim. Agar u kontaktda boʻlgan boʻlsa va bemorda sil aniqlansa, unda birinchi bemor qanday davolash olganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir, chunki ikkinchi bemorda sil mikobakteriyasi bunday preparatlarga chidamlilikka ega boʻlishligi mumkin. Klinik tekshirishning fizikal usullari buyrak silini, ayniqsa uning dastlabki bosqichlarini aniqlash uchun kam maʼlumot beradi. Bel sohasini tukkillatganda va qovurgʻa ostini chuqur paypaslaganda ogʻriq odatda kuchsiz boʻladi. Silda buyrakning paypaslanishiga faqat kamdan – kam hollarda (siydik nayining sil sababli torayish natijasidagi pionefroz, gidronefrozda) erishiladi. Buyrak silini tashxislash uchun tashqi jinsiy aʼzolar, prostata bezi va urugʻ pufakchalarini paypaslash katta ahamiyatga ega. Ularda oʻziga xos oʻzgarishlarning aniqlanishi buyrak sili borligiga shubhani oydinlashtiradi, chunki u jinsiy aʼzolar sili bilan kasallangan erkaklarning taxminan yarmida kuzatiladi. Buyrak va siydik yoʻllari silining tashxisini tasdiqlashda laborator tekshirishlar katta rol oʻynaydi. Siydik taxlillari katta ahamiyatga ega, ular piuriya, gematuriya, proteinuriyani va patognomik belgi – sil mikobakteriyasini aniqlashga imkon beradi. Leykotsituriya ham sil, ham yoʻldosh piyelonefrit namoyon boʻlganda kuzatilishi mumkin. Leykotsituriya darajasini son jihatdan baholash usullari (Kakovskiy – Addis, Ambyurje, Almeyd – Nechiporenko) aniqroq hisoblanadi, ular siydik choʻkmasining mikroskopiyasida hali patologik oʻzgarishlar aniqlanmaganda qonda va siydikda shaklli elementlarning patologik soni borligini aniqlash imkonini beradi. Buyraklar sili uchun siydik reaksiyasining kislotali boʻlishi xosdir. Buyraklar silida proteinuriya “soxta” boʻladi, yaʼni kalavalar membranasining zararlanishi bilan bogʻliq boʻlmaydi, yalligʻlanish mahsulotlari natijasida siydikda koʻp miqdorda shaklli elementlar yigʻiladi. Buyrak silining ishonchli belgisi bakterioskopiya, bakteriologik tekshirish va biologik sinama yordamida siydikda sil mikobakteriyasining aniqlanishidir.