Sergey Sergeyevich Bodrov (1971-yil 27-dekabr, Moskva, RSFSR, SSSR — 2002-yil-20-sentabr, Karmadon darasi, Shimoliy Osetiya, Rossiya), kichik Sergey Bodrov nomi bilan ham tanilgan, — sovet va rus kino aktyori, kinorejissor, ssenarist va teleboshlovchi, sanʼat fanlari nomzodi; Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati (1997).

„ Kavkazskiy plennik“ (1996), „Brat“ (1997), „Stringer“ (1998), „Vostok-Zapad“ (1999), „Brat 2“ (2000) va „Medvejiy potseluy“ (2002) filmlarida bosh rollarni ijro etgan. „Marafon-15“, „Vzglyad“ telekoʻrsatuvlari va „Posledniy geroy“ loyihasining birinchi mavsumi boshlovchisi; „Syostri“ (2001) va „Svyaznoy“ (tugallanmagan, 2002) filmlarining rejissori va ssenariy muallifi; „Morfiy“ filmining ssenariy muallifi (2008-yilda chiqgan).

2002-yil 20-sentyabrdan beri Bodrov Shimoliy Osetiyaning Karmadon darasida Kolka muzligiga safar paytida suratga olish guruhi bilan birga rasman bedarak yoʻqolgan hisoblanadi, u yerda „Svyaznoy“ filmi suratga olinayotgan edi. Umumiy hisobda, muzlik 120 dan ortiq odam va ikkita lagerni oʻz ostida yashiringan.

Hayoti

Bolalik Sergey Bodrov bolalik va yoshlik haqida aytgan mashhur gaplar:

. .

1971-yil 27-dekabrda Moskvada tugʻilgan. Bolaligida Sergey Bodrov yolgʻiz qolishni yaxshi koʻrardi va oʻzi bilan yaxshi „kelishardi“". Turli nashrlar Sergey axlat tashuvchi mashina haydovchisi boʻlishni va toʻq sariq rangli mashinani haydashni xohlaganligini yozadi. right|thumb|150x150px| Sergey Bodrovning avtografi. Dunyoqarashiga taʼsir qilgan hayotiy vaziyatlar va yoshlik yillari haqida Sergey „Mavzu boʻyicha insho: menga taʼsir oʻtkazgan sakkizta voqea yoki men qanday qilib yaxshi inson boʻlib ulgʻaydim“ deb yozgan.

Oila

Otasi — Sergey Vladimirovich Bodrov (1948-yil 28-iyunda tugʻilgan), rejissor. Onasi — Valentina Nikolaevna Bodrova, sanʼatshunos, Moskva davlat universitetining tarix fakulteti oʻqituvchisi. Ular 1976-yildan beri katta-Bodrov bilan ajrashganMama Sergeya Bodrova regulyarno naveщaet mesto ego gibeli. StarHit.ru.. Opasi — Asiya Sergeevna (Asya) Bodrova-BekkulovaGde ti, brat? Sergeya Bodrova jdet v Almati sestra Asya Bodrova-Bekkulova. TsentrAziya.. Katta-Sergey Bodrovning va qozogʻistonlik rassom va galereya egasi Ayjan Bekkulovaning qizi. Ona tomondan buvisi — Lidiya Grigoryevna, pediatr. Xotini — Svetlana Bodrova (Sitina, Mixaylova), Moskva davlat geodeziya va kartografiya universiteti bitiruvchisi. 2000-yildan 2014-yilgacha u „Jdi menya“ dasturida rejissor boʻlib ishladi, keyin „Neputyovie zametki“ dasturiga oʻtdi. Qizi — Olga Sergeyevna Bodrova (1998-yil 24-iyulda tugʻilgan). Oʻgʻli — Aleksandr Sergeevich Bodrov (2002-yil 27-avgustda tugʻilgan).

1997-yilda Sergey boʻlajak rafiqasi Svetlana bilan tanishdi („TV-6“ kanalida „Akuli pera“ (Qalam akulalari) va „Kanon“ teledasturlarining muallifi). Hammasi Kubada boshlandi, u yerga Svetlana, Sergey va boshqa koʻplab telejurnalistlar yoshlar va talabalar festivalini yoritish uchun borishgan. Ular 1998-yilda turmush qurishdi va keyingi hayotlari hech qachon jamoatchilik eʼtiboriga tushmadi. Tez orada Bodrovlar oilasida qiz farzand — Olya paydo boʻldi, Sergeyning yoʻqolishidan bir oy oldin esa ularning oʻgʻli Aleksandr tugʻilgandi.

Men har doim, bolaligimdan xotinimni qanday koʻrnishga ega boʻlishini bilganman. Koʻrinishidan, bu haqida koʻp oʻylaganman. Uni uchratganimda esa, tabiiyki, darrov tanidim va uylandim. Faqat, men shaxsiy hayotim haqida gapirishni yaxshi koʻrmayman. Oila, yaqin insonlar — erkinlik darajasi ekanini aytaman, xolos. Erkinlik esa insondan bor boʻlgan eng muhim narsadir.

— Sergey Bodrov

Maktab Sergey 1265-sonli fransuz tiliga ixtisoslashtirilgan maktabda oʻqigan. Oʻqituvchilarning aytishicha, u oʻrtacha darajada harakatchan va injiq edi, lekin u hech qachon jahldor yoki tarbiyasiz boʻlmagan.

Maktab Sergeyga bayroqdorlik vazifasini ishonib topshirdi. Har chorshanbada S. Bodrov sinfi darsdan keyin „Udarnitsa“ zavodiga shirinliklarni qadoqlash uchun borardi. Toʻrt soat davomida maktab oʻquvchilari shirinliklarni qutilarga solib, keyin bogʻlashardi. Ular ishlab topgan pullari maktabga berilardi va ular ekskursiyalar uyushtirishga sarflanardi.

2012-yil dekabr oyida maktabda Sergey Bodrov xotirasiga yodgorlik lavhasi oʻrnatildi.

Universitet Bodrov VGIKga kirishni xohladi, lekin otasi unga kino ehtiros ekanligini va agar u yoʻq boʻlsa, uni yoki kutish yoki abadiy unutish kerakligini tushuntirdi. Oʻzida bunday ehtirosni his qilmagan Sergey oʻz rejasidan voz kechishga majbur boʻldi.

1989—1994-yillarda M. V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti tarix fakultetining sanʼat tarixi va nazariyasi boʻlimida Venetsiya Uygʻonish davri rassomchiligi boʻyicha tahsil olgan. Sergey universitetni qizil diplom bilan tugatdi va aspiranturada qoldi, lekin u na muzeyda, na kutubxonada ishlamasligiga ishonchi komil edi. Universitetda Sergey, uning soʻzlariga koʻra, goʻzallikni uni oʻrab turgan oddiy narsalarda koʻrishni oʻrgangan. Va allaqachon taniqli aktyor va teleboshlovchiga aylangan S. Bodrov 1998-yilda Moskva davlat universitetida sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor V. N. Grashchenkovning ilmiy rahbarligida „Venetsiya Uygʻonish davri rassomchiligida arxitektura“ (Mutaxassislik 07.00.12 — Sanʼat tarixi) mavzusida sanʼatshunoslik fanlari nomzodi ilmiy darajasiga nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Rasmiy opponentlar — sanʼatshunoslik fanlari doktori, professor M. I. Svederskaya, sanʼatshunoslik fanlari nomzodi, dotsent E. M. Kukina. Yetakchi tashkilot — Moskva davlat pedagogika universiteti.

1991-yilda Sergey Italiyada sanʼat sohasida tahsil oldi. U mahalliy kurort shaharchasidagi plyajda qutqaruvchi sifatida ishga joylashdi va mamlakat boʻylab sayohat qilish uchun pul topishga muvaffaq boʻldi. Keyingi uch yoz davomida Bodrov shu ish uchun bu yerga kelardi va kursdoshlari orasida omadli hisoblanardi.

Intervyularning birida Sergeydan, olgan taʼlimi hayotda qoʻl keldimi yoki yoqligini haqida soʻrashganda, u shunday javob bergan:

Albatta. Mana qandaydir shaharga bording. Bu shahar haqida odatda nima bilasan? U yerda markaziy maydon, qandaydir doʻkonlar bor… Men esa u yerdagi muzeyda, unga termulib butun kunni oʻktazish mumkin boʻlgan bir kartina borligini bilaman. Va bu bir kun sening hayotingni boyitadi.

Kino

Ilk syomkalar Kichik Bodrovning kinodagi birinchi tajribalari otasining „Ya tebya nenaviju“ (1986) va „Svoboda — eto ray“ (1989) kabi filmlarida kichik epizod rollari boʻlgan. Ikkinchi filmda Sergey bir lahza ekranda paydo boʻlgan, egnida yorliqli kulrang xalat bilan oʻsmir huquqbuzar obrazida, qoʻlga olingan bosh qahramonning yonida oʻz taqdirini kutgan holda oʻtiradi. Sergey Bodrov universitetda oʻqib yurganida otasining 1992-yilda suratga olingan „Beliy korol, krasnaya koroleva“ filmida mehmonxonada pochta tarqatuvchi shveytsar sifatida epizod rolini oʻynagan.

= "Kavkazskiy plennik" 1995-yilda Sergeyning otasi „Kavkazskiy plennik“ filmini suratga olish uchun oʻz guruhi bilan Dogʻistonga joʻnaydi. Sergey ham birga borishni soʻradi va istalgan ishni qilishga rozi edi, ammo tasodifan bosh rollardan birining (oddiy askar Ivan Jilin) ijrochisiga aylandi. Filmda shartnoma asosida xizmat qilayotgan Aleksandr Ryapolov rolini ijro etgan Oleg Menshikovning sherigiga aylandi. Film Kann kinofestivalida FIPRESSI yutugʻini, Sochi festivali gran-prisini, Karlovy Vary festivalida „Kristall globus“ gran-prisi va hakamlarning ekumenik sov’gasini, eng yaxshi ssenariy uchun „Feliks“ mukofotini, Rossiya kino-pressasining „Yilning eng yaxshi filmi“ yutugʻini, Moskvadagi „Stalker“ kino-festivalining „Stalker“ Gran-prisini Sidney festivalida „tomoshabinlar qiziqishi“ yutugʻini qoʻlga kiritdi. Sochi kino-festivalida Kichik S. Bodrov Menshikov bilan birgalikda „hamkorlikdagi eng yaxshi rol“ yutugʻini qoʻlga kiritdi, Abdraimov bilan birga kino-pressaning „hamkorlikdagi eng yaxshi rol“ yutugʻini, „Boltiq marvaridi“ festivalida „eng yaxshi aktyorlik debyuti“ yutuqlarini oldi. 1997-yilda otasini bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasi Davlat mukofoti laureati boʻldi. Sergey esa oʻzini sanʼatkor deb hisoblamasdi:

"Men doim va hamma yerda aytaman:

„Men sanʼatkor emasman, men sanʼatkor emasman, — men sanʼatkor emasman!“ Menga esa: „Yoʻq, sen sanʼatkorsan!“ Men esa: „Sanʼatkor — bu umuman boshqa narsa. Ular boshqa odamlar, ularda boshqa konstitutsiya. Rol — men uchun kasb emas. Bu bajariladigan ish-harakat“.

= "Vzglyad" teledasturi 1996-yil oktyabr oyida Sergey „ORT“ telekanalida „Vzglyad“ dasturining boshlovchisi boʻldi. Bu yerda u 1999-yilning avgustigacha ishladi.

S. Bodrovning bu davrdagi xotiralaridan biri qizil sochli bezori bolakay haqida edi. U Qorbobodan katta akasi uchun musiqa asbobini soʻragan, chunki u oʻziniki yoʻqotib qoʻyganidan juda xavotirda edi. Sergey va uning „Vzglyad“dagi hamkasblari „yoʻq qilish“ boʻlimida toʻplangan pochta xatlaridan Qorbobo uchun yozilganlarini olishdi. Bolaning hovlisiga avtobus kelib toʻxtadi, undan orkestr tushib musiqa chala boshladi. Bola tinglash uchun tashqariga chiqdi va S. Bodrov u bilan suhbat davomida maʼlum boʻlishicha, u akasiga yordam berishni judayam xohlaydi…

Sergey loyihani 1999-yilda tark etdi — rasmiy bayonotlarga koʻra, „Brat 2“ filmida suratga tushish uchun. Bundan tashqari, boshlovchi dastur davomida yigʻilgan hissiy bosimni koʻtara olmagan degan qarashlar ham mavjud.

A. Kosulnikov shunday deydi: "Oʻylaymanki, dasturda ishlash davomida Sergey atrofdagi odamlarning hissiyotlari haqida haddan tashqari katta axborot dozasini qabul qilgan. U rejissor otasi, sanʼatshunos onasi bor normal moskvalik yigitcha, aspirant edi. U yopiq Moskva dunyosida yashar edi, mamlakat qanday tashkil topgan, nima bilan yashaydi — u bu haqida koʻp narsani bilmasdi va boshdan kechirmagan edi. Bu yerda esa hammasi birdan sodir boʻldi. Bularni anglash unga kerak emasdi, demayman, kerak edi. Lekin, balki bunday hajmlarda va boʻlaklarda emas.

Sergeyning oʻzi esa dasturdan „yaxshi maktab hissi“ bilan ketganini aytadi:

"Men shuncha odamlar bilan tanishdim, shuncha hikoyalar eshitdim, shunchalik koʻp xatlarni oʻqidimki — boshqa ishda bu shunchaki imkonsiz. Bunda juda toʻgʻri zaryad mavjud. Ikkita-uchta odamlarga yordam ber va shuning oʻzi dastur bekordan bekorga mavjud emasligini koʻrsatadi. Lekin bunga maʼsuliyat bilan yondashish kerak.

= "Brat" 1996-yilda Sochi kinofestivalida Sergey rejissor Aleksey Balabanov bilan tanishishi uni STV studiyasiga olib keldi. Aynan shu studiyada premyerasi 1997-yil 12-dekabrda Rossiyada boʻlgan „Brat“ filmi suratga olingan (jahon premyerasi 1997-yil 17-mayda Fransiyada boʻlib oʻtgan).

Sergey filmda Danila Bagrov rolini — bosh rolni oʻynadi.

Tanqidchilar kartinani iliq qabul qilishdi: Danila Bogrovni „xalq qahramoni“, filmning oʻzini esa „eng yangi kinematografiyaning manifesti“ deb atashdi. Biroq, baʼzi ommaviy axborot vositalari filmni irqchilik va rusofobiyada ayblashdi. Bodrovning oʻzi esa qahramonini shunday baholaydi:

Bilaman, Danilani koʻpincha ibtidoiy, oddiy ekanligida ayblashadi… Xoʻsh, men qisman bunga qoʻshilaman. Ammo, mening ongimda unga nisbatan shunday metafora paydo boʻladi: oziqlanish va koʻpayishdan boshqa hali hayot haqida hech nimani tushunmaydigan, gʻor ichidagi gulxan atrofida oʻtirgan ibtidoiy odamlar koʻz oldim keladi. Va tasodifan ularning ichidan bittasi turadi va quyidagi oddiy soʻzlarni aytadi: oʻzinikilarni himoya qilish kerak, ayollarni hurmat qilish kerak, aka-ukani himoya qilish kerak.

Albatta, men Danila Bagrov kabi yoʻl tutolmayman. Nimadir halal beradi. U esa shunday qiladi. Va bu urushda yana kimdir ham shunday qiladi. Demak, biz hech boʻlmasa, qalban ular bilan birga boʻlishimiz kerak, ular qayerdadir biz uchun nimadir qilishayotganini tushunishimiz kerak. Vatanparvarlik haqida gapirar ekanman, men faqat bitta mamlakatda yashayotgan insonlar bilan hamjihatlikni nazarda tutaman.

— „Sergey Bodrov. Bola yuzli qotil“