Mamadali Mahmudov — taniqli oʻzbek yozuvchisi edi.
1940-yil 12-dekabrda Jizzax viloyatining Forish tumanida tugʻilgan.
Toshkent davlat universitetining filologiya fakulteti jurnalistika yoʻnalishi boʻyicha oʻqishni tamomlagan. “Saodat” jurnalida ishlagan. Evril Turon taxallusi bilan ijodini boshlagan.
Adibning birinchi kitobi 1974-yilda “Togʻ qoʻshigʻi” deb nomlanadi. U 1975-yilda “Bogʻdod boʻrisi” romanini nashr etgan. Mamadali Mahmudov 1989-1993-yillarda Oʻzbekiston madaniyat jamgʻarmasi va “Turkiston” harakatiga boshchilik qilgan.
Mamadali Mahmudov konstitusiyaviy tuzumni qoralanganlikda ayblanib, umrining 17 yilini qamoqda oʻtkazadi. Adib 2013-yil 19-aprelda ozodlikka chiqariladi. 2008-yilda Mahmudov qamoq paytida siyosiy ta’qib qurboni boʻlgan yozuvchilarga beriladigan Xelman-Gammet mukofoti va Stalin qatagʻonlari qurbonlari xotirasiga ta’sis etilgan Choʻlpon mukofoti laureati boʻlib, “Oʻlmas qoyalar” romani Fransiyada nashr etilganСкончался известный писатель и диссидент Мамадали Махмудов, Новости Узбекистана. U 2018-yil noyabr oyida Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zoligiga qayta tiklangan.
Adib Mamadali Mahmudov 2020-yil 16-oktabrda bu dunyodan koʻz yumdi.
Manbalar
Havolar
https://www.gazeta.uz/ru/2020/10/16/evril-turon/ https://podrobno.uz/cat/obchestvo/skonchalsya-izvestnyy-pisatel-i-dissident-mamadali-makhmudov/
Turkum:Oʻzbekistonlik yozuvchilar Turkum:Kishilar Turkum:2020-yilda vafot etganlar Turkum:16-oktyabrda vafot etganlar Turkum:1940-yilda tugʻilganlar Turkum:12-oktyabrda tugʻilganlar