Buxoro otaligʻi (Buyuk otaliqMuxammed Yusuf Munshi. Mukim-xanskaya istoriya. Tashkent. AN UzSSR. 1956.) () Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasiTrever K. V., Yakubovskiy A.Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. Str. 78 davridan boshlab 1601-1753-yillardagi oliy mansab unvonidagi davlat amaldori.

Otaliq — boʻlajak xonning yoki shahzodalarning tarbiyachisi hisoblanib, soʻzma-soʻz tarjima qilinganda „ota oʻrnini egallash“Trever K. V., Yakubovskiy A. Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. Str. 78 maʼnosini bildiradi va anʼanaga koʻra ushbu unvon hurmatli va nufuzli kishilarga berilganZnachenie slova Atalik v istoricheskom slovare. thumb|Ostonaqulbiy otaliq

Otaliq unvoni tarixi Kavkaz xalqlari, keltlar, arablar va boshqalarda badavlat xonadon egalari tomonidan farzandlarini tarbiyalash alohida xizmatkorlar yollashgan. Farzand maʼlum yoshga yetganda oilasiga qaytgan; 2) Saljuqiylar davrida (1038—1194) sulton eʼtiborini qozongan kishilarga berilgan mansab. Oltin Oʻrdada (1224 — 1483-yillarda) taxt vorisini tarbiyalovchi oliy mansabdor shaxs sifatida otaliq unvoni ayniqsa hurmatli va nufuli shaxslarga berilgan.

Buxoro xonligidagi maqomi Oʻzbek xonligida ham (1428 — 1468) otaliq unvoni mavjud boʻlgan. Abulxayirxonning nabirasi Shayboniyxon Movarounnahrni bosib olgandan keyin Shayboniylar davlatida ham ushbu unvon joriy qilingan.

Shayboniylar davrida maqomi Buxoro xonligida Shayboniylar davrida (1500 — 1601) otaliq unvoni devonbegi va naqibdan keyingi uchinchi davlat lavozimi edi. Xonning viloyatlardagi siyosati bu lavozimga tayinlangan shaxslarning harakati va sodiqligiga bogʻliq edi. Xon viloyatlarga shahzodalarni hokim etib tayinlab, ularga oʻziga sodiq xalq orasidan ustoz — otaliqlarni biriktirib qoʻygan, shahzodalar voyaga yetgunga qadar davlat ishlarini boshqarganGosudarstvennoe upravlenie pri Sheybanidax v Buxarskom xanstve v XVI v..XVI asrda otaliqning vazifasi faqat joylarda, viloyatlarda shahzodalar nomidan davlat ishlarini olib borishdangina iborat boʻlsa, Ashtarxoniylar davridga kelib uning roli yanada kuchaydiGlava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.

Ashtarxoniylar davridagi maqomi Ashtarxoniylar davridagi Buxoro otaliqlari (1601 — 1753) siyosiy hokimyatda xondan keyingi ikkinchi oʻrinni egallagan. Kuchsiz xonlar davrida, baʼzan, hokimiyat otaliqlar qoʻlida toʻplangan edi.

XVII asr hujjatlarida Buxoroda otaliq birinchi vazir sifatida faoliyat yuritgan va rasmiy hokimyatdan birinchi oʻrinni egallaganTrever K. V., Yakubovskiy A.Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. Str. 78. Otaliq unvoniga tayinlanyotganda nomzodga faxriy chopon va ot hadya etilgan

XVIII asrda tuzilgan martabalar jadvaliga koʻra, Buxoro otaligʻi amirlikning sugʻorish ishlariga ham boshchilik qilgan: „U Buxoro daryosi (Zarafshon)ning Samarqanddan Qoraqumgacha boʻlgan qismiga rahbarlik qilgan“Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax. XVIII vek..

Abdulazizxon (1645 — 1680-yillar) davrida poytaxt — Buxoroda bu lavozimga Yalangtoʻsh Bahodir tayinlanadiGlava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.. Subxonqulixon (1680 — 1702-yillar) davrida otaliq eng muhim harbiy ishlarga rahbarlik qilgan, keyinchalik u "amirlar amiri" — „amir ul-umar“ga aylanganGlava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s.. Abulfayzxon (1711 — 1747) davrida Muhammad Hakimbiy katta hokimiyatga ega edi. U xonning barcha oʻgʻillari otaliqlari orasida eng nufuzlisi sifatida eʼtirof etilganGlava 9. GOSUDARSTVO I PRAVO ShYeYBANIDOV. GOSUDARSTVYeNNOYe USTROYSTVO I PRAVO UZBYeKSKIX XANSTV. // Istoriya gosudarstva i prava / Pod red. N. P. Azizov, F. Muxitdinova, M. Xamidova i dr.. — Tashkent: Izdatelstvo Akademii MVD Respubliki Uzbekskistan, 2016. — S. 175. — 335 s..

Nodirshohning Oʻrta Osiyoga yurishi chogʻida Muhammad Hakimbiyga Buxoro xonligida katta vakolatlar berilgan, shundan soʻng u "amiri kabir" — „buyuk amir“ deb atala boshlagan. Buxoroda ikki tomonlama hokimiyat amalda oʻrnatilganMuxammed Vefa-yi Kerminegi. „Tuxfat-al-xoni“ (Tarix Raxim — xani) rkp. IV AN RU, № 16. — S. 39b—40a..

Balx viloyatidagi maqomi Ashtarxoniylar davrida davlatning Buxoro shahridan keyin ikkinchi muhim shahri Balx shahri edi. Odatda Buxoro xonligining Balx viloyatidagi hokimi taxt vorisi hisoblanardi. Koʻpincha taxt vorisi juda yosh boʻlardi va unga davlatning eng yuqori martabadagi otaliq unga regent sifatida tayinlangan.

XVIII asr boshlarida Balx otaliqlari viloyatlardagi barcha hokimiyatni oʻz qoʻliga olib, jiddiy noroziliklar keltirib chiqarishgan. Buxoro xoni ular bilan jiddiy hisob-kitob qilishga, turli murosa va ziddiyatlarga borishga majbur boʻlgan. "Tarixi Muqimxoniy" asarida bunday holatlar bir qancha keltirilgan. XVIII asr boshlarida Balx viloyatining maʼmuriy chegaralari Hirot viloyatidan Badaxshongacha boʻlgan hududlarni oʻz ichiga olgan

Ashtarxoniylar Balx viloyatiga eng yirik maʼmuriy, harbiy va savdo markaz sifatida alohida eʼtibor qaratganlar, negaki Balx viloyati sharqda amalda mustaqil Badaxshon bilan chegaradosh, janubda esa Boburiylar Imperiyasiga tutashgan edi.

Buxoro amirligidagi maqomi 1740-yildan boshlab Buxoro xonligidagi amaldagi hokimiyat oʻzbeklarning Mangʻit urugʻidan boʻlgan otaliqlar Muhammad Hakim-bey (1740 — 1743-yillar), Muhammad Rahimbiy (1745 — 1753-yillar) va Doniyolbiy (1758 — 1785-yillar) qoʻlida edi. Buxoro xonlari butunlay ularga qaram boʻlib chiqdi.

1785-yilda otaliq Doniyolbiy va amalda qoʻgʻirchoq xon Abulgʻoziy vafotidan soʻng uning toʻngʻich oʻgʻli Shohmurod (1785 — 1800) amir unvoni bilan mamlakatni boshqara boshladi. Keyinchalik, xonlikdan keyingi unvon hisoblangan otaliq martabasi XIX asrda oʻz ahamiyatini yoʻqotib, oʻrnini qoʻshbegi lavozimiga boʻshatib berdi.

1887-yilda Ostonaqulbiy eng oliy unvon — otaliq unvonini oldi. Buxoro amirlari davrida amirlikda Ostonaqulbiydan boshqa hech kimning otalik martabasi boʻlmaganA. G. Nedveskiy. Praviteli Buxari..

Buxoro otaliqlari Atalik Hayot yillari Otaliqlik davri Yalangtush Bahodir 1578 — 1656-yillar 1626 — 1656-yillar Mahmudbiy Maʼlum emas Maʼlum emas Ibrohimbiy Maʼlum emas Maʼlum emas Muhammad Rahimbiy Maʼlum emas Maʼlum emas Xoja Quli-biy Maʼlum emas Maʼlum emas Maʼsumbiy Maʼlum emas Maʼlum emas Xudayorbiy Maʼlum emas 1712-1716-yillar Farhodbiy Maʼlum emas 1716-1721-yillar Muhammad Hakimbiy 1676-1743-yillar 1721-1743-yillar Muhammad Rahimbiy 1713-1758-yillar 1745-1753-yillar Xoʻjamar biy Maʼlum emas 1756-1758-yillar Doniyolbiy 1720-1785-yillar 1758-1785-yillar Shohmurod 1749-1800-yillar 1785-yil Ostonaqulbiy ?—1906-yil 1887-1906-yillar

Manbalar

Adabiyotlar

Natsionalnaya ensiklopediya Uzbekistana (uzb.). — Tashkent, 2000—2005. Buxarskiy traktat o chinax i zvaniyax. XVIII vek. Trever K. V., Yakubovskiy A. Yu., Vorones M. E.: Istoriya narodov Uzbekistana, tom 2. — Tashkent: AN UzSSR, 1947. — 517 s.

Turkum:Buxoro amirligining davlat lavozimlari