Mirza Azizov (1963-yil 22-dekabr, Namangan – 2021-yil 16-aprel, Toshkent) – sovet va oʻzbek aktyori va rejissori, Oʻzbekiston xalq artisti.

Tarjimai hol Mirza Azizov 1963-yil 22-mayda Oʻzbekistonning Namangan viloyati boʻlmish Chust shahrida dunyoga keladi. Oʻrta maktabni aʼlo baholarga tugatgach, Ostrovskiy nomidagi Toshkent davlat teatr va rassomchilik institutiga oʻqishga kirdi. Institutni tugatgach, 1989-yilda Muqimiy nomidagi Oʻzbekiston Davlat musiqali teatriga aktyor sifatida ishga qabul qilinadiAzizov haqida, oilasi, instagram, rasmlari.

Mirza Azizov 2016-yildan to 2021-yillargacha Muqimiy nomidagi Oʻzbek musiqali drama va komediya teatrining direktori boʻlib ishlab keldi.

Ijodiy faoliyati Mirza Azizov aktyorlik faoliyati davomida „Yusuf va Zulayxo“da Fir’avn, „Farhod va Shirin“da Baxrom, „Nodirabegim“ musiqali dramada Madalixon, „Alpomishning qaytishi“ spektaklida Alpomish, „Na malakman na farishta“da Mashrab, „Toʻptalgan tuygʻu“da Boysoat „Medeya“da Kreon kabi timsollarni mahorat bilan ijro etishi bilan tomoshabinlar qalbida muhim oʻrin egalladi.

Shuningdek aktyor Azizov oʻzini rejissor sifatida ham gʻoyaviy-badiiy jihatdan yetuk spektakllarni sahnalashtirishda ham isteʼdodini sinab koʻrdi. Uning „Toʻda“ spektakli 2005-yilda Qohirada boʻlib oʻtgan XVII Xalqaro eksperimental teatrlar festivalida 94 ta davlat ichida laureat boʻlgan. Mirza Azizov „Sinfdosh“, „Samolarga sigʻmaydigan qush“, „Baxil boy va xizmatkor“, „Toshkent malikasi“, „Uygʻonish“, „Layli va Majnun“, „Qalb dogʻiʻ“ kabi spektakllarda oʻzbek musiqali teatri rivojiga munosib hissa qoʻshdi.

Isteʼdodli aktyor koʻpgina filmlarda, jumladan, „Koʻngil koʻchalari“ serialida Sanjar, „Ostona“da mayor Moʻminov, „Imom Buxoriy“da habash, milliy serialimizdagi „Gulxan atrofida“da Hazrat Qorayevich va „Muhabbat sinovlari“ filmida Aziz Mirzayevich, „Tubanlik“da Turgʻun hoji, „Margʻiyona“da temirchi, „Muruvvat“da Qodir, „Muxabbatimsan“da Shuhratxoʻja, „Gumrohlar“da Mirza Mahmudov, „Novda“da bosh shifokor bosh rollarini oʻynagan.

Rejissorlik ishi

Banda Sinfdosh Samolarga boʻylagan qush Ochkoʻz boy va xizmatkor Toshkent malikasi Uygʻonish Layli va Majnun Koʻngil dogʻi

Mukofot va unvonlar

1999-yilda – "Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist" faxriy unvoni berilgan 2015-yilda – "Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti" 2014-yilda – Mirza Azizov „Yilning eng yaxshi aktyori“ Milliy kinomukofotiga nomzod boʻlganOpredeleni laureati natsionalnoy premii „Eʼtirof-2014“uzdaily.uz 2019-yil boshida – Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov Qirgʻiziston Respublikasida taʼsis etilgan adabiyot va sanʼat sohasidagi Chingiz Aytmatov nomidagi xalqaro mukofot sovrindori Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil);

Vafoti Oʻzbekiston xalq artisti Mirza Azizov 2021-yil 15-aprel kuni koronavirus xastaligidan soʻng 58 yoshida vafot etdi.

Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev el ardoqlagan aktyor vafoti munosabati bilan uning oila aʼzolariga chuqur hamdardlik bildirdiShavkat Mirziyoyev Mirza Azizov vafoti munosabati bilan taʼziya bildirdi Qalampir.uz

Manbalar

Havolalar

Turkum:Oʻzbekiston xalq artistlari Turkum:Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artistlar Turkum:Kishilar Turkum:Oʻzbekistonlik erkak aktyorlar Turkum:Toshkentda vafot etganlar Turkum:1963-yilda tugʻilganlar Turkum:22-mayda tugʻilganlar Turkum:Oʻzbekiston rejissyorlari