Iroq urushi 2003-yil 20-martda Amerika Qoʻshma Shtatlari va Birlashgan Qirollik boshchiligida tuzilgan koʻp millatli koalitsiya kuchlari Iroqqa bostirib kirishi bilan boshlangan urushdir. Bu urush koalitsiya davlatlari tomonidan Ikkinchi Fors koʻrfazi urushi, Iroqqa hujum"Las Vegas Sun: Biden visits Iraq, as bombs highlight ongoing war". 8 Haziran 2009 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 14 Haziran 2009 va Iroq erkinligi operatsiyasi deb ham ataladi. 2011-yil 21-oktabrda AQSh prezidenti Barak Obama mamlakatdagi AQSh qoʻshinlari 2011-yil 31-dekabrgacha olib chiqilishini eʼlon qildi.Hürriyet gazetesi, „Bir dönemin sonu“ Urush rasman 2011-yil 15-dekabrda Bagʻdoddagi AQSh bazasida oxirgi Amerika bayrogʻining tushirilishi bilan yakunlandiMilliyet gazetesi, „Irak’ta bir dönem resmen son buldu!“ . AQSh Davlat kotibi Jon Kerri urushni jiddiy xato deb taʼkidladi.

Urushdan oldin Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taftish Komissiyasiga AQSh va Britaniya hukumatlari tomonidan Iroqda ommaviy qirgʻin qurollari ishlab chiqilayotgani"Arşivlenmiş kopya". 10 Mart 2016 tarihinde kaynağından arşivlendi. Erişim tarihi: 18 Eylül 2016. va bu qurollar koʻplab koalitsiya mamlakatlari, xususan, AQSh xavfsizligiga jiddiy tahdid solayotgani haqida maʼlumot berilgan, Koʻrfaz urushidan soʻng, AQSh-Iroq tadqiqot guruhlari Iroq 1991-yilda ommaviy qirgʻin qurollari dasturini tugatganini, ammo embargo bekor qilinmasa, uni qayta faollashtirishi mumkinligini taʼkidladi. Polsha qurolli kuchlari va Amerika Qoʻshma Shtatlari armiyasi Iroqda ommaviy qirgʻin va kimyoviy qurollarni topganligini da'vo qildi. Baʼzi amerikalik rasmiylar Saddam Husaynni Al-Qoidani qoʻllab-quvvatlaganlik va panoh berganlikda aybladi, ammo bu ayblovlar hech qachon isbotlanmagan"Intelligence and Analysis on Iraq: Issues for the Intelligence Community, " Institute for Defense Analyses IDA Paper P-4287, pp. ES-1. Bosqinning boshqa sabablari Iroqning Falastinlik xudkush-terrorchilarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlashi, Iroq hukumatining inson huquqlarini suiisteʼmol qilishi hamda mamlakat va mintaqada demokratiyaga xavf solishi edi. Baʼzi rasmiylar, Iroqning neft zaxiralari bosqin qarorida eng muhim omil ekanini taʼkidlagan, lekin bular Amerika Qoʻshma Shtatlari tomonidan rad etilganhttp://www.bloomberg.com/apps/news?pid=10000087&sid=ahJS35XsmXGg&refer=to.

Iroqning muntazam armiyasi bosqin boshlanganidan koʻp oʻtmay magʻlubiyatga uchradi va natijada Saddam Husayn qoʻlga olinib, qatl etildi. AQSh boshchiligidagi koalitsiya kuchlari Iroqda yangi demokratiya qurishga kirishdi. Ayrim mazhablar va boshqa turli qurolli guruhlardan iborat isyonchilar va koalitsiya kuchlari oʻrtasida assimetrik urush boshlandi, shia va sunniy guruhlar oʻrtasida muammolar yuzaga keldi va Iroqda Al-Qoida xurujlari boshlandi. 2007-yilda oʻtkazilgan tadqiqotga koʻra, Iroqda taxminan 1.000.000 tinch aholi halok boʻlgan. UNHCR 2008-yil aprel oyidagi maʼlumotlarga koʻra, 4,7 million iroqlik (Iroq aholisining 16 foizi) oʻz uyini tark etgan, shundan ikki millioni qoʻshni mamlakatlardan boshpana topgan 2008-yil mart oyida Qizil Xoch Iroqdagi gumanitar vaziyatni „jahondagi eng ogʻir“ darajada ekanligini maʼlum qildi. 2008-yil iyun oyida AQSh mudofaa rasmiylari xavfsizlik va iqtisodiy koʻrsatkichlarda yaxshilanish belgilari borligini eʼlon qilishdi. 2008-yil avgust oyida Iroq va AQSh oʻrtasida SOFA bitimi ishlab chiqildi. Bu kelishuvda AQSh 5 yil ichida Iroqdan butunlay chiqib ketishi va xavfsizlikni Iroq maʼmuriyatiga topshirishi aytilgan edi. 2008-yil oxirida SOFA kuchga kirdi. Bu kelishuvga koʻra, 2009-yil 30-iyundaABD askerleri şehirlerden tamamen çekildi. ntvmsnbc.com, 30-06-2009, Salı AQSh askarlari oʻz jangovar kuchlarini Iroq shahar markazlaridan olib chiqib ketishdi va 30-iyun Iroqda dam olish kuni deb eʼlon qilindi. Biroq kelishuv doirasida 2009-yilning oʻrtalarida xalq referendumi oʻtkazildi. Bu kelishuv turli Iroq guruhlari tomonidan norozilik bilan qabul qilingan. Oyatulloh Ali Husayn as-Sistoniyning aytishicha, kelishuv xorijiy ishtirokni toʻxtatishi kerak edi. Iroq parlamenti va AQSh oʻrtasida Strategik hamkorlik kelishuvi imzolandi. Ushbu shartnoma, mamlakat ichidagi etnik guruhlar va siyosiy birliklar huquqlarini taʼminlash, talabalar almashinuvi; taʼlim, energetika sohalarini rivojlantirish, atrof-muhitni tozalash, sogʻliqni saqlash, axborot texnologiyalari, aloqa va huquqni muhofaza qilish sohalarni qamrab oldi.

Urushgacha boʻlgan davr Amerika Qoʻshma Shtatlari 2003-yilda Iroqqa hujum uyushtirdi, ammo bu bosqin uchun zamin yaratgan koʻplab ketma-ket voqealar boʻldi.

Iroq-Eron urushi

1980-yil 22-sentabrda uzoq vaqt davom etgan Iroq va Eron oʻrtasida urush boshlandi. Yaqin Sharqni chuqur larzaga keltirgan bu urush 1988-yil 29-avgustgacha davom etdi. 1,5 milliondan ortiq odam halok boʻldi. Iroqda ham, Eronda ham iqtisodiy inqiroz boshlandi. Urush Fors koʻrfazida kechayotgan bir paytda butun dunyoning diqqati ikki davlatga qaratildi, urush boshida katta yutuqlarga erishgan Iroq urushning choʻzilishi fonida, oʻz yutuqlarini yoʻqotdi. Urush davom etar ekan, Shimoliy Iroqdagi qoʻzgʻolonlar va Iroq armiyasining bu qoʻzgʻolonlarga munosabati ham dunyo tomonidan diqqat bilan tekshirildi. Iroq armiyasi bu qoʻzgʻolonlarni Al-Anfol amaliyoti nomi bilan bostirdi va qirgʻin qildi. Minglab odamlar halok boʻldi. Iroqdagi iqtisodiy inqiroz Koʻrfaz urushiga olib keldi va qirgʻinlar Shimoliy Iroq Koʻrfaz urushidan keyin parvozlar taqiqlangan hudud deb eʼlon qilinishiga olib keladi.

Koʻrfaz urushi

Birinchi Fors koʻrfazi urushi Iroq armiyasining 1990-yil 2-avgustda Quvaytga bostirib kirishi bilan boshlandi va xalqaro hamjamiyat Iroq bosqinini qoraladi. Koʻpgina davlatlar bu bosqinga qarshi chiqdi va Iroqni Quvaytni imkon qadar tezroq tark etishi haqida ogohlantirdi. Saddamning ogohlantirishlardan beparvoligi, Koʻrfazning jahon energiya isteʼmoli nuqtai nazaridan ahamiyati AQSh boshchiligida koalitsiya tuzilishiga olib keldi va bu koalitsiya urushga aralashib, Iroqni Quvaytdan qurol kuchi bilan quvib chiqardi.

Koʻrfaz urushidan keyin left|thumb|315x315px| Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iroqdagi inspektori, 2002-yil Urushda qaqshatqich magʻlubiyatga uchragan Iroq Quvaytdan katta talofatlar bilan chiqarib yuborildi. Saddam Husaynning hokimiyati soʻroq ostida qoldi. Iroqning janubida shialar va shimolda kurdlar isyon koʻtarishdi. Saddam Husaynning bu isyonlarni bostirishga urinishlari yangi inqirozni yuzaga keltirdi. Turkiya va Eron chegarasiga 1,5 milliondan ortiq odam koʻchib oʻtdi. Yangi qirgʻinning oldini olish uchun Tinchlikni saqlash operatsiyasi boshlandi. Uchish taqiqlangan hudud eʼlon qilindi. Eron urushi davom etayotgan bir paytda, Anfal operatsiyalari natijasida koʻplab odamlarning qirgʻin qilinishi va Quvaytga bostirib kirishi kabi tajovuzkor harakatlar Iroqning xalqaro maydondagi obroʻsini zaiflashtirdi va Iroqqa har tomondan sanksiyalar kiritildi. Eng muhimi, Iroq tahdid deb baholangan. Shunday bir paytda, Iroqda ommaviy qirgʻin qurollari bor, degan daʼvo yana bir inqirozni yuzaga keltirdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maxsus komissiyasi Iroqda yadroviy, kimyoviy va biologik qurollar bor-yoʻqligi ustida ish boshladi. 1998-yilning avgustida Iroq bu komissiyaning aʼzolari AQSh agentlari ekanligini daʼvo qilib, barcha tekshiruvlarni toʻxtatdi va kelishuvlarni tugatdi. Keyinroq Iroqning gumonlari toʻgʻri ekanligi, tergovchilarning Amerika razvedkasi bilan aloqadorligi isbotlandi.

AQShda 1998-yil oktabr oyida Iroqni ozod qilish toʻgʻrisidagi qonun kuchga kirdi va bu qonun bilan AQShning tashqi siyosati ushbu qonun atrofida shakllana boshladi. Qonun Iroqqa demokratiya olib kelishi uchun Iroq muxolifatiga 97 million dollar ajratdi. Qonun kuchga kirganidan atigi bir oy oʻtgach, Amerika Qoʻshma Shtatlari Harbiy-havo kuchlari va Buyuk Britaniya havo kuchlari birgalikda "Choʻl tulkisi" operatsiyasini amalga oshirdi. Iroqdagi koʻplab ob’yektlar „ommaviy qirgʻin quroli“ xavfi bilan yakson qilindi.

2000-yilgi Amerika Qoʻshma Shtatlarida boʻlib oʻtgan prezidentlik saylovlarida, Jorj Bushning prezident etib saylanishi bilan Qoʻshma Shtatlarning Iroqqa qilgan bosimi ortdi. Respublikachilar Iroqda Saddamni agʻdarishni toʻliq harakatlarni qoʻllab-quvvatlay boshladilar.

11-sentabr voqealari 2001-yil 11-sentabrda Al-Qoidaga aloqador 19 nafar terrorchi oʻgʻirlab ketilgan samolyotlardan xudkushlik hujumi uchun foydalandi. Jahon savdo markazi va Pentagon nishonga olingan. Hujumlarda 2996 kishi, jumladan, 19 nafar al-Qoida jangarisi halok boʻldi va 10 milliard dollardan ortiq zarar yetkazildi.

11-sentabr voqealaridan keyin 11-sentabr teraktlari Qoʻshma Shtatlarni larzaga soldi. 2001-yil 7-oktabrda, hujumlardan bir oy oʻtmay, Amerika Qoʻshma Shtatlarining Afgʻonistonga hujumi boshlandi. Iroq masalasida Bush maʼmuriyati va AQSh Mudofaa vazirligi oʻrtasida uchrashuvlar oʻtkazila boshlandi. Uchrashuvlar mavzusi Iroqqa bostirib kirish edi. 21-noyabr kuni Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti Bush va AQSh Mudofaa vaziri Ramsfeld oʻrtasidagi uchrashuvda Bush Ramsfelddan Iroqqa bostirib kirish uchun rejalashtirilgan OPLAN 1003 dasturini koʻrib chiqishni soʻradi. Shundan soʻng, Donald Ramsfeld 27-noyabr kuni AQSh Markaziy qoʻmondonligi qoʻmondoni Tommy Franks bilan uchrashdi. Ikkalasi bosqinning qanday boshlanishi va bosqinning sabablarini muhokama qilishdi. Afgʻonistondan farqli oʻlaroq, Saddamning Al-Qoida bilan aloqasi borligi isbotlanmagan, bu esa koʻplab savollarga sabab boʻldi.

2002-yilga kelib, Prezident Bush Iroqqa bostirib kirish uchun zamin yaratishga kirishdi. U Iroqni "yovuzlik oʻqi" ichida baholadi va Iroqda hech qachon ommaviy qirgʻin quroli boʻlmasligi kerakligini va Qoʻshma Shtatlar esa bunga yoʻl qoʻymasligini taʼkidladi. Hujumdan bir yil oʻtgach, u 2002-yil 12-sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqida Iroqqa bostirib kirish haqida rasman gapira boshladi.

Bushning bayonotlaridan soʻng NATO ittifoqchilari oʻrtasida kelishmovchilik yuzaga keldi. Birlashgan Qirollik Qoʻshma Shtatlarni qoʻllab-quvvatlagan boʻlsa, Fransiya va Germaniya hujumga qarshi edi; Ular diplomatik jarayonlar davom etishi kerakligini taʼkidladilar. Jiddiy munozaralardan soʻng kelishuvga erishildi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1441-rezolyutsiyasi qabul qilindi. Ushbu qarordan oldin Iroq ommaviy qirgʻin qurollari mavjudligini keskin rad etib, ekspertlar Iroqqa tekshiruv oʻtkazishi mumkinligini maʼlum qildi. Qaror bilan tekshiruvlarning qayta boshlanishiga yoʻl ochdi va Iroqqa hujum uyushtirilsa, jiddiy oqibatlarga olib kelishi taʼkidlandi. Boshqa tomondan, Rossiya va Fransiya, agar Iroq qarorga rioya qilmagan taqdirda ham, bu qurolli aralashuv uchun yetarli emasligini ilgari surdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik Kengashining 1441-rezolyutsiyasi Saddam tomonidan 2002-yil 13-noyabrda qabul qilingan. Bu voqealardan, tergovchilar tekshirish uchun Iroqqa qaytishdi. 2003-yilning fevraliga kelib, tergovchilar Iroqda yadroviy dastur mavjudligiga oid yetarlicha dalillar topolmadi. Shunday paytda, 2003-yil 5 -fevralda AQSh Davlat kotibi Colin Pawel Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi nutqida Iroq ommaviy qirgʻin qurollarini yashirayotganini daʼvo qildi. Pawellning nutqidagi maʼlumotlar Germaniyada yashovchi iroqlik muhojir, „Curveball“ kod nomi bilan atalgan Ahmad Alvan al-Janabiyning daʼvolariga asoslangan. Keyinchalik bu ayblovlar asossiz boʻlib chiqdi. Bugina emas, Powell Iroqning Al-Qoida bilan aloqasi borligini tasdiqlovchi dalillarni taqdim etdi. Ushbu dalillardan soʻng AQSh, Buyuk Britaniya, Polsha, Italiya, Daniya, Avstraliya, Yaponiya va Ispaniya Iroqqa qarshi harbiy kuch ishlatishni taklif qildi. Bu taklifga qarshi chiqqan davlatlar ham bor edi. Rossiya bilan birga baʼzi NATO davlatlari Kanada, Germaniya va Fransiya ham bu qarorga qarshi chiqdi va diplomatiya davom etishi kerakligini ilgari surdi.