„Black Black Heart“ () — kanadalik xonandalar David Usher hamda Jeff Pearce tomonidan yozilgan qoʻshiq. Usherning 2001-yil eʼlon qilingan „Morning Orbit“ albomining ikkinchi singli sifatida chiqarilgan. Qoʻshiq Germaniya, Niderlandiya va Shveysariyada kichik xitga aylangan, Gretsiyada esa uchinchi pogʻonaga koʻtarilib, mamlakatning singllar xit-paradidan 25 haftadan koʻproq vaqt davomida tushmagan. Qoʻshiqning klipi ikkita „MuchMusic Video“ mukofotiga sazovor boʻlgan.

„Black Black Heart“ qoʻshigʻining uch versiyasi mavjud. Albomga kiritilgan hamda radio uchun hozirlangan versiyalarida Usher bilan bir qatorda „My Brilliant Beast“ guruhi aʼzosi Julie Galios () kuylagan. Albomga yashirin trek sifatida kiritilgan hamda „Black Black Heart 2.0“ deb ataladigan rock versiyada esa kanadalik xonanda Kim Bingham () kuylagan.

Qoʻshiq naqoratida Léo Delibes yozgan „Lakmé“ operasining sopranolar uchun moʻljallangan mashhur „Gul dueti“ () dueti ishlatilgan. Usher qoʻshiqni fransuz tilida ham yozgan. Fransuzcha versiyada kanadalik qoʻshiqchi Marie-Mai () kuylagan. Tayvanlik xonandalar Rene Liu bilan Stanley Huang „Black Black Heart“ qoʻshigʻini „Alohida sayohat“ () nomi bilan xitoy tilida kuylagan.

Klipi „Black Black Heart“ qoʻshigʻi uchun olingan klipda Usher tunda katta turar-joy binosidagi kvartirada qoʻshiq kuylayotgani tasvirlangan. Video davomida ayni imoratdagi boshqa kvartiralarda turgʻunlar umuman olganda odatiy ishlarni qilayotganini koʻrsatadigan. Klip 2002-yilda „Eng yaxshi post-produksiya“ (Kurt Ritchie ( uchun) va Jeff Campbell () uchun) hamda „Eng yaxshi pop video“ (Usher uchun) nominatsiyalarida ikkita „MuchMusic Video“ mukofoti bilan taqdirlangan.

Manbalar

Havolalar (albom versiyasi) (rock versiya) (fransuzcha versiya) (xitoycha versiya)

Turkum:David Usher qoʻshiqlari Turkum:2001-yil qoʻshiqlari Turkum:Ingliz tilidagi qoʻshiqlar Turkum:Alifbo boʻyicha qoʻshiqlar