„O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvoni01.05.1998-yildagi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, „O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi“ faxriy unvonini ta’sis etish to‘g‘risida — xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’atni rivojlantirishda alohida xizmat ko‘rsatgan xalq ustalariga ularning milliy madaniyatni yanada rivojlantirish va iste’dodli yoshlarni tayyorlashga qo‘shgan hissalari uchun beriladi.
Tavsifi Koʻkrak nishoni 0,25 mikron qalinlikda tilla qoplangan 925 probali kumushdan tayyorlanib, diametri 34 millimetrli doira shaklida boʻladi. Nishonning qalinligi 2,2 millimetr. Nishonning hoshiyalangan tekis yuz tomonida xalq ustalari yasagan buyumlar (qumgʻon, lagan va xontaxta), pastki oʻng chekkasida dafna navdasi tasvirlangan. Nishonning chap qismi yuqorirogʻidan „XALQ USTASI“ degan yozuv gorizontal holatda joy olgan. Nishonning orqa tomonida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan. Tasvirlar va yozuv qabariq. Koʻkrak nishoni ichki qismiga Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi ranglaridagi shoyi lenta sirilgan qadagʻichga halqa va ilmoqcha yordamida ulanadi».
Mukofot sohiblari
Ablakulov Nu’mon Maxkamovich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Samarqand viloyatiOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021. Narzullayev Abdulla Ibodullayevich – Respublika „Hunarmand“ uyushmasi a’zosi, kulol, Buxoro viloyatiOʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi munosabati bilan fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 24.08.2021. Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyatiOʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Oʻzbekiston Respublikasi xalq ustasi” faxriy unvoni bilan Asadov Mirjamol - Respublika “Hunarmand” uyushmasi aʼzosi, yogʻoch oʻymakorligi ustasi, Samarqand viloyati. Sohiblari
Manbalar
Turkum:Oʻzbekiston unvonlari