right|thumb|300x300px| 1854-yil Ekspeditsiya tasvirlangan yapon nashri Perri ekspeditsiyasi ( , kurofune raikō, " Qora kemalarning kelishi") 1853—1854-yillarda Tokugava Syogunatiga Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz floti harbiy kemalarining ikkita alohida sayohatni oʻz ichiga olgan diplomatik va harbiy ekspeditsiyasi edi. Ushbu ekspeditsiyaning maqsadlari mintaqaning turli xalqlari bilan qidiruv, geodeziya sohasi boʻyicha hamkorlik va diplomatik aloqalar oʻrnatish hamda savdo shartnomalari boʻyicha muzokaralar olib borishdan iborat edi. Yaponiya hukumati bilan aloqa oʻrnatish ekspeditsiyaning ustuvor yoʻnalishi hisoblangan va ekspeditsiya boshlanishining asosiy sabablaridan biri boʻlgan.
Ekspeditsiyaga prezident Millard Fillmorning buyrugʻi bilan komandor Metyu Kalbreyt Perri rahbarlik qilgan. Perrining asosiy maqsadi Yaponiyani 220 yillik izolyatsiya siyosatiga barham berishga majbur qilish va kerak boʻlganda qurol qoʻllash orqali Amerika savdosi uchun yapon portlarini ochish edi. Perri ekspeditsiyasi toʻgʻridan-toʻgʻri Yaponiya va gʻarbiy Buyuk Kuchlar oʻrtasida diplomatik munosabatlar oʻrnatilishiga va oxir-oqibat hukmron Tokugava shogunatining qulab, imperator hokimiyatining tiklanishiga olib keldi. Ekspeditsiyadan soʻng, Yaponiyaning rivojlanayotgan savdo yoʻllari yaponizmning madaniy tendensiyasiga olib keldi. Yapon madaniyatining ba'zi jihatlari Yevropa va Amerikadagi san'atga ta'sir koʻrsatdi.
Tarixi right|thumb|249x249px| Komodor Metyu Perri Amerika va Xitoy oʻrtasidagi savdo-sotiqning oʻsishi, Yaponiya yaqinidagi suvlarda amerikalik kit ovchilarining borligi va Yevropaning mustamlakachi davlatlari tomonidan Osiyodagi potensial koʻmir stansiyalarining monopollashuvi kuchayib borayotgani prezident Fillmorning Yaponiyaga ekspeditsiya joʻnatish toʻgʻrisidagi qaroriga sabab boʻlgan.W. G. Beasley, The Meiji Restoration, p.88. oʻn toʻqqizinchi asr boshlariga kelib, Yaponiyaning izolyatsion siyosati tobora kuchayib bordi. 1844-yilda Gollandiya qiroli Uilyam II maktub yoʻllab, Yaponiyani ochilish uchun tashqaridan harakat boshlanishidan oldin izolyatsiya siyosatini tugatishga chaqirdi.W. G. Beasley, The Meiji Restoration, p.78 1790 va 1853-yillar oraligʻida kamida yigirma yettita AQSh kemalari (jumladan, uchta harbiy kema) Yaponiyaga tashrif buyurdi. Barchasiga rad javobi berildi.
Yapon suvlarida xorijiy kemalarning kuzatuv olib borishlari va bostirib kirishlari koʻpaydi. Bu Yaponiyaning iqtisodiy va siyosiy suverenitetiga potentsial tahdid sifatida qabul qilinib, uni qanday yengish boʻyicha Yaponiyada jiddiy ichki munozaralarga sabab boʻldi. 1851-yil may oyida Amerika Davlat kotibi Daniel Vebster Amerika Sharqiy Hindiston otryadi qoʻmondoni kommodor Jon X. Olikga San-Fransiskoda yashovchi oʻn yettita kemada halokatga uchragan yapon dengizchilarini ortga qaytarishga ruxsat berdi. Bu esa Yaponiya bilan savdo aloqalarini ochish imkonini berardi. 1851-yil 10-mayda Vebster “Yaponiya imperatori” nomiga maktub tayyorladi. Unda ekspeditsiya oldida hech qanday diniy maqsad yoʻqligi, faqat “doʻstlik va tijorat” hamda Xitoyga ketayotgan Amerika kemalari uchun zarur miqdorda koʻmir yetkazib berishni soʻrash ekanligini ma'lum qildi. Maktubda, shuningdek, Amerikaning Shimoliy Amerika qit'asi boʻylab kengayishi va uning texnik qobiliyatlari haqida maqtanilgan edi. Maktub Prezident Fillmor tomonidan imzolangan. Biroq, Aulik braziliyalik diplomat bilan diplomatik janjalga aralashib, oʻz flagmanining kapitani bilan tortishdi va Yaponiya ekspeditsiyasini zimmasiga olishdan oldin qoʻmondonligidan boʻshatildi. Uning oʻrniga Qoʻshma Shtatlar dengiz flotida yuqori martabali ofitser va katta diplomatik tajribaga ega boʻlgan komandor Metyu Kalbreyt Perri tayinlandi.
Tayyorgarlik Perri Yaponiya bilan munosabatlar oʻrnatishdagi qiyinchiliklarni juda yaxshi bilar edi. Dastlab Yaponiyani ochish boʻyicha navbatdagi urinishda muvafaqqiyatsizlikka erishishi ta'kidlanib, uning oʻrniga AQSh harbiy-dengiz kuchlarining oʻrta yer dengizi eskadroniga qoʻmondonlik qilish taklif qilinganda u keskin e'tiroz bildirgan edi. Ta'kidlangan tegishli pretsedentlarga quyidagilar kiradi:
Napoleon urushlari paytida Birlashgan Qirollik bilan toʻqnash kelgani uchun oʻz kemalarini joʻnata olmagan gollandiyaliklarning iltimosiga binoan 1797-yildan 1809-yilgacha bir nechta Amerika kemalari Gollandiya bayrogʻi ostida Nagasakida savdo qildilar. 1837-yilda Kantondagi Charlz V. King ismli amerikalik tadbirkor Vashington qirgʻogʻida bir necha yil oldin kema halokatiga uchragan uch yapon dengizchini (ular orasida Otokichi ham bor edi) Yaponiyaga qaytarishga urinib, savdoni ochish imkoniyatini tekshridi. U amerikalik savdo kemasi Morrison bilan Uraga kanaliga bordi. Kema bir necha marta hujumga uchradi va oʻz vazifasini bajara olmasdan ortga qaytdi. 1846-yilda qoʻmondon Jeyms Biddl Edo koʻrfaziga ikki kema, shu jumladan yetmish ikkita toʻp bilan qurollangan bitta harbiy kema bilan rasmiy topshiriq tufayli langar tashlab, savdo uchun portlarni ochishni soʻradi. Ammo uning savdo kelishuvi haqidagi soʻrovlari muvaffaqiyatga erisha olmadi.Sewell, pp. xxxiv-xxxv, xlix, lvi. 1849-yilda kapitan Jeyms Glinn Nagasakiga suzib bordi va Yaponiya bilan birinchi muvaffaqiyatli muzokaraga kirishdi. Jeyms Glin Amerika Qoʻshma Shtatlari Kongressiga Yaponiyani ochish boʻyicha muzokaralarni harbiy kuch namoyishi orqali qoʻllab-quvvatlashni tavsiya qildi. Ushbu hisobot Perri ekspeditsiyasiga yoʻl ochdi.English Wikipedia on Preble Logbook
Sayohatdan oldin Perri Yaponiya haqidagi mavjud kitoblarni oʻqib chiqdi. Tadqiqoti davomida taniqli yaponolog Filipp Frans fon Siebold bilan ham maslahatlashdi. Siebold Gollandiyaning Leyden shahriga qaytishdan oldin sakkiz yil davomida Nagasaki portidagi Dejima oroli savdo postida ishlagan, dars bergan va oʻqigan edi.Sewall, p. xxxviii. Perri, shuningdek, Websterdan oʻzi uchun kengroq huquqlar talab qildi. Bu talab Davlat kotibining 1852-yil oktabrda oʻlimidan oldin berilgan edi. Shunday qilib, Perri Yaponiyaga "toʻliq va ixtiyoriy vakolatlar" bilan suzib ketdi. Agar yaponlar unga Commodore Biddle kabi munosabatda boʻlishsa, kuch ishlatishi mumkin edi.J. W. Hall, Japan, p.207. Perri har qanday professional diplomatlarning ekspeditsiyaga hamroh boʻlishini qat'iy rad etdi. U nemis rassomi Vilgelm Geyne va kashshof dagerreotip fotografi Eliphalet M. Braundan ekspeditsiyaga rasmiy rassom sifatida qoʻshilishlarini soʻradi. Qishloq xoʻjaligi boʻyicha mutaxassis doktor Jeyms Morrou AQSh Davlat departamenti tomonidan tayinlandi. Bir necha yaponiyalik kema halokatiga uchraganlar ham norasmiy tarjimon sifatida qabul qilindi.
Ekspeditsiyaga Mississippi, Susquehanna va Powhatan bugʻli harbiy kemalar, qurolli paroxodlar Lexington, Supply va Sautgempton va Macedonian, Plymouth va Saratoga kemalari tayinlandi. oʻz flotiga qoʻmondonlik qilish uchun Perri Meksika-Amerika urushida birga xizmat qilgan ofitserlarni tanladi. Qoʻmondon Franklin Buchanan Susquehanna kapitani va Joel Abbot Makedoniya sardori edi. Qoʻmondon Genri A. Adams "Flot kapitani" unvoni bilan kommodorning shtab boshligʻi boʻldi. Mayor Jeykob Zeylin (Amerika Qoʻshma Shtatlari dengiz piyodalarining boʻlajak komendanti) martabali dengiz zobiti boʻlib, Missisipi kemasida joylashgan edi. Perri mahalliy aholi uchun sovgʻa sifatida davlat doʻkonlari mahsulotlari, ayniqsa eski oʻqotar qurollarni olishga ruxsat oldi. Bu sovgʻalarga 40 ta M1819 Hall miltiqlari (4000 ta patron bilan), 20 ta zarbli toʻpponcha (2000 ta patron bilan), 20 ta artilleriya qilichlari, 20 ta Meynard zarbli qulflari boʻlgan mushketlar va 40 ta yengil otliq qilichlar, shuningdek, kolt10 oʻqlari kiradi.
Yaponiyaga birinchi tashrif, 1852–1853 thumb| Perri (oʻrtada) va boshqa yuqori martabali amerikalik dengizchilarning yapon yogʻochli bosma nashridagi tasviri. Perri oʻzining flagmani sifatida qora korpusli, eshkakli va gʻildirakli Missisipi kemasini tanladi. 1852-yil 24-noyabrda Virjiniya shtatidagi Hampton Roadsni koʻzdan kechirdi Perri Madeyra (11–15-dekabr), Sent-Yelena (10–11-yanvar), Keyptaun (24-yanvar – 3-fevral), Mavrikiy (18–28-fevral), Seylon (10–15 mart), Singapur (25–29 mart), Makao va Gonkong (7–28-aprel) portlarida toʻxtab, yoʻlda davom etdi. Gonkongda u amerikalik sinolog Samuel Uells Uilyams (1837-yilda Morrison bilan Yaponiyada boʻlgan) bilan uchrashdi. U Perriga rasmiy xatlarning xitoy tiliga tarjimalarini taqdim etdi. Plimut va Saratoga kemalari bilan sayohatni davom ettirdi. U Shanxay tomon yoʻlda davom etdi (4-17-may), u yerda Gollando-amerikalik diplomat Anton LC Portman bilan uchrashdi. U oʻzining rasmiy xatlarini golland tiliga tarjima qildi va Susquehanna kemasiga oʻtdi.
Perri oʻz bayrogʻini Susquehannaniki bilan almashtirdi va 17-26-may kunlari Ryukyu orollarida toʻxtadi. Satsuma Domenining orollarga boʻlgan da'volarini rad etdi va buyruqlarni e'tiborsiz qoldirib, u mahalliy hokimiyatni qoʻrqitdi. Agar unga koʻmir stansiyasida savdo qilish huquqi va yerga tushishga ruxsat berilmasa, 200 askar yordamida hujum qilish bilan tahdid qildi. Perri bir vaqtning oʻzida dengiz piyodalarini sohilga tushirdi. Shuri qal'asida Ryukyu qiroli Sho Tai bilan uchrashuv talab qildi. Uning har bir harakati Edodagi yapon hukumatiga xabar qilinishini bilgan Perri past martabali amaldorlar bilan uchrashishdan bosh tortdi. Amerika harbiy qudratini va ekspeditsiyaning maqsadi tinchlik ekanligini namoyish qilish uchun harbiy marosimlar va kemada mehmonlar uchun bazmlar uyushtirdi. Perri orollar Qoʻshma Shtatlar bilan savdo qilish uchun butunlay ochiq boʻlishini talab qildi. Iyun oyining oʻrtalarida Ogasavara orollarida tomon yurib, Perri mahalliy aholi bilan uchrashdi va hatto yer uchastkasi sotib oldi.
Kuch ishlatish tahdidi va muzokaralar left|thumb|200x200px| Komodor Metyu Perrining qora kemasi, Bruklin muzeyi. Perri 1853-yil 8-iyulda Yaponiyadagi Edo koʻrfazi yaqinidagi Uraga shahriga yetib keldi. Bu vaqtda uning floti toʻrtta kemadan iborat edi: Susquehanna, Missisipi, Plimut va Saratoga. U yetib kelganida, Perri oʻz kemalariga yapon chegarasini buzib, Edo poytaxti tomon yurishni va qurollarini Uraga shahriga joylashtirishni buyurdi. U, shuningdek, Amerika Mustaqillik kunini nishonlash vaqtida oʻzining 73 ta toʻpidan bir vaqtda oʻq uzgan. Perrining kemalari yangi Paixhans snaryad qurollari bilan jihozlangan edi.
Amerika kemalarini yapon qoʻriqchi qayiqlari oʻrab olgan edi. Ammo Perri kema bortiga chiqishga boʻlgan urinishlarni qaytarishni buyurdi. Bir qayiqda fransuz tilida Amerika flotiga zudlik bilan qaytib ketish aytilgan katta belgi bor edi. 9-iyul kuni Uraga bugyosidan kelgan yoriki Nakajima Saburosuke tarjimon Hori Tatsunosuke hamrohligida Susquehanna kemasi oldiga keldi. Lekin unga dastlab bortga chiqishga ruxsat berilmadi. Muzokaralardan soʻng, bortga chiqishga ruxsat berildi. Ular hech qanday xorijiy kemalar Yaponiya portlariga kiritilmasligini ta'kidlashdi. Perri ular bilan uchrashishdan bosh tortdi va oʻz ofitserlari orqali Qoʻshma Shtatlar Prezidentining maktubini yetkazib, u faqat yetarli daraja va vakolatga ega amaldorlar bilan muloqot qilishini aytdi.W. G. Beasley, The Meiji Restoration, p.78 10-iyul kuni Yoriki Kayama Eyzaemon Uraga bugyosidan ruxsat olib, Susquehannaga elchi yubordi va kapitan Franklin bilan uchrashishga ruxsat oldi. U amerikaliklarga Nagasakiga borishni maslahat berdi, chunki u xorijiy aloqalar uchun moʻljallangan port edi. Perri Kayamaga agar maktubni olish uchun tegishli amaldor kelmasa, Perri qoʻshinlarni tushirib, xatni shaxsan yetkazish uchun Edoga tomon yurishini aytdi. Kayama javob berish uchun uch kun muhlat soʻradi. Haqiqiy Uraga bugyosi Ido Xiromichi syogunga maktub yuborib, uning armiyasi amerikaliklarni kuch bilan qaytarish uchun mutlaqo yetarli emasligini ma'lum qildi.