thumb|right|250px "Ayiqlar" haykaltaroshlik kompozitsiyasi („Rossiya shu yerdan boshlanadi“ yodgorligi sifatida tanilgan) ― Kamchatka oʻlkasi Yelizovo shahrida oʻrnatilgan yodgorlikdir.

Tarix thumb|280x280px| Yodgorlik koʻrinishi

thumb|Kamchatkada qish. Ayiqlar yarim orol mehmonlarini kutib olmoqda Haykaltaroshlik kompozitsiyasi 2011-yil 7-oktabrda Yelizovo shahrida uchta Kamchatka vulqonlari — Avachinskiy (balandligi 2741 m.), Koryakskiy (balandligi — 3456 m.) va Kozelskiy (balandligi 2189 m.) panoramasi fonida oʻrnatilgan. Ushbu yodgorlikning oʻrnatish muallifi va tashabbuskori Kamchatka fuqarosi, Yelizovskiy munitsipal okrugi rahbari Andrey Andreyevich Shergaldin.

Haykaltaroshlik kompozitsiyasi Yelizovo xalqaro aeroporti yaqinida Petropavlovsk-Kamchatskiy yoʻlida joylashgan.

Tavsifi Ona ayiq bilan bolasidan iborat haykallar tabiiy ranglariga muvofiq tabiiy hajmda yasalgan. Ona ayiq ogʻzida katta baliqni ushlab turibdi. Poydevorda old tomonda „Rossiya shu yerdan boshlanadi“ va „Kamchatka“ yozuvlari, orqa tomonida esa „Yelizovo“ yozuvi bor.

Hozirgi holat Bu mintaqaning eng mashhur diqqatga sazovor joylaridan biri va Kamchatkaning oʻziga xos tashrif qogʻozidir. Mahalliy aholi anʼanaviy tarzda yodgorlik yonida toʻy fotosessiyasi va boshqa muhim tadbirlarni oʻtkazadi.

2015-yilda uning yoniga shaharlar koʻrsatgichlari oʻrnatilgan.

Ushbu kompozitsiya tasviri 2016-yilda 200 va 2000 rubllik kupyuralardan joy olish uchun Rossiyaning diqqatga sazovor joylari orasida Butunrossiya ovoz berishida ishtirok etdi.

Yodgorlik vandallar tomonidan bir necha bor shikastlangan — ayiq tishlarida ushlab turgan baliq sindirildi; „Qrim“ yozuvli belgi sindirildi; ayiqning quloqlarini sindirildi. Shu munosabat bilan kompozitsiya kechayu kunduz video kuzatuv ostiga olingan.

2018-yil may oyida yodgorlik rekonstruksiya qilindi.

Manbalar

Havolalar

„Rossiya shu yerdan boshlanadi“ yodgorligi haqida „Rossiya shu yerdan boshlanadi“ yodgorligi