Galina Karimovna Saidova (1956-yil, Samarqand, OʻzSSR, SSSR) — 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot vazirihttps://www.uzdaily.uz/ru/post/5195. 2011-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzosihttps://www.gazeta.uz/ru/2015/02/11/cabinet/. Galina Karimovna Saidova 1956-yilda Samarqand shahrida tugʻilgan.

Oliy maʼlumotli. Samarqand kooperativ institutini iqtisodiyot mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan. Iqtisodiyot fanlari doktori, professor.

Karyerasi 1987—1991-yillarda Oʻzbekiston SSR Davlat qoʻmitasining isteʼmol tovarlari savdosi va xizmat koʻrsatish boshqarmasi boshligʻi.

1992-yilda — „Toshkent“ birjalar aksiyadorlik birlashmasi boshqaruvi raisining oʻrinbosari.

1992—1994-yillarda — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti prorektori.

1994—1997-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi tahlil va statistika davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari.

1997—2002-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot-tahlil boshqarmasi boshligʻi.

2002—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi huzuridagi qoʻmita raisi.

2003—2005-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Makroiqtisodiyot va umumiy iqtisodiy tahlillar majmuasi rahbari.

2005—2006-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari — Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi.

2006—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy parametrlar va moliya-valyuta balansi hamda Respublika investitsiya dasturini ishlab chiqish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari.

2008—2010-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti direktori.

2010—2011-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri.

2011—2017-yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziri. Bu lavozimda u oʻzining sobiq lavozimini egallagan Ravshan Gʻulomovni almashtirdi. Galina Saidova 2011-yil 1-avgustdan buyon kafedraga rahbarlik qilib kelmoqda.

2017-yil 1-noyabrdan hozirgi kungacha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy-iqtisodiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi oʻrinbosarihttps://uza.uz/uz.

Manbalar

Havolalar Personalniy sostav Kabineta Ministrov Novim ministrom ekonomiki Respubliki Uzbekistan naznachena Galina Saidova Ministerstvo ekonomiki Respubliki Uzbekistan

Turkum:1956-yilda tugʻilganlar Turkum:Yashayotgan insonlar Turkum:Oʻzbekiston yetakchilari Turkum:Oʻzbekiston hukumatining ayol vazirlari Turkum:Oʻzbekiston iqtisodiyot vaziri Turkum:Oʻzbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri Turkum:XXI asrda Oʻzbekiston ayollari Turkum:Alifbo boʻyicha siyosatchilar